Bank tizimi va markaziy bankni maqsadi vazifalari va funksiyalari


Aksiyador tijorat banki filialining tashkiliy tuzilishi


Download 44.89 Kb.
bet9/9
Sana04.01.2023
Hajmi44.89 Kb.
#1078486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BANK TIZIMI VA MARKAZIY BANKNI MAQSADI VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Aksiyador tijorat banki filialining tashkiliy tuzilishi
G`
Yuqorida keltirilgan bankning tashkiliy tuzilishi aksariyat banklar uchun o`xshash bo`lib tijorat banklarining joylanishi o`rni, xizmat ko`rsatadigan mijozlarning faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib ba`zi bir o`zgarishlar bo`lishi mumkin.
4 - ilovada O`zbekiston - Turkiya qo`shma bankining tashkiliy sxemasi keltirilgan bo`lib, xalqaro valyuta - kredit, hisob munosabatlarini keng olib borish xususiyatlarini o`zida kengroq mujassamlashtirgan.
Bank boshqaruv majlisi doimo o`tkaziladi va majlislarda qabul qilinadigan qarorlar berilgan ovoz soniga qarab hal etiladi. Ovozlar tengligida bank boshqaruvchining ovozi hal etuvchi hisoblanadi. Agar, boshqaruv a`zolari yoki boshqaruv raisi boshqaruv qabul qilgan qaroriga norozi bo`lsa, ular o`z fikr va mulohazalarini kengash yoki aksiyadorlar umumiy yig`ilishiga bildirishlari mumkin.
Bu holatda kuzatuv kengash qarori hal etuvchi hisoblanadi va bank boshqaruvi raisi qarori bilan amaliyotga tatbiq etiladi.
Taftish komissiyasi aksionerlarning umumiy yig`ilishi tomonidan saylanadi. Uning tarkibida kuzatuv kengash a`zolari va
bank boshqaruvi a`zolari bo`lishi mumkin emas. Bank boshqaruvi taftish komissiyasiga taftish uchun zarur bo`lgan hujjatlarni taqdim etadi. Taftish natijalari bank boshqaruviga topshiriladi.
Tijorat banki taftish komissiyasining asosiy vazifasi bank xodimlarining o`z amallarini suiste`mol qilishlarining oldini olishga qaratilgan.
Taftish komissiyasi bankning yillik hisoboti va balansiga xulosa qiladi. Taftish komissiyasi bank balansi bo`yicha xulosa chiqarmaguncha u aksionerlarning umumiy yig`ilishi tomonidan tasdiqlanishi mumkin emas.
Tijorat banklarda hisobot O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan qonun - qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ular Markaziy Bankga yoki uning joylardagi boshqarmalariga bankning oylik balansi, choraklik aylanma vedomostini va uning yillik buxgalteriya hisobotini har oyning 1 kunigacha taqdim qilishlari shart. Tijorat banklarining moliyaviy ahvolidan ularning aksiyadorlari va mijozlari xabardor bo`lmog`i lozim. Shu bois tijorat bankining faoliyat natijasi, moliyaviy holati to`g`risida mijozlarga axborot berish maqsadida ularning aksionerlar umumiy yig`ilishida tasdiqlangan yillik balansi, hamda foyda va zararlar to`g`risidagi hisoboti, ularning haqqoniyligi to`g`risidagi auditorlik tashkilotlarining xulosasidan keyin matbuotda e`lon qilinishi lozim.
Tijorat banki kredit - hisob operatsiyalarining tezkorligini ta`minlash maqsadida hududdan uzoqda joylashgan mijozlar uchun bank filial va vakolatxonalarini Markaziy Bank ruxsati bilan tashkil qilinishi mumkin. Banklarning vakolatxonalari bank joylashgan hududdan boshqa hududlarda ochilishi mumkin va ular mustaqil balansga ega bo`lmaydilar. Ular bank operatsiyalarini joylarda to`laqonli bajarilishi uchun zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to`g`risida" gi Qonuni, (1998. 24 dekabr). Xalq so`zi, 1999. 12 yanvar. 7 - son.

  2. O`zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to`g`risida"gi Qonuni, (1998. 30 aprel). Xalq so`zi, 1999 y. 12 yanvar. 7 - son.

  3. O`zbekiston Respublikasining "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni ximoya qilish choralari to`g`risida"gi Qonun. (1998. 30 aprel). Soliq va bojxona xabarlari, 1998 y. 22 - son.

  4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora - tadbirlar to`g`risida"gi Farmoni, (1997. 31 yanvar). Soliq va bojxona xabarlari, 1997 y. 6 - 12 yanvar. 7 - son.

  5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora - tadbirlar to`g`risida"gi Farmoni, Xalq so`zi. 2000 y. 21 mart.

  6. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yish tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi qarori. Toshkent oqshomi. 2001 y. 24 avgust. 99 - son.

  7. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo`jaliklarini mablag` bilan ta`minlash, moddiy - texnik ta`minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko`rsatish bo`yicha qo`shimcha chora - tadbirlar to`g`risida"gi qarori. (2001. 10 sentabr). Mulkdor, 2001 y. 14 - 20 sentabr. 37 - son.

  8. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirishni uchun xorijiy kreditlar berishni tashkil etish masalalari to`g`risida"gi qarori, (1997. 7 fevral), Soliq va bojxona xabarlari, 1997 y. 6 - 12 yanvar. 7 - son.


Download 44.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling