Bankning operatsion xarajatlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin;
bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlari, ijara va
ta’minot xarajatlari, xizmat safarlari va transport xarajatlari, ma’muriy xarajatlar,
reprezentatsiya va xayriya xarajatlari, eskirish xarajatlari, sug’urta, soliq va boshqa
xarajatlar va ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash xarajatlari hamda
daromad solig’ini baholashdan iboratdir.
Banklar o’z operatsion xarajatlarini ularning bosh banki tomonidan bir yil
uchun tasdiqlangan va xabar berilgan smeta assignovaniyalari doirasida amalga
oshiradilar. Bankning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta assignatsiyalari
hisobot yilining 31 dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda qilingan
barcha xarajatlar 31 dekabrgacha o’tkazilishi lozim.
Tijorat banklar o’z operatsion xarajatlarini bank Boshqaruvi tomonidan bir yil
uchun tasdiqlangan va xabar berilgan smeta doirasida amalga oshiradilar.
Bankning operatsion xarajatlari smetasi bo’yicha mablag’larni bank rahbari
tasarruf etadi. Bank rahbari bank bo’yicha buyruq chiqarib, smeta xarajatlarini
tasarruf etish huquqini o’z o’rinbosariga ishonib topshirishga haqlidir. Bank
Boshqaruvi raisi ham buyruq chiqarib smeta bo’yicha xarajatlarni tasarruf etish
huquqini o’zining birinchi o’rinbosariga berishi mumkin. Biroq, smeta bo’yicha
xarajatlarni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berib qo’yish bilan bank
Boshqaruv raisini uning smeta intizomi ahvoli uchun qonunda belgilangan shaxsiy
javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Tijorat banklarining xarajatlari, bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida
amalga oshirilgan foizli va foizsiz hamda bank operatsion xarajatlaridan tashkil
topadi. Ushbu xarajatlarning barchasi buxgalteriya hisobvaraqlari rejasidagi
50000- «Xarajatlar» hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.
Bank o’z faoliyatini to’laqonli yuritishi uchun xarajatlar qiladi. Tijorat
Do'stlaringiz bilan baham: |