Bank depozit operatsiyalari tahlili
Download 0.71 Mb.
|
bank depozit operatsiyalari tahlili
Bank depozit operatsiyalari tahliliBi-51i Xolmamatov XondamirBanklarning jalb qilingan mablag‘lari asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.Bank depoziti – bank mijozi-yuridik yoki xususiy shaxs tomonidan bankka saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari. Ular bank hisobotida passiv sifatida ko‘rsatiladi.Bank depoziti – bank mijozi-yuridik yoki xususiy shaxs tomonidan bankka saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari. Ular bank hisobotida passiv sifatida ko‘rsatiladi.Depozit hisobvaraqalari turlicha bo‘lishi mumkin va ularning tasniflanishi asosida qo‘yilmalar manbai, ularning maqsadli yo‘naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar inobatga olinadi. Aksariyat hollarda resurslar uning egalari nuqtai nazaridan tasniflanadi. Xususan, depozitlar yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) va jismoniy shaxslar tomnidan qo‘yiladi. Muddatiga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:muddatli depozit mablag‘lar talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar aholining jamg‘arma qo‘yilmalari Muddatsiz depozitlar – bu mijoz tomonidan o‘z mablag‘ini xoxlagan paytda xech qanday oldindan ogoxlantirmay olinishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar tushuniladi.Muddatli depozitlar – bu bank tomonidan ma’lum bir muddatga jalb qilinadigan mablag‘lardir. Muddatli depozitlarda mablag‘ shartnomada keltirilgan muddatga bankka foydalanishga topshiriladi. Bu muddat tugashi bilan uning egasi mablag‘ni qaytarib olishi mumkin. Jalb qilingan mablag‘lar ichida muddatli depozitlar asosiy o‘rinni egallaydi.Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling