Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash


Bank kassasiga kirim va chiqim kilinayotgan chet el valyutalarining dastlabki hisobi


Download 471.75 Kb.
bet77/108
Sana03.10.2023
Hajmi471.75 Kb.
#1691173
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108
Bog'liq
MARUZA MATNI.

33.2. Bank kassasiga kirim va chiqim kilinayotgan chet el valyutalarining dastlabki hisobi.
Respublikamizda amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy xujjatlarda valyuta muamalalarini amalga oshirish xukukiga ega bo’lgan banklar o’zlarining mijozlari uchun zarur bo’lgan valyuta kiymatliklariga bo’lgan talab darajasida valyuta zaxiralariga ega bo’lishi zarur.
Valyuta kiymatliklarining zaxiralari xajmini bank muasassasi sodir etiladigan operatsiyalarning muddati va ularning kiymatidan kelib chiqib aniklaydi. Valyuta-kassa xizmati bo’yicha muamalalarini bajarib uchun bank muasassasida operatsion kassalar, kayta sanash kassasi, beriladigan avanslarni tayyorlash kassalari va boshqa kassalar tashkil kilinadi.
Operatsion kassalar ish sharoitlari va vaktni olgan xolda kirimkchiqim kassasi kirim va chiqim kassalariga bo’linishi mumkin. Kuni uzaytiradigan operatsion kassalar bank muasassasi raxbarining bo’yrugi (farmoyishi)ga asosan ochiladi va unda sodir bo’ladigan operatsiyalarning ruyxati va ish tartibi ko’rsatilishi shart.
Almashuv punktlarini ochish va ularning ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasi markaziy bankning "Almashuv punktlari to’g’risida Nizom"gaasosan tashkil etilishi zarur. Kassa xodimlari ish boshlanishidan oldin ish joylarini tayyorlashlari eng avvalo kassalarga o’rnatilgan signalizatsiyalarni tekshirishlari va kassa operatsiyalari bo’yicha amaldagi qonuniy va me’yoriy xujjatlarga o’zgartirish kiritilgan bo’lsa ular bilan tanishishi va o’zlaridagi tegishli me’yoriy va ma’lumot beruvchi materiallarga o’zgartirish kiritishlari zarur.
Valyuta kiymatliklari solingan inkassatorlar sumkasini qabul kilib, mavjud kiymatliklarni sanashdan oldin, inkassator sumkalaridagi toibalarni solishtirish uchun toibirlarning izini tayyorlash zarur. Inkassator sumkalarini toibalashda foydalanilayotgan toibalarning uch nusxadagi izi inkassatsiya xizmati boshligi va kassa mudiri tomonidan ishonchli deb tasdiklanishi va ulardan birini inkassatorlik summasini bankiga olib keluvchi shaxsga, ikkligisini inkassatordan sumkani qabul kiluvchi kassa xodimiga va uchinchi esa valyuta kiymatliklarini sanash uchun qabul kiluvchi kassa xodimiga beriladi.
Inkassator valyuta kiymatliklari solingan sumkani toibalayotgan paytda uzidagi toibir izi bilan solishtirishi zarur va inkassatordan sumkani qabul kilayotgan kassa xodimi ham uzidagi toibir izi bilan sumkadagi toibir uzini solishtirib ko’rishi zarur. Xuddi shunday tadbirni sanash uchun sumkani qabul kilgan kassa xodimi ham bajarishi zarur. Agar boshlangan toibir bilan uni tegishli xodimlardagi izlar o’rtasida fark olinsa unda inkassatsiya boshligi va bank raxbariga xabar kilinadi.
Valyuta kiymatliklarini bankning pul saklash omborlaridan berish kassa mudirining tilxatiga asosan amalga oshiriladi.
Qiymatliklarni qabul qilish va topshirishni hisobga olish kitobida kassa xodimlari olgan kiymatliklar registratsiya kilinishi zarur.
Kassa mudiri kassa chiqim orderlarida kassa xodimlari tomonidan tayyorlangan avanslar, inkassatorlarning sumkalarini topshirish va junatish rasmiylashtiriladi.
Shuningdek kassa mudiri valyuta kiymatliklarini uzatish aktida kuni uzaytirilgan operatsion kassalardagi kassa xodimlariga avans kiymatliklarni berish operatsiyalarini rasmiylashtiriladi.
Kassa xidimlari "Qabul kilingan va berilgan kiymatliklar kitobi"da kassa mudiriga va boshqa kassa xodimlariga bergan valyuta kiymatliklarini hisobga olib borsa, avans vedomostlarida almashuv kassasi xodimlariga berilgan avans summalari rasmiylashtiriladi.
Kuni uzaytirilgan operatsion kassa xodimi kassa mudiri yoki almashuv punkti xodimlariga valyuta kiymatliklarini berganda valyuta kiymatliklarini uzatish akti bilan rasmiylashtiriladi. Valyuta kiymatliklarini uzatish akti kassa xodimlari tomonidan uch nusxada tuziladi va hisobkoperatsiya xodimlariga uzatiladi. Shundan 1 va 2 nusxalari va lyuta kiymatliklarini bergan va uchinchi nusxasi esa kiymatliklarni bergan kishiga beriladi.
Operatsiya kuni mobaynida bank kassalariga kelib tushgan valyuta kiymatliklarni katta sanalishi va belgilangan tartibda pul saklash omborlariga qabul kilinishi va usha ish kuni yok tegishli schyotlariga utkazilishi zarur.
Bank muasassalaridan, almashuv punktlaridan, kuni uzaytirilgan operatsion kassalardan va korxonalardan kelib tushgan valyuta kiymatliklarining summasini kassa kirim orderlarida fakat rakamda ko’rsatish mumkin (xat bilan yozmaslik mumkin).
Avtomatlashgan hisobda kun oxirida barcha operatsiyalar uchun bitta kirim-chiqim yigma orderini tuzish mumkin. Inkassator sumkalarida kelib tushgan valyuta kiymatliklari kayta sanaladi, shuningdek kiymatliklar bank mijozlari tomonidan maxsus ajratilgan nazorat kiluvchi komissiya ishtirokida kayta sanashlari mumkin.
Kassa xodimi operatsion kun tugagandan so’ng kassa kirim va chiqim orderlariga asosan xar bir valyuta turi bo’yicha kunlik kassa oboroti to’g’riligida hisobot ma’lumotnomani to’ldiradi. Ushbu hisobotni uz imzosi bilan tasdiklangandan so’ng uni kassa mudiriga yoki maxsus tayinlangan shaxsga topshiradi.
Ushbu shaxs kassa oboroti to’g’risidagi hisobotni bank bo’yicha umumlashtiriladi xar bir kassir uz hisoboti bilan birgalikda barcha dastlabki xujjatlarni topshiradi. Kassirlar hisobotlarini qabul qilishda uning ma’lumotlari dastlabki xujjatlardagi ma’lumotlar bilan takkoslanadi va ularning imzolari bilan rasmiylashtiriladi. Kassa xujjatlari xar kuni aloxida papkaga yigilib boriladi va u bilan kassa kassa xodimlaridan bir kishi shugullanadi.
Kassa muomalalari xajmi ham bo’lgan bank muasassalarida kunlik kassa xujatlari xar kuni ishlanmasdan bir necha kunini bir marta ishlanilishi mumkin. Lekin ushbu muddat un kundan oshmasligi kerak. Ishlanmagan kunlik kassa xujjatlari aloxida taxlanishi va yonmaydigan shkaflarda saklanishi zarur. Valyuta kiymatliklari bilan amalga oshirilgan kassa xujjatlari bir yil davomida saklanishi mumkin.
Agarda ekspertiza pul belgisini (to’lov xujjatlarini) xakikiy deb topsa, mijozga pul belgisi kaytarib berilishi, vositachilik xaki ushlab kolingan xolda nakd chet el valyutasi summasi yoki uning nakd so’mlardagi ekvivalenti to’lanishi yoxud tegishli summa mijozning valyuta yoki so’mdagi xisobvarag’iga kiritilishi mumkin.

Download 471.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling