Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash


Download 471.75 Kb.
bet17/108
Sana03.10.2023
Hajmi471.75 Kb.
#1691173
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Bog'liq
MARUZA MATNI.

Uzoq muddatli aktivlar:

asosiy vositalar (01), nomoddiy aktivlar (04), kapital qo‘yilmalar (08), moliyaviy qo‘yilmalar (06), o‘rnatiladigan asbob-uskunalar (07).
II. Aylanma aktivlar:
ishlab chiqarish zahiralari (10, 11, 15, 16) tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag‘lari) debitorlar.


Balansning passiv qismi ham 2 bo‘limdan iborat:


I. Bo‘lim. Uz mablag‘larining manbalari: ustav kapitali, zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va x.k.
II. Bo‘lim. Majburiyatlar: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan bunaklar va kreditorlik majburiyatlari.
Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga ko‘rsatiladi. Bunday tartib urnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’ulumotlarni o‘rganish, solishtirish orqali xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini o‘zgarib borish hisobot xulosaga kelish, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Xamda ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Korxonalar balansi hisobot bir shakli sifatida o‘rnatilgan tartib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Solik inspeksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o‘lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.
Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo‘lib, moddalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalarning nechtasida ko‘rsatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat mikyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati o‘rganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona hisobot ma’lumotga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.
Balans ikkala qismi jami summalari teng bo‘lishi shart Bu tenglik aktivda xo‘jalik mablag‘lari passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi
Balans so‘zi tenglik tarozuning ikki pallasi degan ma’nolarni bildiradi. Shunday qilib, banklarda yuqоrida keltirilgan hisоbvaraqlarni o‘z ichiga оlgan balans tuziladi, bank bоshqaruvchisi va bоsh buxgalter unga imzоqo‘yishlari lоzim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan bo‘lib hisоblanadi.

Download 471.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling