Bank sohasi: xalq bank


Download 85.06 Kb.
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi85.06 Kb.
#1016210
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BANK SOHASI



BANK SOHASI: XALQ BANK

Mundarija:
Kirish……………………………………….…………..……... 2
1.1. Banklarning mohiyati va asosiy funksiyalari..….………….…. 4
1.2. Xalq banki haqida.…………….......………………………..…. 6
1.3. Bank mahsulotlari va xizmatlari ……………………………… 9
Xulosa……………………………………………………...…. 13
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………….... 15

KIRISH

Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismidir. Tovar pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.


O’zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo’lish, xo’jaliklar va aholining bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni taʼminlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini taʼminlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlari hamda bank tizimi barqarorligini taʼminlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlatirishga erishish va banklar o’rtasida raqobat bo’lishini taʼminlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taʼminlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasida banklar faoliyati, jumladan ularning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyati O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to'g'risidagi hamda 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risidagi Qonunlariga asosan tashkil etiladi va tartibga solinadi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, bank - bu tijorat tashkiloti bo'lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qilish, olingan mablag'lardan o'z qaltisligi va xatari ostida kreditlash yoki investitsiyalash, shuningdek, to'lovlarni am alga oshirish uchun foydalanadigan yuridik shaxsdir. Dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlaridagi kabi, bizning davlatimizda ham ikki pog'onali bank tizimi shakllantirilgan va u faoliyat ko'rsatib kelmoqda, Respublikamizning bank tizimida faoliyat ko'rsatayotgan boshqa tijorat banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi, hukumatning «bankchisi» vazifasini o'taydigan, mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turuvchi va hukumatning qimmatli qog'ozlarbozoridagi rasmiy agenti hamda dileri hisoblangan, banklarning banki bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarib turadi. Tijorat banklari xo'jalik yurituvchi subyektlarga kredit, hisob-kitob yuritish xizmatIarini ko'rsatadi.
Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib borilishi mumkin:
— xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish;
— bank tizimidagi islohotlar umumiqdisodiy islohotlarning o’tkazilishi bilan mos kelishi;
— bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo’li bilan jahon bank tizimiga yaqinlashtirish;
— pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish;
— banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo’yish va boshqalar.


Download 85.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling