Bank plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblar hisobi


Valyuta ayirboshlash shaxobchalaridani naqd pullarning hisobini yuritish


Download 105.72 Kb.
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi105.72 Kb.
#1354663
1   2   3   4   5
Bog'liq
bank kartochkalar bilan hisob kitoblar

6. Valyuta ayirboshlash shaxobchalaridani naqd pullarning hisobini yuritish.


Pul almashtirish shoxobchalari har kuni ertalab operasiyalarni boshlashdan avval yetarli miqdorda naqd pulga ega bo‘lishlari lozim. Buning uchun bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinadi. Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinganda, madad puli shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi shart.
Bank 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad pulini jo‘natganda, har bir valuta bo‘yicha alohida, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qiladi:
Debet 10109 vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”
Kredit 10101vvv – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Qabul qilingan madad puli 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriyasi o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 10103vvv – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 10109vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to’lov hujjatlari”
Bankning bosh buxgalteri bank amaliyot kuni oxirida o‘zlarining pul almashtirish shoxobchalarining «09009» ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan “Debet” va “Kredit” aylanmalari umumiy summasiga quyidagilarni amalga oshiradi:
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valuta sotib olish uchun sarflangan naqd pulning umumiy summasiga:
Debet 17101000 – “Valuta pozisiyasi hisobvaraqlari”
Kredit 10103000 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valutani sotishdan tushgan so’mdagi naqd pulning yukxatda ko‘rsatilgan alohida har bir xorijiy valutadagi umumiy summasiga:
Debet 10103000 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 17101000 – “Valuta pozisiyasi hisobvaraqlari”
Download 105.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling