Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Xadjabekova Malika mavzu: “Bank asosiy vositalarining mazmuni, turlari va ularni hisobga olish.” mavzusidagi kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023


Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblashish jadvali


Download 219.5 Kb.
bet6/11
Sana03.12.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1800253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3tayyor

Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblashish jadvali

Iillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi

Jamg‘arilgan amortizatsiya

Koldiq qiymati

1-yil

5000000

960000

960000

4040000

2-yil

5000000

960000

1920000

3080000

3-yil

5000000

960000

2880000

2120000

4-yil

5000000

960000

3840000

1160000

5-yil

5000000

960000

4800000

200000

Mazkur holatda binoning yong’indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak.
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. Yana shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi.
Хo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o’tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital kiritmalar;
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash.
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish yig’imi, davlat bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va yig’imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug’urta qilish bo’yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to’lanadigan haq; asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to’lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi. Agar xo’jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar obyektning ishga tushirilishi xo’jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan bo’lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’xtatiladi, asosiy vositalar obyekti foydalanishga berilgandan keyin o’tkazilgan foizli xarajatlar esa xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi.
Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning boshlang’ich qiymati shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan.
Asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab ularning boshlang’ich qiymatini tan olish




Asosiy vositalariing kelib tushish manbai

Boshlang’nch kiymatni baxolash uchun asos

1

Тekin (sovg’a qilish shartnomasi buyicha)

Joriy kiymat, to’langan va qoplanib berilmaydigan soliqlar (yigimlar) xamda aktivni yetkazib kelib, montaj kilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha xarajatlar va uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan har qanday boshqa xarajatlarni hisobga olgan xolda

2

Тayyor maxsulotlar tarkibidan o’tkazish

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Malkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli qarori bilan tasdiqlangan **Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofik aniqlanadigan ishlab chnkarish tannarxi

3

Тovar-moddiy zaxiralari (tayyor maxsulotlardan tashqari) tarkibidan o’tkazish

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirliga tomonidan 1998 yil 27 avgustdagi 44 son bilan tasdiqlangan va O’zbeknston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 avgustda 486 raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 4son BHMS "Тovar-moddiy zaxiralar"ga muvofiq aniqlanadngan balans kiymati

4

Qonun xujjatlarida belgnlangan tartibda ayirboshlash bo’yicha olish

Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalar obyektinnng qoldik kiymati

5

Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qo’shimcha pul to’lash yuli bilan ayirboshlash bo’yicha olish

Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalarning obyektini qoldik kiymatini ayirboshlash paytida berilgan (olingan) pul mablaglari yoki uning ekvivalentlariga ko’paygan (kamaygan) summasi

6

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni pulsiz vositalar bilan bajarish (to’lash)ni nazarda tutadigan shartmomalar buyicha olish

Korxona tomonidan bsrilgan yoki berilishi lozim bo’lgan boyliklar qiymatn yoxud shunga o’xshash asosiy vositalar obyektini tesh holatlarda sotib olinadigan qiymati

Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning boshlang’ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi. Ushbu muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilish jarayonini misollarda ko’rib o’tamiz.


Misol. "Sitroniks" AJ 2006 yil 10 martda italiyalik xorijiy sherik bilan umumiy qiymati 2500000 yevro bo’lgan to’qimachilik uskunasini sotib olish bo’yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, sotib oluvchi uskuna qiymatining 50 foizni yetkazib beruvchining akkreditiv hisob varag’iga oldindan o’tkazishi kerak. AJ 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchining bankida akkreditiv hisob varag’ini ochdi. Akkreditiv hisobvarag’i ochilgan sanada yevroning O’zbekist’on Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan belgilangan kursi bo’yicha (keyinchalik so’mga nisbatan 1 yevroning kursi deb yuritiladi) 1 yevro 1440 so’mni tashkil etdi. Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan bog’liq xarajatlar o’tkaziladigan valuta summasining 0,2 foizini, akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi o’tkazilgan summaning 1,2 foizini, kontraktni tayyorlash uchun yuridik firma 200 yevroni, kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq garflar kontrakt summasining 0,05 foizini tashkil etdi. Bunlan tashqari, milliy valutani yevroga konvertatsiya qilishda konvertatsiya qilingan chet el valutasi summasining 0,2 foiz miqdorida komission haq to’landi. 2006 yil 18 martda uskuna k o’llandi. Uskunani tashish (transportda tashish, jo’natish, ortishtushirish ishlari, yetkazib berish) da xavfsizlikni taminlash, fransport uchun to’lov va boshqalar bo’yicha sarflar 250.000 yevroni tashkil etdi. 2006 yil 25 martda invoysda ko’rsatilgan qiymatdan 5 foizni tashkil etadigan bojxona to’loviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi. Yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan o’rnatilgan yevro kursi 1 yevro uchun 1470 so’mni tashkil etli. Хorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan uskunani o’rnatish. Montaj qilish, sinash va ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarflar 100000 yevroni tashkil etdi. Bu xususda ular 2006 yil 10 aprelda hisob-kitob taqdim etishdi (bu sanada kurs bo’yicha 1 yevro 1472 so’mni tashkil etdi). Uskuna 2006 yil 1 2 aprelda ishga tushiriddi.
Ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar "Sitroniks" AJ buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchi bankida akkreditiv hisob varag’ini ochishni aks ettirish: Dt 25510 - «Akkreditivlar" - 1800000 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 1800000 m.so’m. 1800000 m.so’m = (1 250000 yevro x 1440 so’m 1800000 m.so’m);
Sotib olingan asosiy vositalarning to’lovi bilan bog’liq sarflar summasiga: Dt 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" - 34200 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 34200 m.so’m. (23750 yevro x 1440 so’m = 34200 m. so’m).
Sarflar summasining hisob-kitobi quyidagi ko’rinishga ega:

Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan bogliq xarajatlar

1250000 yevro x 02 foiz yevro;

Akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi

1250000 yevro x 1,2 foiz - 15000 yevro;

Kotraktni tayyorlash uchun to’lov

200 yevro;

Kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va yopish bo’yicha sarflar

2500000 yevro x 0,05 foiz - 1250 yevro;

Chet el valutasining konvertatsiyasi bo’yicha xarajatlar

2500000 yevro x 0,5 foiz - 5000 yevro;

Jami

23750 yevro.

2006 iil 18 mart buxgalteriya o’tkazish talab etilmaydi; 2006 yil 25 martda


a) uskuna xarid qiymati summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" - 3675000 m.so’m; Kt 6010 -"Yetkazib beruvchi va vositachilarga to’lov hisobi" schyoti - 3675 000 m. so’m. 2500 000 yevro x 1470 so’m = 3675 000 m. so’m;
b) uskunani tashish bo’yicha sarflar summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" - 367 500 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 367500 m. so’m. (250 000 yevro x 1470 = 367 500 m.so’m).
c) uskuna bo’yicha bojxona to’lovlari summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 183750 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 183750 m.so’m (2500 000 yevro x 5 foiz - 125000 yevro x 1470 so’m =183750 m. so’m)
2006 yil 10 aprel o’rnatish, montaj qilish, sinov va ishga tushirish-sozlash ishlari xarajati summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 147 200 m.so’m, Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 147 200 m.so’m. (100 000 yevro x 1472 so’m = 147200 m.so’m).
2006 yil 2 aprel uskunani foydalanishga topshirishni aks ettirish: Dt 0130 - "Mashina va uskunalar” - 4373 450 m.so’m, Kt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti - 4373 450 m.so’m.
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati bo’lib, korxona ta’sischilari tomonidan kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo’lsa. Masalan, "Хususiy korxona to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq, mulkdor xususiy korxon^ning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.

Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling