"bank ishi" fanidan mustaqil ish mavzu: kredit mexanizmi va uning elementlari


Download 54.15 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi54.15 Kb.
#1334986
1   2   3   4   5
Bog'liq
O2

Tadqiqotning ob’ekti sifatida jamiyatdagi kredit munosabatlari tanlab olindi.



  1. KREDIT MEXANIZMI TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Kredit mexanizmi- xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga kreditlash shartlarini, usullarini va kreditni boshqarishni oladi. Kredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi.
Klassik iqtisodchi olimlar kredit mexanizmini kredit munosabatlarini tashkil etishning konkret usullari bilan bog‘lashgan va bu usullar pul oborotini hamda kredit munosabatlarini tashkil etish amaliyotida qo‘llanilishini ta’kidlashgan. SHuni inobatga olgan holda kredit mexanizmi kredit munosabatlarining namoyon bo‘lish shakli sifatida qaralmoqda. Masalan, prof. M.S.Atlas kredit mexanizmi to‘g‘risida shunday yozgan: «Kredit mexanizmi kredit tizimi organlari, kreditlashtirish vositalari va usullari, tamoyillari, majmuasidan iborat bo‘lib, ular yordamida tegishli organlar o‘zlarining vazifalarini amalga oshiradilar va butun xalq xo‘jaligiga hamda korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadilar».
M. S. Atlas kredit mexanizmini xo‘jalik mexanizmining iqtisodiy richaglaridan biri sifatida qaraydi. U orqali ishlab chiqarish va yalpi maxsulot taqsimlashni nazorat vositasi sifatida yalpi ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatiladi. Kredit mexanizmining qaytarishlilik, muddatlilik va to‘lovlilik tamoyillari xo‘jalik mexanizmlarini ratsional va optimal xolda rivojlanishni taqozo qiladi.
Y .P. Avdiyans kredit mexanizmini kredit tizimining tarkibiy qismi sifatida talqin etib, uningcha kredit tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1) kredit munosabatlarining sferasi; 2) kredit mexanizmini (kredit tizimi ob’ekti va sub’ektining o‘zaro ta’sir etish vositasi va bank tomonidan kredit munosabatlari sferasining boshqarilishi); 3) iqtisodiy rivojlanishning manbalari. Bundan tashqari u kredit mexanizmi texnik emas, iqtisodiy tushuncha ekanligini ta’kidlaydi. Kredit mexanizmi o‘zida kreditning barcha tomonini va uning konuniyligini, kishilarning konkret faoliyatini umumlashgan ifodasini aks ettirishini aytgan. Uningcha kredit tizimi uning boshqa qismlariga: kredit munosabatlari, kredit munosabatlari elementlari, (kredit uchun foiz, kredit muddati va ob’ekti, kredit munosabatlaridagi tomonlarning iqtisodiy qiziqishlari) xalq xo‘jaligida kredit munosabatlarini yuzaga keltiruvchi banklarga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Uning fikricha, kredit mexanizmi tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-kredit tizimi rivoji, amal qilish shartlari va prinsiplari;
-kredit tizimining pul muomalasi, xalq xo‘jaligining naqd pulsiz xisobkitoblari va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro aloqasi.
Prof. V.I.Ribinning fikricha, kredit mexanizmi kredit xarakterli xususiyatlari va uning mazmunini ochib beruvchi munosabatlarning o‘zidan iborat hamda ular namoyon bo‘lishining shakli va usullaridir.
«Islohotlar sharoitida kredit va xisob-kitoblar» ishida V.I.Ribin kredit mexanizmi tushunchasini kiritibgina qolmay, uni o‘ziga xosligini qayd etib o‘tadi.
Bank apparati faqatgina kredit mexanizmiga ega bo‘lganligi sababligigina korxonalar xo‘jalik moliyaviy faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kredit mexanizmining mazmuni prof. S.B.SHteynleyger tomonidan kengroq ma’noda talqin qilingan. U kredit mexanizmining tarkibiga kiruvchilarni uch guruhga bo‘ladi: 1) banklar; 2) kredit sferasining alohida va xususiy qonunlarini saqlashga qaratilgan elementlar; 3) shu qonunlarning mazmunini hayotga tatbiq etishning shakl va usullari.
N.D.Barkovskiy kredit mexanizmining mazmunini ochishga harakat qilib, quyidagilarni yozgan edi: «Kredit mexanizmi konkret bir tarixiy sharoitda kredit munosabatlarining namoyon bo‘lishi va ularni realizatsiya qilish shaklidir».
V.S.Pashkovskiy esa: «Kredit mexanizmi kredit munosabatlarini amalda tashkil etishning konkret shaklidir» - deb yozgan. V.S.Pashkovskiy qayd qilishicha, kredit mexanizmini «boshqariladigan va boshqaradigan tizim» sifatida qarash kerak. Bunday aniqlash mexanizm natijaviyligini kuzatish imkoniyatini kengaytiradi. V.S.Pashkovskiy kredit mexanizmini rejalashtirish usullari va shakllari, kreditni berish, tartibga solish, so‘ndirishning o‘zaro bog‘liqlik tizimi deb tushunadi. Kredit mexanizmlarida boshqaruvning etakchi roli ko‘rsatilishiga qaramay, boshqaruv aspekti kategoriyani aniqlashda, shuningdek uning tuzilishida ham ishtirok etmaydi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarni bazis va usqurtma elementlariga dahldorligi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh ta’riflarda kredit mexanizmi ustqurma elementlari qatoriga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi guruh vakillari esa, uni bazis-ustqurma xarakteriga ega ekanligini qayd etishgan.
Masalan, prof. V.I.Ribin 2-guruh iqtisodchilaridan hisoblanib, kredit mexanizmini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarning ma’lum bir qatlami, kredit munosabatlarining yuqori bir bo‘lagi sifatida ta’riflaydi. Uning fikricha, «kredit mexanizmi tarkibiga kreditning mazmuni va xususiyatlarini belgilovchi munosabatlar, ularning namoyon bo‘lish shakllari, usullari, metodlari kiradi».
Kredit mexanizmi to‘g‘risida yuqorida bildirilgan fikrlarni tahlil qilib, shunday bir umumiy xulosaga kelish mumkin: garchi bildirilgan fikrlar bayon etilish shakli jihatidan bir-biridan qisman bo‘lsa ham farq qilsa-da, lekin ularning hammasida bir narsa tan olingan, ya’ni kredit mexanizmi bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditdan foydalanish usulidir.
Kredit munosabatlarining namoyon bo‘lish shakllari, ya’ni amaliyotda kreditdan foydalanish usullari, barcha hollarda ham kreditning mohiyatiga asoslanadi. O‘z navbatida, har bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Demak, aytish mumkinki, kredit mexanizmi kreditning qayta taqsimlash va haqiqiy pullarni kredit pullari va kredit operatsiyalari bilan almashtirish funksiyalarini takror ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirishga qaratilgan. SHundan kelib chiqqan holda, kredit mexanizmini ikki tarkibiy bo‘lakka – kreditning qayta taqsimlash funksiyasini namoyon bo‘lish shakllariga va haqiqiy pullarni almashtirish funksiyasi namoyon bo‘lish shakllariga ajratish mumkin. Bu shakllar har xil saviyada va har xil darajada namoyon bo‘lish imkoniga ega.
Kreditning qayta taqsimlash funksiyasining namoyon bo‘lishini, kreditlashtirish tamoyillari, shart-sharoitlari va shakllarining majmuasi tariqasida tushunamiz.
Kredit mexanizmi ikkinchi bo‘lagining tasnifini tushunish uchun, avvalo, kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari va operatsiyalari bilan almashtirish funksiyasi mazmunini yoritishga harakat qilamiz, chunki ularning mohiyati iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Bizning fikrimizcha, banklarning passiv operatsiyalari va naqd pulsiz hisob-kitoblar kreditning ikkinchi funksiyasi namoyon bo‘lishi shakllaridan biridir. Demak, kredit mexanizmining ikkinchi bo‘lagi naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan uzluksiz bog‘langan.
Kredit mexanizmi – bu xo‘jaliklarni kreditlash usullari va shakllari, rag‘batlantirish, richaglar, vositalar yig‘indisi; kredit resurslar akkumulyasiyasi bo‘yicha qabul qilish tizimi, ulardan foydalanish chegaralarini aniqlash, etkazib berish va qaytarib olish usullari.
V.I.Ribin fikricha, kredit mexanizmi o‘zida kreditdan maqsadli foydalanish mexanizmi va xarakat mexanizmini birlashtiradi. Bular ob’ektiv va sub’ektiv boshlash munosabatlari bo‘yicha farqlanadi. Xarakat mexanizmi – bu kreditni ob’ektiv xarakat qilishi, inson tomondan mutloq anglab olinmagan bo‘ladi. Kreditning maqsadli foydalanish mexanizmi kreditdan foydalanishning aniq shakliga ega bo‘ladi, ya’ni kredit mexanizmi – bu kredit munosabatlarini yuzaga chiqish shakli «kredit mexanizmiga kreditni xususiyati va mazmunini ochib beruvchi munosabatlarni o‘zi, kreditlash usullari, shakllari ham kiradi». 1


Download 54.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling