Banklarda chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati


Download 181.61 Kb.
bet1/4
Sana18.10.2023
Hajmi181.61 Kb.
#1709289
  1   2   3   4
Bog'liq
Banklarda chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati


Banklarda chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati
Reja
Kirish

  1. Banklarda chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati

  2. Kassa ishlarini tashkil etish va hujjatlarni saqlash

  3. Pul hisob-kitob hujjatlari va banklarda ish jarayononi tashkil etish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Gap shundaki, hozirgi davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib turlicha bo‘lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga kiruvchi chet el banklari o‘z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu operatsiyalarning va xizmatlarning barchasi bir vaqt va bir joyda paydo bo‘lmaganligi sababli ham bank ishining “boshlang‘ich” nuqtasini aniqlash aniq tadqiqotlar olib borishni va ular asosida ma’lum bir fikrlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Banklarning paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha ba’zi bir fikrlar to‘g‘risida siz tushunchaga egasiz.


Banklar faoliyatining eng “qadimgi” operatsiyalari bo‘lib, pullarni saqlab berish bo‘yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan ma’lum obro‘ga va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari (masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida o‘ziga xos bank muassasalari bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan o‘sha qadimgi davrlardan boshlab, ayrim hollarda qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan. Banklarning kelib chiqishiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, banklarning paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich zamini birinchidan, pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan, pul mablag‘larini almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Pul ayrboshlash bo‘yicha ehtiyoj alohida paydo bo‘lgan. Bunda Evropani yorqin misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda tangalarning yagona tizimi mavjud bo‘lmagan. Savdo turli mamlakatlar, shaharlar, hatto alohida shaxslarning tangalari orqali olib borilgan. Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega edilar. SHuning uchun tangalar bilan shug‘ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora oladigan mutaxassislar o‘z ayirboshlash stollari bilan qizg‘in savdo ketayotgan joylarga joylashishgan. SHu bois, “bank” so‘zi italyancha “banco” - ayirboshlovchining oldidagi stol degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bunga o‘xshash operatsiyalar bundan ancha avvalgi davrlarda qadimgi Gretsiya, Rim, SHarqda amalga oshirilar edi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish talablariga javob bera oladigan hisob tizimini yaratish muhim o’rin tutadi. Chunki jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz bergan va berayotgan tub o’zgarishlar, ularni miqdor jihatdan ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash, nazorat va tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlar olishda asosan hisob tizimiga murojaat qilinadi. Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining hisob yuritish tizimi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tartibini bozor munosabatlari talablari asosida qayta ko’rib chiqish, rivojlantirish va takomillashtirib borish davlatimiz byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.
Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi Bugun, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalariga murojaat yo‘lladi. Davlatimiz rahbari bank tizimi haqida ham alohida to‘xtalib, shunday dedi:“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan, 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020 yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Milliy bank va Ipoteka-bank bu yil o‘z “evrobond”larini chiqarishi maqsadga muvofiqdir. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi. Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini “mijoz uchun ishlash”ga o‘rgatishdan iboratdir. Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi.Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur. Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak”.
Ayniqsa, davlatimiz raxbari Sh.Mirziyoyev boshchiligida “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan “...byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish” masalasi alohida axamiyat kasb etadi.1


  1. Banklarda chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati

Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deb, bank kassalaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pensiya, stipendiya , boshqa nafaqalar, muko fotlar, komandirovka xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin. Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo ‘yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko ‘rsatilgan. Shu bilan birga ish haqi olish bo‘yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar. Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi.


Har kungi kassa operatsiyalarini olib borish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblab boriladi. Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o ‘tilgan maqsadlarga naqd pul olish uchun pul cheki rasm- iylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisob varaq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim . Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit bo ‘yicha hisobvaraq raqami, chek daftarchasining nomi, soni, ariza rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgalterining imzosi hamda muhr qo‘yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq raqamini ko‘rsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasi ning cheklari bankd an naqd pul olish uchun asos bo‘ladi. Ish haqi olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat korsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi eng avvalo shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan so‘nggina chekning toliq va to‘g‘ri toldirilganligini, ikkita imzo va muhm imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko‘radi. Hammasi to ‘g‘ri bo‘lsa, chekning burchagidagi nazorat markazini qirqib olib pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratch yana bir bor tekshiruv o‘tkazib, so ‘ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq raqami, chek summasi, hisobot simvoli, korrespondensiya hisobvarag‘i raqam i ko‘rsatiladi. Nazoratchi chiqim jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi raqami chek raqami bilan to ‘g‘ri kelsa,chekdagi pasport ko‘rsatkichlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko ‘rsatilga summani mijozga sanab beradi. Chiqim operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi Mijoz Nazoratchi Ma’sul ijrochi Kassir kassaning chiqim operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi quyidagi ko‘rinishda bo ‘ladi:
.Kassir mijozga chekda ko‘rsatilgan miqdorda pul sanab beradi. Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni o ‘zaro solishtirib bankning hisob markaziga topshiradilar. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlaring shaxsiy hisobvaraqlari chiqarib beriladi. Bu operatsiyalar bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi: ' Korxonalarning talab qilib olinadigan depozit bo‘yicha hisobvarag‘i. Kredit 10101 Bank kassasi. Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq bankda alohida papkalarga tikiladi. Ilgari barcha tijorat banklari va ularning filiallari aylanma kassalariga limit o ‘rnatilar edi. Limitdan ortiqcha naqd pullar Markaziy bankka topshirilishi shart edi. Hozirgi kunda tijorat banklari ortiqcha pul mablag‘larini aylanma kassadan olib naqd pul zaxirasiga o’tkazishlari mumkin. Naqd pul zaxiraga o ‘tkazilganda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi.
Kassa operatsiyalarini yuritish amaldagi qoidaga ko‘ra tartibga solinadi. Kassada kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan belgilangan limit doirasida qoldiq bo‘lishi mumkin. Belgilangan limitdan ortiqcha O‘zR Markaziy bank boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan «YUridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida». 12/17-sonli qarori. 2015 y. 16 may. 94 naqd pul kassada faqat ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya berish kunlari, bank muassasasidan pul olingan kun ham qo‘shilgan holda, uch kun ichida saqlanishi mumkin. Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004- kvitansiya) kvitansiya beriladi. Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o‘rnini bosuvchi maxsus shtamp qo‘yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (to‘lov qaydnomai, pul berish to‘g‘risida ariza, schyotlar va b.) bo‘yicha beriladi. Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar bo‘yicha beriladi.
Agar kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan pul berish to‘g‘risidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bo‘lsa, kassa chiqim orderlariga imzo qo‘yish shart emas. Kirim kassa orderlari, uning kvitansiyalari va kassa chiqim orderlari buxgalter tomonidan aniq qilib yoziladi. Bu hujjatlarda xech qanday o‘chirish yoki to‘g‘rilashga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Korxonada ishlamaydigan shaxslarga pul berishda ularning shaxslarini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat talab qilinadi, kassa chiqim orderning pul olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yiladigan joyida taqdim etilgan hujjatning ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lar uchun naqd pul bankdagi hisobkitob schyotidan pul chek daftarchasiga asosan olinadi. Pul chek daftarchasi hisob-kitob schyotidan unda ko‘rsatilgan naqd pulni berish to‘g‘risida korxonaning bankka bergan buyrug‘i bo‘lib hisoblanadi. Ish haqi, pensiya nafaqa, mukofotlar to‘langanda har bir oluvchiga kassa chiqim orderi tuzilmasdan to‘lov qaydnomai bo‘yicha to‘lanadi.
Ish haqi tarqatilgandan so‘ng to‘lov qaydnomasi bo‘yicha umumiy to‘langan summaga buxgalter kassa chiqim orderi tuzadi. Kassa orderlari bo‘yicha pul qabul qilish va to‘lash faqat hujjatlar tuzilgan kuni amalga oshiriladi. 95 Barcha kassa kirim va chiqim orderlarini buxgalter kassa kirim va chiqim hujjatlarini ro‘yxatga olish jurnaliga yozib (KO-3-shakl) kassirga beriladi. Pul olingandan yoki berilganidan so‘ng kassir zudlik bilan kirim va chiqim orderlariga imzo qo‘yadi hamda ularga ilova qilingan hujjatlarga sanasini ko‘rsatib shtamp yoki qo‘lda: kirim hujjatlariga – «Olindi», chiqim hujjatlariga – «To‘landi» deb belgi qo‘yadi. Ro‘yxatga olish jurnali ma’lumotlariga asosan olingan va sarflangan naqd pul maqsadli ishlatilishi korxona tomonidan nazorat qilinadi hamda kassir tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘liqligi tekshiriladi.
Naqd pul harakatini kassir raqamlangan, tikilgan va korxona muhri bosilgan kassa daftarida hisobga oladi. Kassa daftaridagi varaqlar soni korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassa daftari ikki nusxada yuritilib, ikkinchi nusxasi yirtib olinib kassirning hisoboti sifatida foydalaniladi. Birinchi nusxasi esa kassa daftarida qoladi. Kassa daftarida o‘chirib tuzatish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Talabga muvofiq qilingan tuzatishlar kassir va bosh buxgalter yoki uni o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan imzolanib tasdiqlanadi, bir order bo‘yicha pul qabul qilingandan yoki berilgandan so‘ng kassa daftariga yozib boriladi. Har kuni ish vaqti tugagandan so‘ng kassir kunlik operatsiyalar jamlanib, kassada keyingi kun boshiga qoldiqni chiqaradi va shu kunning o‘zida kassa kirim, chiqim orderlari hamda ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga hisobot (daftarning yirtib oladigan varag‘i)ni kassa daftari (birinchi nusxasi)ga imzo qo‘yib bosh buxgalterga topshiradi. Kassa hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan xodim kassir vazifasini bajarmaydi. Naqd pul mablag‘lari harakati 5010 – «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida naqd pulning kirimi, kreditida – chiqimi aks ettiriladi.
Schyotning saldosi hisobot davri boshiga kassada qolgan naqd pulni ko‘rsatadi. 5010 – schyotning kredit oboroti 1 – jurnal-orderda aks ettiriladi. Debet oborotlari turli jurnal-orderlarga yoziladi, bundan tashqari, 1–qaydnoma bilan nazorat qilinadi. 96 1 – jurnal-order va 1-qaydnomaga yozish uchun kassirning hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi. Registrda kassirning har bir hisoboti bir qatorga yoziladi. Demak, jurnal-order va qaydnomada band qilingan qatorlar soni kassirning topshirgan hisobotlar soniga teng bo‘lishi kerak. 5010- schyot bo‘yicha maxsus analitik hisob yuritilmaydi. Analitik registrlari bo‘lib kassa daftari, kassirning hisobotlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi mashinogrammalar hisoblanadi. Ichki nazorat tizimi – bu aktivlarni himoya qilish va buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ma’lumotlarini to‘g‘riligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan siyosat hamda ish yuritish tartibidir. Pul harakatini ichki qat’iy nazorat qilish tizimi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun to‘g‘ri axborot berilganligini kafolatlaydi. Kassa tashkil qilingan barcha karxonalarda pul mablag‘lari butligini ta’minlash muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Pul mablag‘larini yashirish, olib ketish oson, ularda kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida belgi yo‘q va ular oson konvertatsiya qilinadi



  1. Kassa ishlarini tashkil etish va hujjatlarni saqlash

Naqd pul aylanmasi hajm jihatidan naqd pulsiz aylanmaga nisbatan ancha kam bolmsada, xalq xo‘jaligidagi iqtisodiy aloqalning me’yoriy holatda tashkil etilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki naqd pul ishlatiladigan sohalarida tovarlarni sifati nazorat qilinadi. 0 ‘zbekistonda m uom alada bolmgani naqd pullar bankom va metall tangalar kredit pullar bo'lib hisoblanadi. Muomalaga pul chiqarish xalq xo‘jaligini kreditlash tartibida amalga oshiriladi.


Muomalaga pul chiqarish va olishning mutlaq huquqi 0 ‘zbeksiton Respublikasi Markaziy Bankiga berilgan, lekin yuridik va jismoniy shaxslarni naqd pul bilan ta’minlash asosan tijorat banklar orqali amalga oshiriladi. Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, ya’ni bank muassasasi o ‘z tarkibida tarkibiy bo‘linma-kassa operatsiyalari bolimiga ega. Kassa operatsiyalari bolimida bajariladigan kirim va chiqim kassa operatsiyala « 0 ‘zbekiston respublikasi bank muassasalarida emissiyakassa ishchi, pul tushum inkassatsiya qilish va boyliklami tashishga doir»
Markaziy bankning yo‘riqnom asosida tashkil etiladi. Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa operatsiyalari bolimi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi. Kirim kassasi, chiqim kassasi, kirim -chiqim kassasi, maydalab berish kassasi, qat'iy hisobda turadigan blankalari berish kassasi, kechki kassalar tashkil etiladi. Ko‘rsatib olingan kassalar kassa operatsiyadari hajmi va kassa xodimlarining belgilangan shtatidan kelib chiqqan holda bank muassasasi farmoyishiga binoan tashkil etiladi. Yirik bank muassasalarida kassa operatsiyalari bolimini boyliklar bilan ishlashdan ozod etilgan xodim , ya’ni kassa operatsiyalari bolimining boshlig boshqarishi 7-92 97 lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat qila oladi va uning ishiga rahbarlik qiladi hamda kassa ishini to‘g‘ri tashkil qilish, bank muassasasidagi barcha boyliklaning ishonchli va to‘liq saqlanish uchun rahbar bilan teng darajada javob beradi. Kassa operatsiyalari bolimlarining boshliqlari egallab turgan lavozimlariga Markaziy bank v a tijorat tanklarning viloyat boshqarmalarida tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bulim boshlig yoki kassa mudiri lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxslar tayinlanadi. Bank muassasalarining rahbarlari kassalar va pul omborlarida boyliklar bilan ishlashning belgilangan qoidalarini ta’minlovchi zarur shart sharoitlari ta’minlashlari lozim banklardagi kassa tormozlari «Kassa tarmoqlarini loyihalashtirish va o‘rnatishning texnikaviy talablariga muvofiq holda jihozlanadi, uni boshqa xizmatlardan ajratib qo‘yish va qoidalarga ko'ra, binoning birinchi qavatida joylashtirilish lozim. Begona shaxslam ing pul omborlari joylashgan joyni kuzatishlari va o‘rganishlari uchun hech qanday imkoniyat bolmasligi kerak.
Kassa binosining eshiklari kun bo‘yi davomida ichkaridan berkitilgan bolishi lozim . Eshiklarga tashqarini ko‘rish uchun kichkina maxsus oynacha o‘rnatilgan bolishi kerak. Kassa tarmoglning barcha derazalari kechki payt pardalar bilan to ‘silgan bolish shart. Operatsiya kassasi har bir kassirning ish joyi kabina o ‘rnatish orqali ajratib qo‘yilishi lozim . Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan mas'ul bolmagan shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tugalladi. Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bolishi kerak, uning kod raqamini faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklarni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar, boyliklami tashish uchun aravachalar bilan ta’minlanishi lozim .Mijozlarga xizmat ko‘rsatiladiganda ichkari tomonidan qulflanadigan eshikchalar o ‘rnatilishi lozim. Kassirlarning o ‘z pullari, ustki kiyimlari hamda shaxsiy narsalari kassa tarmogida, biroq kassa xonasidan tashqarida o ‘rnatilgan shkaflarda yoki maxsus ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim. Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini im zolash vakolatiga ega boMgan hisob-kassa xodim larining im zolari nam unalari bilan, kirim -chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadigan hisob -operatsiya xodimlari esa kassirlar imzosining namunalari bilan ta’minlanishi kerak . Imzolar namunalarini, tegishli xodimlarga o ‘z vaqtida terish va ular bekor qilingach, qaytarib olish ustidan nazoratni bank muassasasining 98 bosh buxgalteri amalga oshiradi.
Ro‘yxatlar har yili 1 -yanvar holatiga ko‘ra yangilanib turadi. Umuman , banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish uchun yangi hisob varaqlar rejasinin «A ktivlar bo‘limida bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. hozirgi yangi hisobvaraqlar rejasida «Naqd pullar va kassa hujjatlari» 10100 asosiy hisobvaraqsida kassa operatsiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisobvaraq b o ‘yicha bir nechta yordam chi hisobvaraq—suchyot ochilgan:
10101 — aylanm a kassadagi naqd pullar;
10102 — naqd pullar zaxirasi;
10103 — pul alm ashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar;
10105 — cheklar va boshqa to ‘lov hujjatlari;
10107 — bankom atlardagi naqd pullar;
10109 — yoNdagi pullar;
10111 — bank binosida joylashm agan am aliyot (operatsion) kassalardagi naqd pullar.
Yuqorida ko’rsatilgan barcha hisob varaqlar ham mazmun jihatidan aktivdir, ularda qoldiq va mablag’larning ko‘payishi debit tomonida , mablaglarning kamayishi esa hisob varaqning kredit tomonida aks ettiriladi. Banklar orqali o’tkaziladigan har bir operatsiya ma’lum bir hujjatlar orqali rasmiylashtirilar ekan, ushbu buxgalteriya hujjatlari banklarda yo‘qotilimay saqlanishi ta’minlanishi kerak. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar to g‘ri tashkil etilishi uchun javobgarlik bank rahbari va bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ular o‘z xodimlariga hujjatlami saqlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradilar, zarur bo’lgan hollarda ularni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilaydilar. Banklarda operatsiya tugagandan so‘ng barcha hujjatlar
«Tijorat banki boMimlarida, hududiy boshqarmalar va bosh tijorat banklarida ahborotni him oyalash va m ansabdor shaxslarning axborot but saqlanishi uchun javobgarligi to ‘g‘risida»gi qoidalarga asosan arxivlanadi. Hujjatlami saqlashga tayyorlash bilan ularni papkalarga tikishni bajaruvchi xodim shug'ullanadi. Buxgalteriyada o’tkazilgan kirim va chiqim hujjatlar, har bir ish kuni uchun, debetlangan balans hisobvaraqlarining raqamlari ortib borishi tartibida papkalarga tikiladi. Bosh buxgaltem ing xohishiga ko‘ra kirim -chiqim hujjatlari kreditlangan hisobvaraqlar raqamlari ortib borish tartibida, shuningdek, axborotni shaxsiy kompyuterga kiritish uchun tayyorlangan dastalar bo'yicha shakllantirilishi mumkin. Barcha hujjatlar papkalarga (yig'ma jildlar) ularning hisoblash tasmalari (hisoblash mashinada summalari yozilgan lenta) bilan birgalikda joylanadi. Debet yoki kredit bo'yicha bittadan ortiq hisobvaraqqa taaluqli hujjatlar papkaning oxirida, kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlari bo‘yicha hujjatlardan oldin tikiladi. Ba’zi operatsiyalar bo'yicha hujjatlar, jumladan, yakka tartibda ssuda oluvchilar bo'yicha yuritiladigan hujjatlar, kassa hujjatlari, aholining omonatlari bo'yicha hujjatlar, qimmatbaho metallar, chet el valutasi bilan operatsiyalar va bankning xo'jalik operatsiyalarga doir hujjatlar alohida papkalarga joylanadi, chunki bu hujjatlarning saqlash muddatlari turlicha belgilangan. Juzlangan hujjatlar klavishli hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi va ularning summasi aylanmalarning jamlama ma'lumotlaridagi aylanmalarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi.
Ombor daftarlarida hisobga olinmaydigan kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlari bo'yicha orderlar saralab olinib, kirim-chiqim hujjatlari bilan birga juzlanadi va dastlab har bir hisobvaraqning kirimi, so'ngra chiqimi bo'yicha kutilmagan vaziyatlar bo'yicha hisobvaraqlarning ortib borishi tartibda kirim-chiqim hujjatlaridan keyin tikiladi. Bittadan ortiq hisobvaraqqa dahldor bo'lgan kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlari bo'yicha kirim-chiqim orderlari barcha orderlardan keyin tikiladi. Kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlariga tegishli hujjatlar ham hisoblab chiqilib, ularning buxgalteriya jumallaridagi ma’lumotlar bilan yoki aylanmalar jamlama ma'lumotlari bilan taqqoslanadi. Broshyura holiga keltirilgan hujjatlar tikilgan papka muqovasini ustiga (old tomoniga) hujjatlar, buxgalteriya yozuvlaridan o'tkazilgan sana, saqlash m uddati, bank bo'lim ining nom i, kirim -chiqim hujjatlarining umumiy summasi ko'rsatiladi. Hujjatlami tayyorlash topshirilgan xodim ilovasi bor kirim-chiqim orderlarida bu ilovalar qancha deb yozilgani va ularning haqiqatdan ham mavjudligini sinchiklab tekshirib chiqishi zarur.
Operatsiyalar tugagan kun hujjatlari ertangi kundan kechiktirmay broshura holiga keltirilishi lozim. Biror sabab bilan tikilmagan hujjatlar albatta seyflarda saqlanishi shart. Yuqorida aytib o'tganim izdek, ba’zi uzoq vaqt saqlanadigan hujjatlar, shuningdek, bank ichidagi operatsiyalarga taalluqli hujjatlar alohida broshuralanadi. Bunday hujjatlarga quyidagi operatsiyalar bo'yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar kiradi: — aholi va harbiy xizmatchilar omonatlari bo'yicha; — qimmatbaho metallar va xorijiy valuta bilan bajariladigan, hamda xorijiy valutadagi hisob-kitoblar yuzasidan operatsiyalar bo'yicha; — yakka tartibda uy-joy qurilish uchun ssuda va jismoniy shaxslarga boshqa maqsadlar uchun beriladigan ssudalar bo‘yicha; — bank asosiy vositalari, kam baholi tez eskiruvchi buyumlar, daromadlari va xarajatlariga oid va bankning boshqa ichki xo'jalik operatsiyalari bo'yicha.
Kassa hujjatlari dastlabki ikki guruh hujjatlari saqlanadigan papkalarga kirim-chiqim hujjatlari bilan birga kirim va chiqim orderlari hamda ularning barcha ilovalari, shuningdek, boshqa banklardan kelgan avizolarning asl nusxalari joylanadi. Birinchi va to'rtinchi guruh hujjatlar papkasiga esa kassa hujjatlarining asl nusxalari tikiladi. Bu hujjatlar qoida tariqasida har kunlisi har kuni alohida tayyorlanib boriladi.
Hujjatlar soni va umumiy summasi muqovada ularni tayyorlagan xodim , bosh buxgalter yoki uning muovini imzolari bilan, kassa hujjatlari bo'yicha papkalar esa yuqoridagi shaxslar bilan birga kassirlarning imzosi bilan tasdiqlanadi. Operatsiyalari kam bo'lgan banklarda tugagan yilga tegishli uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar rahbar xohishiga ko'ra , yil tugaganidan keyin ruxsat etiladi. Bunday hollarda yil tugagunicha bu hujjatlar papkalarda to'plab borilishi va omborda yoki temir shkaflarda bosh buxgalter javobgarligida salanishi lozim. Hujjatlarni saqlash vazifasi topshirilgan xodimlar ular to'la va but saqlanishini ta’minlashlari shart.
Bosh buxgalter, uning muovini yoki bo'lim boshlig'i ruxsatisiz boshqa xodimlarning hujjatlarining ko'rib chiqishlariga yo'lqo'yishlari taqiqlanadi. Hujjatlar omborlarda, temir javon (sexlarda, qo'riqlanadigan xonadagi temir javonlarda sandiq yoki qutilarda saqlanadi. Ombor yoki temir javonlarda quyidagi hujjatlar saqlanadi; — tugagan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda so'nggi tugagan oy uchun oylik balans va uning barcha ilovalari; — joriy oyning birinchi kuni uchun tekshiruv qaydnomalari — oxirgi 1 yil (12 oy) uchun kassa hujjatlari; — aholi omonatlari bo'yicha amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar; — joriy oy uchun kirim -chiqim hujjatlari, bino-inshootlari, xo'jalik inventarlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar bo'yicha daftarlar.
Qo‘riqlanadigan xonadagi temir javon va qutilarda omonatlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar kartotekalari, operatsiyalar daftarlari, imzolar namunalari qo‘yilgan kartochkalar, ish haqi to‘lash uchun berilgan mablaglar hisobi yuritiladigan kartochkalar, foizlarni qo'yish qaydnomalari, amal qilib turgan hamda arxivdagi pensiya varaqalarining hamda bir martali pensiya yoki boshqa nafaqa tolash to‘g‘risidagi topshiriqnomalaming kartotekalari saqlanadi.
Balki, o'z faoliyatini amalga oshirishda, balki "kassa operatsiyalari» kabi bir tushuncha bilan shug'ullanish mumkin bunday korxonalar bor. Bu mijoz bilan hisoblanadi qat'i nazar, to'lov haqi uning xodimlari va bunday sayohat yoki ish ehtiyojlari uchun to'lov sifatida boshqa xarajatlar, - Barcha bu qat'iy kassa operatsiyalari tartibini amalga talab ish daqiqalarini to'liq ro'yxati emas.
"Naqd pul operatsiyalari" - Lekin, bu tushuncha nima? Va o'z ishlarining tartibi qanday?
Bu pul belgilari va pul hujjatlar sifatida qabul qilish va saqlash, shuningdek, xarajatlarni tushunib etiladi.
kassa operatsiyalari hisobini yuritish tomonidan quyidagilardir talablari, ma'lum bir soni bor:

  • naqd va naqd pul hujjatlar sifatida harakatini aks ettiruvchi hujjatlar, to'g'ri va o'z vaqtida amalga lozim.

  • mablag'laridan maqsadli foydalanish va ularning xavfsizligi foydalanish ustidan mashqlar nazorat qilish.

  • naqd, shuningdek, hal va to'lov intizomiga rioya etilishini.

o'z jamlangan har bir kompaniya, olish kerak bo'lgan naqd kitob, bir nusxasi, kassiri joylashgan. Bundan tashqari, u bosilgan, bağcıklı raqamlanadi kerak bo'ladi. kitob boshi va korxonaning bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
Bu har kuni kassir pul mavjud balansini kirgan bu kitobda ekanini kun davrida va keyingi qoldiq boshida kunda, ularning harakati (tushumlar, xarajatlar) boshida bir chipta ofis. Har bir eshik kitobida o'zi qoladi biri 2 nusxada, amalga oshirilishi lozim, va boshqa kassirga hisobot beradi Buxgalteriya bo'limi, o'tkazilishi lozim bo'ladi.
kiritilgan tuzatishlar pul hujjatlar yo'l bor.
kassa operatsiyalari uchun sintetik hisobini olib borish maqsadida, asosiy foydalanishni mo'ljallangan faol hisob boshlang'ich va yakuniy balans qiymatlari davr boshida va oxirida mablag'lari mavjudligini aks ettiradi 50 "Pul". Bu debet hisob daromad va kredit ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi, aksincha, pul oqimining izlar.
kassa operatsiyalari tartibda mas'ul direktori zimmasidadir. Rossiya qonunchiligiga ko'ra, buzilishi qilgan kishilar pul intizomini, jazolanishi lozim.
Bugungi kunda, tufayli keng tarqalgan Kompyuterlashtirish katta kassiri ish osonlashtiradi elektron pul kitob, o'tkazish imkonini yaratdi. Biroq, bunday operatsion sharoitida, u qayta ishlash pul hujjatlarni taqdim dasturiy vositalarini muntazam nazorati amalga oshirish uchun zarur.
Modern nafaqat naqd pul operatsiyalari texnik jihatlari, ular iztirobli o'zgarishlar va ularning xulq-atvori juda tartibini olib keldi.
Sentyabr 1993 yilda, Rossiya Markaziy banki Direktorlar kengashi umumiy qoidalariga qo'shimcha ravishda kiritilgan, kassa operatsiyalari tartibi qabul qilindi, 40 qarori, tomonidan tasdiqlangan:

  • qabul qilish va naqd pul to'lash, shuningdek, buyurtma ishlash pul hujjatlar uchun hidoyat.

  • pul kitoblar boshqarish bo'yicha ko'rsatmalar va pul saqlash.

  • qoidalari audit ofislarida, shuningdek pul intizomiga rioya etilishi nazorat qilish.

Bundan tashqari, hujjat to'rt ilovalar:

  1. Rossiya banki pul to'lash (banknotalar) va tangalar pul aniqlash uchun - maqsadi qaysi oyatlari va qoidalariga, ta'rifi.

  2. tashish va pul saqlash uchun qo'llanma

  3. yer muassasalari haqida naqd va signal bilan ularni jihozlash texnik mustahkamlash. texnik xavfsizlik talablari.

  4. box ofisida audit to'g'risidagi hisobotni shakli tayyorlash.

Deyarli o'n to'qqiz yil kassa operatsiyalari tartibi qoidalariga shu kabi to'siq bo'ldi va Nizomning kuchga ega yanvar elektr tartibga solish yo'qolishi bu yil sifatida bekor qilindi 373-P sonli.
normativ hujjat ikkala bir taqqoslash foydalanish uchun, u yangi tahrirda ijobiy o'zgarish ekanligini ta'kidlash lozim. Biroq, ba'zi bir muammolar hal etilmasdan qolgan.
Qisqasi, professional faoliyat yoki boshqa sabablarga ko'ra hokimiyatda kassa operatsiyalari tartibda bevosita manfaatdor bo'lganlarga diqqat ortiqcha Nizom №373-P bo'lishi tekshirib bo'lmaydi.



  1. Download 181.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling