Bank plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblar hisobi


Kirim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati


Download 105.77 Kb.
bet2/5
Sana25.12.2022
Hajmi105.77 Kb.
#1066285
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bank plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblar hisobi

Kirim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati.


Barcha korxona va tashkilotlar pul mablag‘larini o‘zlari tanlagan banklaridagi tegishli hisobvaraqlarida shartnoma asosida saqlaydilar, ya’ni bankka topshirilgan naqd pul bank kassasiga kirim qilinadi, topshirilgan pul summasi korxona hisobvarag‘iga yoziladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aholidan naqd pulning qabul qilinishi majburiy ravishda nazorat kassa apparatlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Naqd pullarning to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi bankning pul muomalasi bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.


Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi.
Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat - bu badalnoma, ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning o‘zi 3 qismdan iborat:

  1. Badalnomaning o‘zi.

  2. Order.

  3. Kvitansiya.

Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi shart. Ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqasi nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to‘liq ko‘rsatilishi va imzo qo‘yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan
badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uni uchala qismining bir xil, to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o‘tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o‘z imzosini qo‘yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo‘yicha quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda bank kassasi bilan birga pul topshirgan korxona hisobvarag‘ida ham topshirgan summada mablag‘ ortadi.
Debet 10101 – Bankning aylanma kassasidagi naqd pullar
Kredit 20200 – Mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari Agar pul topshiruvchi korxona xususiy korxona bo‘lsa, u holda quyidagi
buxgalteriya provodkasi bajariladi.
Debet 10101 –
Kredit 20208 –
Bu buxgalteriya yozuvlaridan shuni ko‘rish mumkinki, bir tomondan bank kassasi, ikkinchi tomondan korxona depozit hisobvarag‘i ko‘payyapti, bu hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, shuning uchun bank balansining har ikkala ham aktiv, ham passiv tomoni bir xil summaga ortadi.
Mijozlarga bank tomonidan kreditlar naqd pulda berilgan bo‘lsa ular albatta naqd pul ko‘rinishida qaytarilishi kerak. Mijozlar tomonidan olingan kredit grafik asosida belgilangan muddatlarda naqd pul topshirish orqali qaytariladi. Agar kreditni qaytarish uchun naqd pullar bankka topshirilsa, bu operatsiya quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi asosida bajariladi.


Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit – “Mijozlarning kredit bo‘yicha tegishli hisobvarag‘i”

Agar olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi naqd pulda amalga oshirilgan bo‘lsa:


Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 16309 – “Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar”

Umumiy qilib, kassaning kirim opertsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:





Download 105.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling