Bank buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi va arxivlash Pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi
Download 17.42 Kb.
|
Joravoyev baxtiyor ernazarov
Bank buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi va arxivlash Pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi 1 . Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlashlari shart. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. Rahbar va bosh buxgalter bank xodimlariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi, xodim-larga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo‘yishi, zarur hollarda hujjatlarni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim. Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin axborotlar o‘rnatilgan tartibda arxivlanadi. Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari ularni ularning saqlash muddatlari bo‘yicha alo-hida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan yig‘majildlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirilgan xodim shug‘ullanadi. Kunlik yig‘majildga quyidagi hujjatlar tikiladi: – bank mijozlari to‘lov hujjatlarining hamda qisman amalga oshi-rilgan to‘lovlarda, shuningdek, bank mijozlar bilan shartnomada belgi-langan hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘l-lanilgan memorial orderlarning birinchi nusxasi; – Bank-mijoz dasturiy majmuasi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov hujjatlarining ro‘yxati; – banklararo va filiallararo to‘lovlar bo‘yicha bank hisobvaraqlari-ning kreditlanishiga asos bo‘lgan elektron to‘lov hujjatlarning ro‘yxati; – bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan ope-ratsiyalari uchun asos bo‘lgan memerial orderlar ro‘yxati; – ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshi-rilgan operatsiyalar uchun asos bo‘lgan memorial orderlarning mas’ul ijrochilar bo‘yicha tuzilgan ro‘yxati; – kunlik balans hisoboti va hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma va qol-diq summalar; – kunlik buxgalteriya jurnali. Hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l bilan olinadi. Kassa hujjatlari “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma” ning 258-moddasi talablari asosida kassa xodimlari tomonidan alohida yig‘ma-jildga tikiladi. Kunlik buxgalteriya yig‘majildiga kirim va chiqim kassa jurnallari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda tikiladi 2 . Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kas-salaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pen-siya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin. Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib, bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo‘-yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ish haqi olish bo‘yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar. Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib bo-rish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblanadi. Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o‘tilgan maqsad-larga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit bo‘yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza ras-miylashtirilgan sana ko‘rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgal-terining imzosi hamda muhr qo‘yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko‘rsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos bo‘ladi. Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to‘lovlarni olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi, eng avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan so‘nggina chekning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini, ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko‘radi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o‘tkazib, so‘ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korresponden-siya hisobvarag‘i nomeri ko‘rsatiladi. Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to‘g‘ri kelsa, chekdagi pasport ma’lumotlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko‘rsatilgan summani mijozga sanab beradi. Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni o‘zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari va undan ko‘chirmalar chiqarib beriladi. Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtiril-gan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanma-gan naqd pul to‘lovlarini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi Download 17.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling