Bank ishi ” fakulteti bia-85 guruh talabasi abadullayev ibrohimning menejment va marketing fanidan 1-oraliq nazorat uchun tayorlagan mustaqil ishi fan o’qituvchisi: Jalolova Dildora
Marketing miks nimani ifodalaydi?
Download 39.58 Kb.
|
Menejment va marketing oraliq nazorat
2 Marketing miks nimani ifodalaydi?
Marketing nazariyasi va amaliyotining rivojlanishida marketing – bu kompleks tizim bo‘lib, boshqarilishi ishlab chiqarish – tijorat metodlari birlashmasi (birikmasi)dan foydalanishni ko‘zda tutadi, degan tushunchaga olib keldi. Masalan, 1980-1990-yillarda xaridorlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sir etishni ko‘zda tutuvchi marketing – miks konsepsiyasi paydo bo‘ldi: -tovar (tovar siyosati, tovar marketingi); -savdo, tarqatish (savdo siyosati, savdo marketingi); -oldinga harakatlanish (kommunikatsiya siyosati, kommunikatsiya marketingi); -odamlar (kadrlar siyosati, munosabatlar marketingi). Bugun rivojlangan mamlakatlarda ustuvor ravishda bir martalik bitim tuzishga mo‘ljallangan bitim marketingidan o‘zaro munosabatlar marketinggiga o‘tilmoqda. Ko‘pchilik kompaniyalar bozorning to‘yinishi, yangi iste’molchilarni egallash uchun qattiq raqobat sharoitlari, eski mijozlar bilan munosabatlarni saqlash, xaridorga yo‘naltirilgan personalni tanlash va o‘qitish ancha arzonga tushishini tushuna boshladilar. Marketing nazariyasi va marketing miksdan to‘g‘ri foydalanish tadbirkorlikda juda muhim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda marketing-miks konsepsiyasidagi 4Pni cheklangan, deb unga qo‘shimcha elementlarni kiritishmoqda. Masalan, 5-P-odamlar (People). 1986-yilda F.Kotler pablik rileyshenz va siyosat elementlarini kiritib, 4P ni 6P – modeli sifatida taklif etgan bo‘lsa, bank sohasi tadqiqotchilari 7P ni taklif etdilar. 1980-yillarda marketing faoliyatini modellashtirishga yangicha yondashish shakllandi. O‘zaro ta’sir nazariyasi va tarmoqlar asosida sanoat marketingi (Xokanson,1982-y.), xizmatlar marketingi (Grenroos, 1983-y.) shakllandi. Sohalar marketingi asosida o‘zaro ta’sir, sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor berilib, marketing faoliyatini boshqarish mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan. 4P modelidagi ko‘rsatkichlar ba’zi olimlar fikricha cheklangan bo‘lishiga qaramay, marketing nazariyasi va amaliyotining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, qadoqlangan keng iste’mol tovarlarini sotishda ana shu 4-omil iste’molchi uchun juda muhimligi amalda o‘z tasdig‘ini topdi. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida marketing — miks 4P marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazishda qo‘llanildi. Hozirgi vaqtda ko‘proq marketingning 4-submiks shakli qo‘llaniladi. Marketing – miksni ishlab chiqishda quyidagi prinsiplarga asoslanish lozim. − Ketma-ketlik tamoyili, har bir o‘zgaruvchi miqdoriy ko‘rsatkichni boshqasi bilan mosligini ta’minlash. Masalan, yuqori sifatli mahsulotga sifatli reklama va tegishli ravishda chiroyli va qulay qadoq tayyorlash. − Bozor konyunkturasi o‘zgarib turuvchi bir paytda shunga qarab mahsulot ishlab chiqarish, sifatga e’tibor berish kerak. Mahsulot reklamasida mahsulot sifatini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali iste’molchini jalb etish va h.k. − Firmaning budjet va boshqa moliyaviy xarajatlarini hisob-kitob qilib, marketing kompleksi va miksini rejalashtirish, bozordagi aniq vaziyatga qarab marketingning tegishli tadbir va usullarini qo‘llash, firmaning kapital va aylanma mablag‘larining samarali qo‘llanilishini ta’minlash. Marketing tadbirlariga ketadigan sarf — xarajatlar kalkulyatsiyasini hisoblash va samarani baholash. Firma tovar aylanmasi va oladigan foydasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Marketing miksning bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni quyidagi formula orqali topiladi. K=na… K — marketing miksning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni; a – instrumentlar soni; n — marketing– miks tarkibida submikslar soni. Kombinatsiyalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, marketing chora-tadbirlarini qo‘llash imkoni ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng optimal marketing – miksni topish masalasi ko‘ndalang turadi. Download 39.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling