"bank ishi" fanidan mustaqil ish mavzu: banklarning kelib chiqishi va bank tizimi


BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI


Download 130.14 Kb.
bet2/5
Sana20.01.2023
Hajmi130.14 Kb.
#1104195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shahzod bank ishi

1. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI.
Banklaming vujudga kelishi tovar-pul munosabatlarining asosiy elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bolishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklaming vujudga kelishi haqida aniq malumotlar mayjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida vujudga kelganligini takidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki davrlarida paydo bolganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga xos bolgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bolganligini qayd etadilar. Manbalarga ko’ra, dastlabki bankirlar kichik-kichik dolconlarda mahalliy pullami xorijiy pul birliklariga malum darajadagi tolov evaziga almashtirib berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shug’illangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglami tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji bolgan shaxslarga malum tolov evaziga bera boshlagan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo bolgan, keyinchalik xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida Yevropa mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuningdek, natural xojalikning barham topishi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob-kitoblar va kreditlaming roli shiddat bilan ortib bordi. Bular o‘z navbatida bir maromdagi hisob-kitob va pul muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi. Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib XVII asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, XIX asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi yaʼni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi. Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3-4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.1
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o'xshagan bank birinchi marta Stokgolmda 1650-yilda, keyinchalik 1694-yilda Angliyada tashkil topgan bolib, bu bank pul emissiyasini amalga oshirish, mamlakatda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish kabi ishlami bajargan. Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxslaming hisob-kitoblarini bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo'sh pul mablaglarini jalb qilish asosida juda yirik miqdorda ssuda kapitalini jamg'aradilar, ushbu mablag kredit sifatida iqtisodiyotning turli bo'glnlariga yo'naltiriladi. Shu tariqa, kapitalistik jamiyatda “bank” deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug4illanuvchi “korxona”lar tashkil topdi. Banklaming mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mayjud. “Bank” etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bolsak, “bank” so'zi qadimgi fransuzcha “banque” va italiyancha “bansa” so'zlaridan paydo bolib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatishining guvohi bolamiz.
Bank - bu moliyaviy muassasa bolib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji mayjud bolgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, tolovlilik va ta’minlanganlik asosida kredit beradigan va ular uchun turli vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotdir. Boshqa bir adabiyotda, bank - tadbirkorlik faoliyatining o'ziga xos turi bolib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ulami jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bogliqdir, degan fikr ilgari suriladi.
Bankir ssuda kapitalistidan farqli olaroq, turli ko'rinishdagi xizmatlami taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslaming mablaglari hisobidan amalga oshiradi.2
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida subyekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Masalan, banklaming asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bolsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bolishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bolishi lozim. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.
Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi votasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sir qiladi.
Masalan, 90-yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullami muomalaga chiqarish hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida uzilishlami vujudga kelishiga, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida debitor - kreditor summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keldi.
Banklaming mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ulaming rolini real sektomi kreditlash munosabatlari misolida ham korishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bolib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlaming tolovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bolgan kuchli talabni paydo bolishiga sabab boladi.3

Download 130.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling