Bank ichki nazorati, uning turlari va ahamiyati
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish
Download 32.77 Kb.
|
Mundarija I kirish 1
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish
Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofisga bo‘lingan bo‘lsa, Front-ofis xodimlari, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo‘lgan hollarda mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xorijiy valutada xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi. Agar mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to‘lov hujjatlari mijozga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi. To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reyestri bor bo‘lgan holatda inkassaga qabul qilinadi. Agarda bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag‘ida to‘lov uchun yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi. To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan hamda budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno). Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab, (to‘ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Mas’ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, chekni topshirgan xo‘jalik subyektining nomi va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o‘zidagi imzo namunalari bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi. Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga kiritadi va to‘lov hujjatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi. Download 32.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling