Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja


) Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi


Download 37.48 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi37.48 Kb.
#1051722
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AUDIT (2)

) Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi.  
Bank kreditlarini jalb qilish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishning qo’shimcha manbalaridan hisoblanadi.
Korxonalar bilan bank o’rtasidagi kredit munosabatlari tomonlarning o’zaro majburiyatlari va 
ma’suliyatlarini belgilaydigan, kredit shartnomalariga asosan tartibga solinadi.
Тekshiruv chog’ida auditor kredit shartnomalarining haqiqatda mavjudligini, ularning 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga 
javob berishini aniqlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq kredit shartnomalari kredit 
munosabatlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan banklar yoki boshqa kredit 
tashkilotlari bilan tuziladi.
Auditor shartnomalarni tahlil qilib, ularda quyidagi masalalar o’z aksini topganligini aniqlaydi: 
*
 
 kredit berishning maqsadi; 

223



*
 
kredit muddatlari; 
*
 
kreditni berish va qaytarish tartibi hamda shartlari; 
*
 
majburiyatlarni ta’minlash shartlari; 
*
 
foiz stavkalari, foizlarni to’lash tartibi va muddatlari; 
*
 
kreditni berish va qaytarish bo’yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va 
ma’suliyatlari; 
*
 
bankka taqdim qilinadigan hujjatlar ro’yxati va taqdim qilish muddatlari; 
*
 
boshqa shartlar.  
Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul 
mablag’lari ko’rinishida, veksel berish yo’li bilan, o’zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak. 
Kreditlarni qaytarishning to’liqligi va o’z vaqtidaligini auditor bank ko’chirmalari bo’yicha 
tekshiradi.
7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo’yicha uzoq muddatli kreditlarning 
qaytarilishigacha 12 oy to’lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz 
tarkibida ko’rsatiladi.
Auditor kreditlar bo’yicha muddati o’tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o’z vaqtida 
qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko’rilayotganligini aniqlaydi. 
Bunda bank ssudalari bo’yicha muddati o’tib ketgan qarzlar mavjud bo’lganida kreditlar uchun foiz 
stavkalarining qanday ko’tarilib borganini aniqlashi zarur. CHunki bu korxona daromadlariga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» 
schyotlari bo’yicha 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» bilan 
boglangan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishini 
tekshiradi.
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta o’zaytirilganligini 
uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o’z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va 
ko’rilgan zararlarning hajmi to’g’risida fikr bildirishi lozim.
Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga ham e’tibor qaratishi zarur. 
Kafillik, kafolat xati, qimmatli qog’ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo’yish kredit 
ta’minotining asosiy turlaridir. SHulardan garov to’g’risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda 
quyidagilarni tekshirish zarur: garov to’g’risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki 
tuzilmaganligi, unda garovga qo’yilgan mulklarning qanchalik aniq ko’rsatilganligi va hokazo.
Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valyuta schyotidan pul o’tkazish, hamda qimmatli qog’ozlarni 
berish yo’li bilan qaytarilishi mumkin.
Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining qanday schyotlarda aks 
ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan 
qoplanganligini tekshiradi.
Foizlar to’lanishini tekshirishda ular tannarxga qo’shilganligini aniqlash zarur. Umuman olganda 
bu moliyaviy natijani buzib ko’rsatmaydi, lekin uslubiyotdan chetga chiqishga olib kelishi mumkin. 
Bu o’z navbatida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot(2-shakl)da aks ettirilgan, foida tarkibi 
shakllanishini, 
bunday 
summalar 
katta 
bo’lganida esa «Тo’langan foizlar» moddasi 
ko’rsatkichlarining buzib ko’rsatilishiga olib keladi. Qoidabuzarliklarning bunday turini aniqlash va 
yetarli darajada auditorlik dalillariga ega bo’lish uchun hujjatlarni tekshirish va kredit uchun foiz 
summalarining arifmetik hisob-kitobi kabi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Тekshiruvda 
axborot manbalari sifatida kredit shartnomalari, analitik hisob registrlari va hisob-kitoblar hamda 
foizlarni aks ettirish bo’yicha buxgalteriya ma’lumotnomalaridan foydalanish zarur.
Korxonalar amaliyotida qarz mablag’lar hisobidan sotib olingan mulklarni baholashda xatolarga 
yo’l qo’yish hollari uchrab turadi.
Auditor tomonidan aniqlangan, baholash tamoillarining buzilish hollari uzoq muddatli 
aktivlar(asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va shunga o’xshashlar)ni sotib olish qiymatiga, kapital 
mablag’ bilan ta’minlashga olingan kreditlar uchun foizlar, ushbu ob’ektlar balansga qabul 
qilinganidan so’ng qo’shilgan hollarda yuzaga keladi.
Me’yoriy hujjatlarda kapital xarajatlarni amalga oshirishda kreditlarning foiz to’lovlarini 
ob’ektlarning boshlang’ich qiymatiga qo’shishga, ular balansga qabul qilinishiga qadar amalga 

224

oshirishga ruxsat etilgan. Ob’ektlar balansga qabul qilinganidan so’ng to’langan kredit uchun foizlar 
dastlabki qiymatga qo’shilmaydi, balki moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Kredit va qarzlarni tekshirish doirasidagi byudjet bilan hisob-kitoblar tekshiruvi bilan 
kesishadigan amallar bo’yicha kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlashga foyda solig’i bo’yicha 
imtiyoz summalari asoslanadi.
Agar asosiy vositalar kredit hisobidan sotib olingan bo’lsa, auditor korxonaning mazkur 
imtiyozlardan foydalanganligini tekshirishi lozim. Bunda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlanishi 
mumkin: 
*

imtiyozning bankdan tashqari olingan kreditlar uchun qo’llanilganligi; 


*

hisoblangan, ammo hisobot davrida to’lanmagan foiz to’lovlari ham imtiyozga kiritilganligi. 


Soliq qonunchiligiga muvofiq foyda solig’i bo’yicha imtiyoz summasini hisoblashda faqat haqiqatda 
qilingan xarajatlar va chiqimlar hisobga olinishi mumkin. Kapital xarajatlarni mablag’ bilan 
ta’minlash maqsadida olingan va ishlatilgan bank kreditlarini qaytarish uchun imtiyoz, kapital 
xarajatlarga yo’naltirilgan summalar doirasida, ya’ni imtiyoz summalarini hisoblash uchun faqat 
haqiqatda bankka to’langan foizlar doirasida beriladi; 
*

foizlar oldindan kapital xarajatlar tarkibida hisobga olinib qo’yilganda, qayta qo’shilishi; 


*

nomoddiy aktivlar yoki qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun sarflangan kredit mablag’lari 


uchun foizlarning imtiyozga qo’shilishi. Soliq qonunchiligiga muvofiq nomoddiy aktivlarni sotib 
olish yoki yaratish bilan bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan kapital xarajatlarni 
mablag’ bilan ta’minlash uchun imtiyoz berishda hisobga olinmaydi.
Foizlarni aks ettirishda yo’l qo’yilgan xatolar moliyaviy natijalar shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Auditor korxonaning o’z mablag’ manbalarining hisobiga hisobdan o’chirilgan quyidagi dalillarni 
aniqlashi lozim: 
*

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkalari pasaygan holda, kredit uchun 


foizlarning undan oshgan qismi (agar shartnomada foizlar o’zgarishi ko’zda tutilmagan bo’lsa); 
*

joriy faoliyat uchun olingan kreditlar bo’yicha uchta punktga oshirilgan, hisob stavkasidan 


oshgan foizlar, hamda valyuta kreditlari bo’yicha belgilangan stavkalardan oshgan foizlar; 

SHunday qilib, kredit shartnomalarini tekshirish chog’ida auditor quyidagilarga e’tibor 


qaratishi lozim: 

kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining hajmi; 


kreditlar bo’yicha foizlar stavkasining O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki qaytadan 


mablag’ bilan ta’minlash (remoliyalashtirish) stavkasiga nisbati; 

kredit shartnomalari bo’yicha foizlar stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 


qaytadan mablag’ bilan ta’minlash stavkalarining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgartirish ko’zda 
tutilganligi. Bu «Хarajatlar tarkibi … to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki kreditlari bo’yicha yangidan o’rnatilgan stavkalar yangidan tuzilgan va muddati 
o’zaytirilgan shartnomalarga, hamda hisob stavkalarining o’zgarishi ko’zda tutilgan, oldin tuzilgan 
shartnomalarga ham qo’llaniladi. Mazkur qoida kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash uchun 
olingan kreditlarga qo’llanilmaydi.
Korxonalar amaliyotida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasini kredit 
shartnomasida begilangan foiz stavkalaridan pasaytirganida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
Bankining yangidan belgilangan stavkasidan oshgan qismini, ko’rsatilgan foizlarni o’z manbalari 
hisobiga hisobdan o’chirib, o’z manbalari hisobiga olib borish hollari uchraydi. Bunda korxona o’z 
faoliyati natijalarini shakllantirish tamoillarini buzadi.
Хorijiy valyutada olingan kreditlarga doir muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 
milliy valyutadagi ya’ni so’mda olingan kreditlarni aks ettirishga o’xshash. Ammo bunday kreditlarni 
tekshirish chog’ida auditor ularning olinish xususiyatlarini hisobga olishi lozim. CHunki, ular valyuta 
muomalalari qatoriga kiritilib, xususan, norezidentlardan jalb qilingan kreditlar ko’rinishida olingan 
valyuta mablag’lari kirimi majburiy sotilmaydi. Bunda valyutada olingan kreditlar bo’yicha kurs 
tafovutlarini aniqlash va aks ettirishning to’g’riligini tekshirish zarur.

Kurs tafovutlarini hisoblash «CHet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni 



Download 37.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling