Bank hisobi, tahlili va auditi


Download 0.97 Mb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1047073
1   2   3   4   5
Bog'liq
BHTA Musajonov MI

CCCCC




VVV




K




SSSSSSSS




NNN














































































Hisobvaraqning tartib raqami





































































Bank kodi yoki mijoz kodi





























































Nazorat kaliti




















































Valyuta kodi








Balans hisobvarag‘i


8-rasm. Yordamchi kitobda shaxsiy schyotlar bo‘yicha kodlashtirish.

S MM SS Bunda, S - schetlar kategoriyasini bildiradi, ya’ni 1 - aktivlar, 2 - passivlar, 3 - kapital, 4 - daromadlar, 5 - xarajatlar, 9 - ko‘zda tutilmagan holatlarni ifodalaydi. M - yuqorida sanab o‘tilgan kategoriyalardan biriga qarashli asosiy schet, ya’ni, 01 - bank aktivlaridan biri bo‘lgan naqd pullarni bildiradi. SS - asosiy hisobvaraqlarga qarashli bo‘lgan subschet hisoblanadi. Masalan, 10000 - aktivlarni, 10100 – “Aktivga qarashli naqd pullarni” bildiruvchi asosiy hisobvaraq, 10101- “Amaliyot (operasion) kassadagi naqd pullar”ni anglatadi. Demak, 1 - aktivlar, 01 - naqd pullar, 01 - kassadagi naqd pullar bo‘yicha ma’lumot beradi. Boshqa barcha kategoriyaga qarashli hisobvaraqlar ham xuddi Shunday tartib raqamlanadi. Masalan: 10100 - “Naqd pullar va boshqa kassa xujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi shaxsiyvaraqlarni o‘z ichiga oladi: 10101- “Amaliyot (operasion) kassadagi naqd pullar”, 10105 – “Cheklar va boshqa kassa hujjatlari”, 10109 – “Yo‘ldagi pullar” bo‘yicha ma’lumot beradi.




4.Bank balansi va uning tuzilishi.
Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy printsiplaridan biri ikki yoqlama yozuv usulidir. Ikki yoqlama yozuv usuli bu xo‘jalik operatsiyalarini bir vaqtning o‘zida bir hisobvaraqning debetida va ikkinchi hisobvaraqning kreditida yoki aksincha aks ettirishdir. Ikki yoqlama yozuvni ko‘pincha buxgalteriya provodkasi yoki o‘tkazmasi deyiladi.
Ikki yoqlama yozuv usuli ishlashini ko‘rish uchun bank balansi bilan tanishib chiqish lozim.
Buxgalteriya balansi ko‘pincha balans hisoboti yoki moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot sifatida qaraladi. Mazkur hisobot foydalanuvchilar uchun bankning moliyaviy holati va likvidliligi to‘g‘risidagi muhim axborotlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Balansning ahamiyati bankning yoki boshqa biror - bir xo‘jalik sub’ektining moliyaviy ahvolini baholovchi eng yaxshi moliyaviy ma’lumotlar tizimi ekanligidadir. Uning foydaliligi shundan iboratki, balans ko‘pchilik moliyaviy koeffitsientlarni (likvidlik, moliyaviy barqarorlik, rentabellik va boshq.) hisoblash va uning aktivlarini baholash uchun asos yaratadi. Banklar uchun esa balans, ularning bo‘lg‘usi pul oqimlarini va bank xatarlarini baholashda juda qo‘l keladi.
Buxgalteriya balansi yaratilgandan beri uning oldiga tushadigan boshqa biror hisobot shakli vujudga kelgan emas.
Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar tomonidan esa moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni yanada mukammallashtirish va ayni paytda uni soddalashtirish ustida muntazam ravishda ish olib boriladi.
Ma’lumki, balans so‘zining lug‘aviy ma’nosi frantsuzcha balance – tarozi, lotincha bilanx – tarozining ikki pallasi2 ma’nosini anglatadi.
Tabiiyki tarozining ikki pallasi bir - biriga teng yoki barobar bo‘lishi lozim. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi Luko Pacholli tomonidan matematika fani sifatida yaratilgan. Buyuk olim buxgalteriya hisobiga ham matematik uslubda yondoshgan. Zero, matematika masala echimining to‘g‘riligini tenglik chiqarish orqali isbotlaydi. Buxgalteriya hisobi operatsiyalarining to‘g‘riligi esa balans chiqarish orqali tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobida balansga chiqish, o‘z vaqtida “inson ongining mo‘jizasi” sifatida baholangan ikki yoqlama yozuv uslubini qo‘llash hisobiga erishiladi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga muvofiq bir operatsiya ikki marta qayd etiladi. Natijada ularning aylanma summalari ham va ulardan hosil bo‘lgan qoldiq summalari ham bir - biriga teng bo‘lishi ta’minlanadi. Buxgalter tili bilan gapirganda debet aylanma kredit aylanmaga, aktiv hisobvaraqlar qoldig‘i esa passiv hisobvaraqlar qoldig‘iga teng bo‘lishi lozim. Qoldiq summalar tengligi buxgalteriya balansi nomini olgan va uni quyidagi matematik tenglik bilan ifodalash mumkin.
Aktiv = Majburiyat + Kapital
Ushbu tenglik bank resurslari (aktivlar) bilan bank kapitali (passivlar) summalarini o‘zaro mosligini ifodalaydi va mulk egasiga o‘z mulkining butligini nazorat qilish imkonini beradi. Binobarin, o‘sha vaqtda buxgalteriya hisobining nazorat vazifasi uning asosiy maqsadi sifatida maydonga chiqdi.
Lekin, balansdagi tenglik mezoni buxgalteriya hisobi predmetiga qanchalik singdirilgan bo‘lmasin, u oddiy hisobchilik tamoyili edi xolos. Keyinchalik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va murakkablashuvi buxgalteriya hisobi predmetiga maqsadli va mazmunan yondoshish kuchayib bordi. Mulkni nazorat qilish mulk egasining manfaatiga xizmat qiladi. Mol etkazib beruvchilar, qarz beruvchi bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar, mazkur korxona bilan iqtisodiy hamkorlik qilish uchun uning moliyaviy holatini bilishga qiziqishadi. Ayniqsa, korporativ mulk egaligining mahsuli hisoblangan investorlarning (aktsiyadorlar) manfaatlari pul tikayotgan sub’ektning moliyaviy holati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ushbu paragrafda balansning asosiy xarakteristikalarini ko‘rib chiqamiz, darslik yakuniga bank balansiga yanada kengroq to‘xtalamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklarining balans namunasi va ularning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotni quyidagi jadvallarda ko‘rish mumkin. Bankning kundalik buxgalteriya balansi barcha bank muassasalari tomonidan birinchi tartibdagi balans hisob raqamlari tartibida yig‘ma kartochkalar ma’lumotlariga asosan qo‘yidagi shaklda tuziladi:

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling