Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Xadjabekova Malika mavzu: “Bank asosiy vositalarining mazmuni, turlari va ularni hisobga olish.” mavzusidagi kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023


Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi


Download 319.12 Kb.
bet8/11
Sana19.06.2023
Hajmi319.12 Kb.
#1621532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3tayyor

Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi
Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Joriy tamir — asosiy vositalar obyektini ishchi holatida ushlab turish maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. O’rta ta’mirda tamirlanadigan agregatni qisman ajratib yig’ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to’liq ajratib yig’ish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig’ish, sozlash va sinash amalga oshiriladigan tamirlashdir.
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo’lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga, mamuriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan asosiy vositalar obyektlari bo’yicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib borilali.
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo’jalik yurituvchi subyektlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zaxiraini tashkil etishlari mumkin. Mazkur zaxira bo’yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obyektini kapital ta’mirlanishdan o’tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo’yicha ajratmalar meyori har bir hisobot davri oxirida qayta ko’rib chiqiladi va zarur hollarda yangi moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablag’lar summasi mazkur obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlardan oshib ketsa, ortiqcha summa tuzatib qo’yilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag’lar summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks ettiriladi.
Zaxiralarni hisoblash bo’yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Zaxira qilingan mablag’lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat va to’lovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari" schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi.
U yoki bu zaxira bo’yicha summalarni tashkil etilishi va undan foydalanishning to’g’riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o’xshaganlarning malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritiladi.
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga berilganda; ta’sis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoqmuddatli ijara shartnomasi bo’yicha berilganda; kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanganda; qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida hisobdan chiqariladi.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo’lgan bir necha mustaqil obyektlar bo’lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir obyektning almashtirilishi alohida inventar obyektining chiqib ketishi yoki xarid qilinishi sifatida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang’ich qiymati va to’plangan amortizatsiyasi obyektning tugatilgan qismiga tegishli boshlang’ich qiymati va to’plangan amortizatsiya summasiga mos holda kamaytiriladi.
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq egri soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo’shimcha baholash summasining qoldig’i, ya’ni avvalgi qo’shimcha baholash summalarining asosiy vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti bo’yicha zaxira kapitali kamayadi.
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari bo’yicha esa besh yilda bir marta o’tkaziladi.
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq belgilangan tartibda o’tkaziladi.5 Korxonalarda mulklarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.6

Download 319.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling