Bank ishi va audit
Download 237.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy tahlil oraliq 2
;
Uning kamayishi korxona uchun ijobiy holat hisoblanadi. Asosiy vositalarning rentabellik ko’rsatkichi (Ra) – asosiy vositalarning samaradorligiga, uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga baho berishni tahlil qiladi va u sof foydani asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish orqali topiladi. 𝑹 𝒂 = 𝑺 𝒇 𝑨 𝒗𝒐′ 2. Xarajatlarning tasnifi va tavsifi. Xarajatlar korxona samarali faoliyat yuritishida juda muhim o’ringa ega bo’lgan omil hisoblanadi. Biz bir birlik mahsulotga qilingan xarajatlarni aniqlash orqali, xarajatlarni maqsadga muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligini baholash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Xarajatlar bu ma’lum bir davr oralig’ida sarflangan resurslarning pul o’lchovidagi qiymati hisoblanadi. Shu bilan birga xarajatlar mahsulot tannarxi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Chunki mahsulot tannarxi su mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasi bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg’I, energiya, asosiy vositalar , mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarining qiymat ko;rinishini ifodasi hisoblanadi. Xarajatlar 4 ta kata guruhga bo’linadi. Bular; 1. Ishlab chiqarish xarajatlari yani ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan barcha mahsulot xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari ham 5 ta guruhga bo’linadi. • Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; • Bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; • Bevosita va bilvosita mehnat haqidan ajratmalar; • Bevosita va bilvosita amortizatsiya ajratmalari; • Boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. 2. Ikkinchi xarajat turimiz davr xarajatlari bo’lib, ular ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar hisoblanadi. O’z navbatida davr xarajatlarini ham uchta guruhga bo’lib olsak bo’ladi, bular; • Sotish xarajatlari; ( sotish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar); • Ma’muriyat xarajatlari ( boshqaruv bo’limi bilan bog’liq jamiiyki xarajatlar) • Boshqa operatsion xarajatlar. 3. Xarajatlarimizning uchinchi turi bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyektlarning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo’jalik yurituvchi subyktlarning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlati keladi. U ham o’z navbatida 4 ta guruhga bo’linadi. • Foizlar bo’yicha xarajatlar; • Xorijiy valyuta bilan operatsiyalar bo’yichasalbiy kurs tafovutlari; • Qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; • Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar; 4. Oxirgi xarajat turimiz bu favqulodda xarajatlar bo’lib, u foydadan olinadigan soliq to’langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Download 237.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling