Bank boshqaruvi Boshqaruv Raisi
Download 18.34 Kb.
|
Bank boshqaruvi
Bank boshqaruvi Boshqaruv Raisi Musaev Omon Muxamatyaminovich Ipoteka-bankda 2013 yil mart oyidan buyon ishlaydi. 1972 yilda tug‘ilgan. Moskva Davlat amaliy biotexnologiya akademiyasi, Toshkent Moliya institutini tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1996 yildan “O’zsanoatqurilishbank”da boshlagan. Dastlab, bankning Angren shahridagi filialiga ishga qabul qilingan. So‘ng “O’zsanoatqurilishbank” bosh ofisida Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasida ishlab, 2001 yilga kelib, valyuta ayirboshlash amaliyotlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan boshqarmaga boshliq etib tayinlangan. 2004-2010 yillarda “O’zsanoatqurilishbank”ning Toshkent shahar mintaqaviy filialida boshliq o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib, Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishiga o‘z hissasini qo‘shgan. 2011-2012 yillar davomida “O’zsanoatqurilishbank”ning Toshkent viloyati mintaqaviy filialida boshliq o‘rinbosari, 2012 yil aprel oyidan boshlab esa, O’zsanoatqurilishbank bosh ofisida Iqtisodiy tahlil departamenti direktori lavozimida ishlagan. Ipoteka-bank Boshqaruvi Raisi lavozimida 2013 yilning mart oyidan boshlab ishlab kelmoqda. Shuningdek, O'zbekiston gandbol federatsiyasi Prezidenti. Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling