"bank ishi" fanidan mustaqil ish mavzu: kredit mexanizmi va uning elementlari


Download 54.15 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi54.15 Kb.
#1334986
1   2   3   4   5
Bog'liq
O2

2. KREDIT MEXANIZMI TIZIMI
Kredit mexanizmi tizimi quyidagi asosiy tizimlardan iborat :
-kreditlash metodlari majmuasi;
-richak va stimullar, normativlar, limitlar kompleksi;
-qonuniy me’yoriy xujjatlarda shakllantirilgan kreditlash qoidalari va qonunlar to‘plami;
-kreditlash sub’ektining ichki me’yoriy ta’minoti;
-informatsion ta’minot, shuningdek, kreditlash bo‘yicha qarorlarni qabul qilish uchun informatsion baza.
Chet el fundamental tadqiqotlarida “kredit mexanizmi” atamasi uchramaydi. Uning amal qilishi kredit, kredit siyosati, foiz stavkasi, turlari, kreditlash tamoyillari, kompaniyalarga kredit berish shakllari, ipoteka, ssuda kapitali bozori, kredit nazariyasi, foiz nazariyasi tushunchalari orqali qaraladi.
“Kredit mexanizmi” kategoriyasi bo‘yicha rossiyalik iqtisodchilar orasida yagona fikrga kelinmaganligi kreditlash nazariyasi va amaliyotdagi muammoni echilmaganligini ko‘rsatadi. SHu bilan birga, kredit mexanizmi moxiyatini turlicha talqin qilinishi bu kategoriyaga turlicha yondashilganligi bilan tushuntiriladi.
Kredit mexanizmi tuzilishini zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mos ishlab chiqish masalasini qo‘yib, uni o‘z ichiga kredit siyosati, kredit mexanizmlari institutsional asosi, kredit tizimi tashkilotlari darajasi va prinsplari, uning infrastrukturasi, kreditor va qarz oluvchilarning orasidagi o‘zaro aloqalarini olishi kerak deb xisoblash mumkin. Bunda kredit jarayoni boshqaruvi yaxlitlashtirish elementi bo‘lib xizmat qiladi, qaysiki kredit mexanizmini butun tarkibini tuzib chiqadi, ular bir butunlikda birlashtiriladi va kredit mexanizmi birgalikda rivojlanishiga yo‘naltiradi. Undan tashqari, boshqaruv kredit mexanizmini takomillashtirish, uni amal qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha yaxlit chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliya va kredit mexanizmlari bilan bir qatorda, «moliya-kredit mexanizmi», «kredit-hisob-kitob mexanizmi» kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Bunday qo‘shma terminlar uchun moliya va kredit kategoriyalarining iqtisodiy negizi yagona ekanligi asos qilib olingan.
Moliya va kredit kategoriyalari muhim jihatlari bo‘yicha bir-biridan farq qilishlariga qaramasdan, ular bir-biriga bog‘langan kategoriyalar jumlasiga kiradi va ma’lum doiralarda o‘zaro va birgalikda ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda ta’sir moliya-kredit mexanizmi orqali namoyon bo‘ladi. Professor M.A.Passel «moliyakredit mexanizmi» ning mustaqil tushuncha ekanligini quyidagicha ifodalaydi:
«…ko‘p hollarda moliyaning ham, kreditning ham moliyalashtirish va kreditlashtirish ob’ekti umumiy bo‘ladi. Davlat bir-biridan farq qiladigan ushbu pullik munosabatlar shakllarini qo‘shib olib borishiga qaramasdan, ularni mablag‘ xosil qilish va taqdim etish xususiyatlariga qarab bir-birlaridan ajratadi».
V.K Senchakova 1979 yildagi «Moliyaviy mexanizm va ishlab chiqarish samarodorligini oshirishda uning roli» ishida: «Kredit mexanizmi o‘zida markazlashgan va markazlashmagan ssuda foizlari, kredit richaglari, qoidalari, me’yorlari va normativlari, rezervlar, limit va stimullar, shuningdek, moliya va bank qonunchiligi majmuini ifodalaydi» deb ta’kidlagan. Bu izohda kredit resurslarini taqsimlash jarayoniga, tizimli yondashuv asosida kredit mexanizmi orqali iqtisodiy jarayonlarni boshqarishga urg‘u berilgan.
Moliya-kredit mexanizmini aniqlash jarayonida olimlar ikkita qarama-qarshi guruxga bo‘lindilar:
1-gurux: (D.A.Allaverdyan, M.A.Pessel, V.K.Senchachov, M.V.Romonovskiy va boshqalar) fikriga moliya va kredit mexanizmi - bu yagona moliya-kredit mexanizmining qismlari. 2-gurux esa (A.D.Barkovskiy, V.I.Ribin, O.A.Malchanova, N.I.Valenseva va boshqalar) bu kategoriyalarni bilishning kredit va moliya mexanizmlari mustaqil bo‘lishga xaqli va ularni qo‘shish to‘g‘ri emas deb xisoblashganlar.
Moliya va kredit mexanizmlari bir tushuncha deb xisoblaydigan mualliflar fikricha, moliya pul munosabatlar tizimi sifatida qayta ishlab chiqarish jarayonida aylanma oborot fondlari bo‘lib xizmat qilar, o‘z ichiga kreditni olgan mustaqil zveno sifatida qaraladi.
Moliya kredit mexanizmidan asosiy ahamiyati ular o‘z vaqtida xo‘jalik sub’ektlarini pul resurslari bilan ta’minlashni ko‘ra oladi.
Moliya kredit munosabatlari bazasi va moliyaviy resurslarni shakllantirishni milliy daromad va yalpi umumiy maxsulotni taqsimlash xamda qayta taqsimlashga xizmat qiladi. O‘z navbatida M.A.Pessel, moliya va kredit kategoriyalari birgalikda yagona iqtisodiy munosabatlar doirasida xarakat qiladi, bu xolda esa “moliya kredit mexanizmi” atamasidan foydalanish to‘g‘ri deb aytgan edi. V.I.Ribin va N.I.Valensevaning fikriga, moliya-kredit mexanizmlarini yagona iqtisodiy asosga ega ekanligi va o‘xshashligiga qaramasdan, ularni bo‘lish kerak, chunki ularning xarakati kapital aylanma oborotidan turli bosqichlarida yuzaga keladi. Unda ishtirok etuvchi sub’ektlar orasidagi yuzaga keladigan munosabatlar xarakteri turli xil bo‘ladi.
Shu bilan birga «moliya-kredit mexanizmi» tushunchasini tan olgan holda, mustaqil moliya-kredit mexanizmlarini yoki moliya-kredit mexanizmini inkor etish noto‘g‘ridir. Chunki, bu mustaqil terminlarni qo‘llash, bozor mexanizmining o‘rganilayotgan bo‘g‘ini ta’sir doirasiga va sohasiga bog‘liq.
Ko‘pchilik mualliflar o‘z ishlarida kredit mexanizmini emas, balki moliyakredit mexanizmini ko‘rib chiqadilar. SHunday ekan kredit mexanizmini moliyakredit va xo‘jalik mexanizmi elementi sifatida izohlash mumkin. «Xo‘jalik mexanizmi» tushunchasi xo‘jalik yuritish formalari va tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv metodlari va tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv metodlari va tarixiy xususiyatini xisobga olgan xolda iqtisodiy qonunlar ifodalangan xuquqiy me’yorlar yig‘indisi sifatida tariflangan. «Moliyaviy mexanizm» esa, lug‘atda xo‘jalik mexanizmning tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatilib, uning yordamida taqsimot munosabatlarining dunyo tizimi, daromad va jamg‘armalar yaratilishi, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari tashkil topishi va ulardan foydalanilishi ta’minlanadi.
Xalq xo‘jaligi rivojlanishida kredit mexanizmi roli va ahamiyati muhimligini e’tiborga olib, iqtisodchilar xo‘jalik mexanizmi tizimida uning o‘rnini aniqlashda xanuzgacha yagona fikrga kelisha olmaganlar. Ko‘pgina mualliflar xo‘jalik mexanizmini «Iqtisodiy richaklar – pul, narx, foyda, kredit va moliyadan foydalanish asosida iqtisodiy rag‘batlantirish va tashkil etishda ifodalanuvchi umum ishlab chiqarishni boshqarish usullari va shakllari tizimi» sifatida qarashadi. Bunda N.D. Barkovskiy va N.I.Valenseva kredit mexanizmini xo‘jalik mexanizmining bir iqtisodiy rag‘batlantirishi va richagiga kiritishadi. V.I.Ribin esa, kredit mexanizmi funksiyasi va rolidan kelib chiqib, uni «xo‘jalik mexanizmining xech qanday tarkibiy qismi emas, balki butun xo‘jalik mexanizmi» deb xisoblaydi.
Kredit bilan xo‘jalik mexanizmini o‘zaro munosabatlarini kuzatib, O.A.Molchanova shunday xulosa qiladi, kredit mexanizmi – ssuda fondini realizatsiya qiluvchi iqtisodiy mexanizmdir. Kredit esa - bu tovar. Kredit tizimida ham har qanday xo‘jalik tizimidagi prinsiplar amal qiladi.
N.I.Valensova fikricha, kredit mexanizmi – amal qilishi xo‘jalik mexanizmi tuzilishini to‘liq aniqlab, beradi. Kredit mexanizmini takomillashtirish muammolari butun xo‘jalik mexanizmini rivojlantirish savollarini kompleks echishni, ya’ni narxlarni o‘rnatish, naqdsiz xisob-kitoblarni tashkil etish, byudjet bilan xisob-kitoblar va boshqalarni talab qiladi.
Agar kredit munosabatlari sub’ektlari iqtisodiy aloqalari bilan birgalikda tahlil qilinayotgan bo‘lsa, «kredit-hisob-kitob mexanizmi» tushunchasidan foydalanish ham mumkin va bu birmuncha maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayrim hollarda «kredit mexanizmi» tushunchasi bilan birgalikda «kreditlashtirish mexanizmi» atamasi ham qo‘llaniladi. Bu terminning qo‘llanilishiga «kredit mexanizmi» tushunchasining ayrim amaliy faoliyat sohalarini o‘rganishda keng ma’noni anglatishi asos hisoblanadi.
Odatda, kreditlashtirish mexanizmi deyilganda, kreditlashtirish shartsharoitlarini belgilovchi elementlarning yig‘indisi tushuniladi. U o‘z mazmun jihatidan «kredit mexanizmi» tushunchasiga qaraganda bir muncha «tor» ma’noni anglatadi. SHu bilan birga, kredit mexanizmining tarkibiga kiradi va bu fikr ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan ham tan olingan.
Rossiya va horijda so‘nggi 25 yilda kredit munosabatlari tarixi va rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, kredit mexanizmi harakati rejalashtirilishi bozor sharoitida ham mavjud, faqat sotsializmga qaraganda birmuncha boshqacharoq.
70-yillarning boshida O.I.Lavrushin o‘zining «Iqtisodiy stimullar tizimida kredit» nomli ishida kredit mexanizmi rivojlanishini quyidagi 3 yo‘nalish bo‘yicha bo‘ladi: kredit chegaralari kengayishi; ssuda berish va qaytarishning ta’sirchan mexanizmini izlab topish; jamiyatda ishlab chiqarishni iqtisodiy rag‘barlantirishda kredit richaklarini rolini oshirish deb qayd etadi. U kreditlash mexanizmi kredit mexanizmining amal qilinishining jarayon qismidir deb qaraydi.
O.I.Lavrushinning fikricha, «kreditlash mexanizmi shunday tashkil topishi kerakki, u o‘z vaqtida kreditni harajatga aylanish imkoniyatini oldini olishi, yo‘l qo‘yilgan cheklanishlar haqida o‘z vaqtida xabar berishi, o‘rnatilgan me’yorlardan chetlanishlarga yo‘l qo‘ygan korxonalarga aktiv ta’sir ko‘rsatishi kerak».
R.V. Korneevning fikricha, kredit mexanizmi xarakati xo‘jalikning shunday sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilishi kerakki, unda korxona yoki tarmoqning o‘zi ishlab chiqarishni kengaytirishi, mahsulot sifatini yaxshilash uchun qo‘shimcha resurslarga qiziqishi kerak. R.V.Korneevning «Sanoat tarmog‘ining davlat banki bilan kredit munosabatlari» kitobida kredit korxonaning xo‘jalik moliyaviy faoliyatiga kredit mexanizmi orqali ta’sir etishini aytib o‘tadi.
N.I.Valenseva va I.D.Mamanova bank kreditidan foydalanish samaradorligini tadqiq qila turib, kreditlash mexanizmini: «Kredit berish va so‘ndirishni rejalashtirish, uning maqsadli yo‘nalishi ustidan nazorat bilan bog‘liq qarorlar majmuasi» sifatida izohlaydi.
Kredit mexanizmi jarayonini ko‘rib chiqa turib, mualliflar aylanma mablag‘lar tashkil etilishi va kreditlash mexanizmining o‘zaro bog‘liqligini qayd etadilar. Boshqacha aytganda, ular kreditlash mexanizmini korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari bilan aloqasini qayd etishadi. «Kredit mexanizmi» va «kreditlash mexanizmi» tushunchasini chegaralash R.G.Olxovada ko‘rinadi. U xisoblaydiki, «kredit mexanizmining bir elementi hisoblangan kreditlash mexanizmi o‘zida quyidagi bo‘g‘inlardan tuzilgan tizimni ifodalaydi: o‘z va qarz, aylanma mablag‘larni chegaralash prinsplari, kreditlash metodlari, ssuda schyoti ko‘rinishlari, kreditlash ob’eklari, kreditning rejali boshqarish metodlari, kreditdan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish metod va turlari”.2



Download 54.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling