Bank ishi va auditi
Aksiyadorlik tijorat Agrobank Jizzax viloyati Paxtakor filiali faoliyatining samaradorligini baholaydigan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy holati tahlili
Download 386.12 Kb.
|
Bayzakov Yusuf
3 Aksiyadorlik tijorat Agrobank Jizzax viloyati Paxtakor filiali faoliyatining samaradorligini baholaydigan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy holati tahliliBozor munosabatlari kengaya borgan sari tijorat banklari ham chakana operatsiyalarni rivojlantirish, mijozlarga taqdim etadigan xizmatlar turlarini ko’ipaytirish orqali o’iz faoliyatini diversifikatsiya qila bordilar. Chunki banklar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari yangi bank mahsulotlari paydo bo’ilishining asosiy omili, binobarin, bank xizmatlari bozori rivojlanishiga sharoit yaratishi tushunib yetilgan edi. Jumladan, mijozlarga xizmat ko’irsatish tarmog’i 2018 yil 1 dekabr holatiga Agrobankning 197 ta filiali shuningdek, 29 ta mini-bank, 2814 mingta ga yaqin jamg‘arma, maxsus, kommunal va ko‘chma (sayyor) kassalari hamda xalqaro pul o‘tkazmalari va VASH lari aholi va mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda Banklarning faoliyatidagi maqsadlarni belgilash, ularni amalga oshirishning borishini doimiy baholash menejmentning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Rahbarlar bank ishining tashkil etish holati haqida yaxshi xabardor bo’ilganida tavakkalchilik darajasi uning barcha shakllarida eng past darajaga yetadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko’irsatayotgan bank muassasalari kattakichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari, dehqon hamda fermer xo’ijaliklarining ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining 50 o’isishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o’iz xaridoriga ega bo’ilishida, ijtimoiy ob‘ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko’ilamli bunyodkorlik ishlarida qo’ilga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank moliyaviy ko’imagi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Quyida biz Agrobank nimg ba‘zi ko’irsatkichlarini ko’irib, tahlil qilib chiqamiz. Jadval ma‘lumotlaridan ko’irinib turibdiki, Agrobankning balans hisobotlari o’sishi tendensiyasiga ega. Buning asosiy sabablaridan biri esa to’g’ri tanlangan strategiya hamda yangi innovatsion xizmat turlarini bank tomonidan mijozlarga taklif qilinayotganligidir. Bankning moliyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy ko’irsatkichlarini o’isishida shu kabi omillarning ahamiyati kattadir. Bankning o’iz marketing xizmatini olib borishi bir necha usullariga ega. Bularning eng birinchisi hamda oddiysi mijozlar bilan olib boriladigan bevosita olib boradigan muloqatidir. Mijozni ham bank ishchisini moddiy tomonidan rag’batlantirilishi bu vazifani hal qilishning asosiy mezonlaridan biridir. Jadval ma‘lumotlari shuni ko’irsatadiki, bankning asosiy ko’irsatkichlaridan hisoblangan umumiy kapitali 2018 yilga kelib 1 695,5 mlrd so‘mni tashkil etib, uning tarkibidagi ustav kapitali esa 1 540,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko’irsatkichlar shuni ko’irsatadiki, bank yildan yilga o’isish dinamikasini saqlab qolayapdi. Buning asosiy sabablaridan biri esa bank tomonidan mijozlarga ko’irsatilayotgan sifatli xizmatlar hamda yangi innovatsion mahsulotlarni yaratilishidir. Agrobank ning mamlakat iqtisodiyotidagi salohiyatini oshirish borasida strategik faoliyati: iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni moliyaviy qo’illabquvvatlashni davom ettirish; investitsion harakterga ega bo’ilgan kreditlari hajmini yanada oshirib borish; iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarni, kichik biznes va tadbirkorlik sub‘ektlarini moliyaviy qo’illab-quvvatlash bo’iyicha to’iplangan tajribani yanada mustahkamlash, yosh oilalar, qishloq xududlarida servis sohasini rivojlantirishni kreditlashga alohida e‘tibor qaratish; bankning universal faoliyatini rivojlantirib borish, chakana xizmatlar ko’ilamini oshirish. bank mijozlariga bank xizmatlarining to’iliq spektrini taqdim etish, yangi bank xizmatlarini joriy etish; korporativ mijozlarga xizmat ko’irsatish bilan birgalikda chakana bank xizmatlarini ham rivojlantirib borish; chakana bank xizmatlariga axborot texnologiyalarni joriy qilib borish; aholidan kommunal to’ilovlarni yig’ish bo’iyicha erishilgan natijalarni mustahkamlash, kommunal tashkilotlar bilan elektron axborotlarni bevosita almashuvini tashkil qilish; xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish. chet el banklari va xalqaro moliya institutlari bilan yangi aloqalar bog’lash, mavjudlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va ularni loyihalarni moliyalashtirishga keng jalb etish, chet el banklari va milliy ishlab chiqaruvchilar o’irtasida vositachilik qilish; uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berishda chet el kredit liniyalarini jalb etish; jahonda zamonaviy bank amaliyotida qo’illaniladigan bank xizmatlarini o’irganib borish va bank faoliyatiga moslashtirgan holda joriy etish; kadrlar siyosatining ustuvorliklari; xodimlarni doimo malakasini oshirib borish, chet tili va zamonaviy dasturiy ta‘minotni o’rgatib borish; mehnat staji katta tajribali xodimlar, rahbarlar va yosh mutahassislar o’rtasidagi bog’liqlikni kuchaytirish orqali, bank tizimida to’plangan tajribalarning keyingi avlod xodimlarida ham saqlanib va rivojlanib borishini ta‘minlash; kadrlarga bo’lgan talabni oldindan o’irgangan holda oliy o’iquv yurtlaridan muvaffaqiyatli bitiruvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va birinchi navbatda ular bilan filiallarni ta‘minlash; Agrobank missiyasi — o’z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko’irsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Mijozlarga keng ko’lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodiini ko’tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko’maklashishga intiladi. O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Agrobank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo’ilish, yangiliklarni qo’illash, yangi g’oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat‘iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir. Investitsiya dasturi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonida banklarning moliyaviy ko’imagi katta bo’lmoqda. Bank ham bu borada yetarlicha sarmoya yo’naltirib, ishlab chiqarish jarayonining kengayishi, korxonalar faoliyatining yuksalishiga qo’ishayotgan hissasi yil sayin ortmoqda. Bankning kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida, bankning umumiy kapitalini yetarlicha shakllantirish uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash 2019 yilda ham bankning eng muhim vazifalaridan bo’ilib qoldi. Agrobank mamlakatimizning yetakchi banklaridan biri sifatida yirik investitsiya loyihalarini moliyalash imkoniyatiga ega. Yuqoridagi ma‘lumotlarga ko‘ra AT Agrobankning umumiy iqtisodiy hamda moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘tgan davrga nisbatan oshganligini ko‘rishimiz mumkin. 2019 yilda bank faoliyatida investitsion loyihalarni tanlash, tahlil qilish, ularni milliy va xorijiy valyutada kreditlash ishlari yanada rivojlandi. Lizing amaliyotlari bo’iyicha 2018 yilda 152 ta xo’ijalik sub‘ektlariga ko’irsatilgan lizing xizmatlari natijasida 625 tadan ortiq yangi ish o’irinlari yaratildi. Ayollar tadbirkorligini qo’illab-quvvatlashga ajratilgan kredit mablag’lari o’itgan yilning mos davriga nisbatan 134,1 foizni tashkil etdi. 1-rasm. Agrobankining 2020 yil 1 iyul holatiga ko’rsa asosiy ko’rsatkichlari tog’risidagi statistic ma’lumotlar (mln.so’m) Download 386.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling