Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida
-modda. Bankning ustavi va ichki nizomlari
Download 116.76 Kb.
|
O bank
14-modda. Bankning ustavi va ichki nizomlari
Bank o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Bank ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: bankning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda elektron pochta manzili; ustav kapitalining miqdori; ustav kapitalini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi; chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining nisbati; sof foydani taqsimlash, shuningdek zararlarning o‘rnini qoplash tartibi; zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi; bank aksiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan ushbu Qonun talablariga muvofiqlikni ta’minlash uchun bank tomonidan so‘rab olinadigan axborotni taqdim etish majburiyatlari; bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarining soni, vakolatlari va vazifalari haqidagi ma’lumotlar; aksiyadorlar (muassislar) o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari; bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari; bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi. Oldingi tahrirga qarang. Bankning ustavida ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. (14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bankning ustavi, unga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Bankning ichki qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan keyingi o‘zgartish hamda qo‘shimchalar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy bankka taqdim etilishi kerak. (14-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Download 116.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling