Bank ishi va audit” yoʻnalishi 99/2-guruh talabasi boyturayev nurali alisher o’G’lining
Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatligi tahlilining ahamiyati va vazifalari
Download 246.79 Kb.
|
tijorat banklarning to\'lov qobiliyati va uning mustahkamlash
Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatligi tahlilining ahamiyati va vazifalari.
Bank likvidligini tahlil qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: bank likviligining koeffitsiyentlarini hisoblash tizimi to‘g‘riligini va to‘liqligini tasdiqdlash; bank holati bo‘yicha xulosalarni shakllantirish; bank balansi likvidligining yomon holatga kelayotganligidan darak beruvchi real va salbiy potensial tendensiyalarni aniqlash; salbiy tendensiyalarni vujudga keltirgan omillarni tahlil qilish; bank balansi likvidligini tahlil qilish va tekshirish natijalariga ko‘ra bank uchun takliflarni belgilab olish. Yangi tashkil qilinayotgan tijorat banklari uchun ustav kapitalining minimal miqdori va tashkil qilingan banklar uchun kapitaldagi shaxsiy mablag‘larining minial miqdori; kapitalning yetarlilik normativlari; likvidlik normativlari; bir qarzdorga yoki qarzdolar guruhiga bo‘lgan xatarning maksimal miqdori; yirik kreditlar xatarining maksimal miqdori; bitta kreditorga (omonatchiga) bo‘lgan xatarning maksimal miqdori; aholidan jalb qilingan mablag‘larning maksimal miqdori va hokazo. Bu ko‘rsatkichlar orasida likvidlik normativlari muhim ahamiyatga ega, chunki ularning miqdori ko‘p jihatdan bankning depozit va kredit siyosatining samarali yuritilishiga bog‘liq bo‘ladi. Banklar likvidlik ko‘rsatkichlarining minimal miqdorini ushlab turishga harakat qiladilar, chunki bunda likvidlik va yuqori daromadlilik ko‘rinishdagi qarama-qarshilik sharoitida optimal qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 2-noyabrdagi «Tijorat banklari likvidligini tartibga solish bo‘yicha qo‘yilgan talablar to‘g‘risida»gi 421-sonli tartibda likvidlik normativlari berilgan (joriy, lahzalik va uzoq muddatli likvidlik). Mazkur ko‘rsatkichlar tizimidan likvidilik normativining joriy likvidlik ko‘rsatkichini o‘tgan oxirgi besh yil davr mobaynida mamlakatimizning yirik va kichik tijorat banklari misolida ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasida joriy likvidlik ko‘rsatkichining minimal miqdori 30 % miqdorida belgilangan. Joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblashda tijorat banklarning oxirgi 5 yil, ya’ni 2008–2012-yillar mobaynidagi yillik balanslaridan foydalaniladi. Mazkur koeffitsiyentni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining metodikasi, shuningdek, jalb qilingan mablag‘lar va aktivlarning muddati va miqdori bo‘yicha tarkibiy ma’lumotlari asos qilib olindi. Shuningdek, hisoblangan ma’lumotlar asosida joriy likvidlik koeffitsiyentining 2008-2012 yillar mobaynida dinamikasi o‘rganib chiqildi. Joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanildi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadigan likvidli aktivlar, yaqin 30 kun muddatga milliy va chet el valutasida berilgan kreditlar (hech bo‘lmaganda bir marta prolongatsiya qilingan ssudalar bundan mustasno), shuningdek, bank foydasiga bo‘lgan yaqin 30 kun ichida amalga oshiriladigan to‘lovlar; 2) Talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadi, bunda boshqa kredit tashkilotlaridan 30 kun muddatga olingan kreditlar va bank tomonidan 30 kun muddatda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha kafolat va kafilliklarning 50 %ni ham o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar Markaziy bankning metodikasi bo‘yicha va tijorat banklarining balans ma’lumotlari asosida hisoblandi. 2008–2012-yillar mobaynida tijorat banklarining joriy likvidlik koeffitsiyentlari yillar bo‘yicha quyidagicha bo‘lganligi aniqlandi. 4-jadval Tijorat banklarining 2008–2012-yillar mobaynida joriy likvidlik koeffiitsiyent
Demak, 2008-2012 yillarda OATB «O‘zsanoatqo‘rilishbank»ning joriy likvidlik koeffitsiyenti mos ravishda 58,5 %, 83,5 %, 85,7 %, 54,3 %ni va O‘zR DT Xalq bankining joriy likvidilk o‘rtacha koeffitsiyenti mos ravishda 72,4 %, 68,4 %, 95 %, 75,6 % va 86,9 %ni tashkil qilgan. Mazkur koeffitsiyentning optimal belgilangan miqdori 30 %ni tashkil qiladi. Mazkur tijorat banklarida joriy likvidlik koeffitsiyentining belgilangan me’yorga nisbatan 2008–2012-yillar mobaynida o‘zgarishini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi holatni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Mazkur jadval ma’lumotlariga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgan banklarning joriy likvidlik koeffitsiyentlari belgilangan me’yordan (joriy dikvidlik koeffitsiyentining optimal belgilangan me’yori 30 %) bir necha barobar oshib ketgan. Jumladan, OATB «O‘zsanoatqurilishbanki»da 2008-yilda joriy likvidlik koeffitsiyenti 1,95 martaga, 2009-yilda 2,8 martaga, 2010-yilda 2,9 martaga, 2011-yilda 2,7 martaga va 2012-yilda 1,8 martaga oshgan. Download 246.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling