Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar. Tijorat banklarni qayta tashkil etish sabablari va tugatish
Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish
Download 56.84 Kb.
|
BANK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tijorat banklarni qayta tashkil etish sabablari va tugatish Bankni qayta tashkil etish
Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish
Banklar o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Bank tomonidan sotib olinadigan o‘z aksiyalarining summasi bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshishi mumkin emas. Bank o‘z aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka arizani va o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatgan holda bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarorini taqdim etadi. Bankning moliyaviy holati qoniqarsiz bo‘lsa, shuningdek ushbu sotib olish prudensial normativlarga rioya etilmasligiga olib kelsa, Markaziy bank dastlabki ruxsatnomani berishga haqli emas. 2.Tijorat banklarni qayta tashkil etish sabablari va tugatish Bankni qayta tashkil etish Bankni qayta tashkil etish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari hisobga olingan holda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin. (76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat yagona ta’sischisi bo‘lgan bankni qayta tashkil etish Markaziy bank bilan kelishilgan holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori mavjudligi bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza berish uchun asos bo‘ladi. Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bankni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan har bir bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlar bajariladi. Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat bo‘la olmaydi. Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan e’tiboran olti oy ichida tamomlashi shart. Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Download 56.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling