Bank ishi fakulteti bank ishi va auditi yo’nalishi 2 kurs bia-95 guruh talabasi


Download 207.86 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi207.86 Kb.
#1156726
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Komiljon mikro


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Bank ishi fakulteti bank ishi va auditi yo’nalishi 2 kurs bia-95 guruh talabasi Karimov Komiljonning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI


Mavzu: DAROMAD VA ALMASHTIRISH SAMARASI

Toshkent 2022


MAVZU: DAROMAD VA ALMASHTIRISH SAMARASI
Reja
1. Daromad samarasi va almashtirish samarasi.
1. Daromad-iste’mol o‘rtasidagi bog`liqlik va uning chizig‘i.
2. «Narx-iste’mol» bog`liqligi va uning chizig‘i.
3. Iste`molchi tanlovida daromad va almashtirish samarasi.

  1. Daromad va almashtirish samarasi.



Daromad-iste’mol chizig‘i. Daromadning o’zgarishi byudjet chizig‘ining o’ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, chunki, narxlar nisbati o’zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig‘i o’ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil o’zgarganda ham sodir bo’ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig‘i o’ngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o’sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig‘i pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning o’sishi natijasida byudjet chizig‘i holatlarga ketma-ket siljiydi (5.10-rasm).
Daromadlarning o’zgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o’rnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks «daromad-iste’mol» chizig‘i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda «turmush darajasi» chizig‘i deb ham ataladi.




5.10-rasm. «Daromad-iste’mol» chizig‘i.
Agar «daromad-iste’mol» chizig‘i koordinata boshidan burchak ostidagi to’g‘ri chiziqdan iborat bo’lsa, daromadning o’sishi, iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlari bir xil proporsiyada o’sadi. Agar iste’molchi ne’matlarni har xil proporsiyada xarid qilsa, chizig‘ining yotiqligi o’zgaradi. 5.10-rasmda tovarlar sotib olish boshida tez sur’atda o’sadi, keyinchalik tovarni sotib olish tovarga nisbatan oshib boradi.
Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo’lib daromad o’zgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o’zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi (5.11-rasm).
Gorizontal o’q bo’yicha iste’molchi daromadi ordinata o’qi bo’yicha - sotib olinadigan tovarlar miqdori belgilangan.
Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’yinadi ( - oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari bilan va nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga o’tganda ham standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan.



Download 207.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling