Bank ishi noixtisoslik 3-kurs 2- semestr 1-joriy nazorat. 1-vazifa


Download 16.79 Kb.
bet5/6
Sana21.03.2023
Hajmi16.79 Kb.
#1285670
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-JN - hemisga

14-vazifa:
Xo„jalik yurituvchi subyekt dastlabki qiymati 2 000 sh.b. ga va qoldiq qiymati 1 500 sh.b. ga teng bo„lgan to„rtta ichki modemni avvalgi egasida dastlabki qiymati 3 500 sh.b. ga va qoldiq qiymati 2 200 sh.b. ga teng bo„lgan uchta tashqi modem adolatli narx bilan almashmoqda. Olingan 1 dona modemning qiymatini aniqlang.
15-vazifa:
Xo„jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar obyektini 1 210 ming sh.b. ga xarid qildi. Obyekt 2006-yil mart oyida olindi. Obyektning narxini to„lash bir marta 2006- yil iyunda amalga oshirildi va yillik foiz normasi 46,41 foizni tashkil qiladi. Xo„jalik yurituvchi subyekt tomonidan to„lov muddatini cho„zish davri foizsiz kreditlashning normal shartlaridan ortiq bo„lgan sharoitda xarid qilingan obyektning qiymatini aniqlang.
17-vazifa:
142800 sh.b. qiymatidagi asosiy vositalar obyekti bank krediti hisobidan xarid qilinmoqda. Kredit bo„yicha foiz yillik 12,683 foizni tashkil qiladi va har oyda qarz qoldig„iga hisoblanadi. Kredit 2015-yil 20-avgustda jalb qilindi. Asosiy vosita 2015-yil 25-avgustda sotib olinib, omborga kirim qilindi. Asosiy vositaning narxi 2015-yil 20-sentabrda to„landi. Iqtisodiyotda oylik foiz 61 normasi 2 foizni tashkil qiladi. Montaj 2015-yil 25-sentabrda amalga oshirildi va ishga tushirildi. Xo„jalik yurituvchi subyekt ushbu obyekt bilan bog„liq boshqa xarajatlarga duchor bo„lganligini hisobga olgan holda asosiy vositaning dastlabki qiymatini aniqlang.
18-vazifa:
“O„zbekiston havo yo„llari” aviakomaniyasi 200 mln. sh.b. ga samolyot sotib oldi va u bo„yicha foydali foydalanilish muddatini 10 yilga teng deb belgiladi. Amortizatsiya to„g„ri chiziqli usul bilan hisoblanadi. Obyektdan foydalanish boshlanganidan keyin 2 yil o„tgach, xo„jalik yurituvchi subyekt uning jismoniy va buxgalteriya eskirishining bir-biriga to„g„ri kelmasligiga e‟tibor qaratdi va amortizatsiya qilish usulini mahsulot hajmiga (uchish soatlari bazasi) mutanosib usuliga almashtirishga qaror qildi. Ushbu vaqtga kelib, umumiy uchish vaqti 6 400 soatni tashkil qiladi. Maksimal uchish mumkin bo„lgan vaqt 19 200 soatga teng deb belgilandi. Keyingi yilda samolyotning uchishi 3 000 soatni tashkil qiladi. 3-yilning oxiri holatiga ko„ra samolyotning balans qiymatini aniqlang.

Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling