Банкларда фойда ва зарарлар ҳисоби
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
dat asakabank farxod filialida foyda va zararlar hisobi va uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. DAT “Asakabank” Farxod filialida foyda va zararlarni tavsifi hamda ularni aniqlash tartibi.
~ 19 ~ II-BOB. DAT “ASAKABANK” FARXOD FILIALIDA FOYDA VA ZARARLAR HISOBI UNING TAXLILINI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 2.1. DAT “Asakabank” Farxod filialida foyda va zararlarni tavsifi hamda ularni aniqlash tartibi. O’zbekistonning bugungi iqtisodiy vaziyatida banklar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki banklar hukumatning iqtisodiy siyosatini izchillik bilan va aniq maqsadni ko’zlagan holda amalga oshiradi. Ular bu ishda boshqa har qanday moliyaviy institutlar qaraganda ko’proq yordam bermoqda. Banklar tadbirkorlarga va mahsulot ishlab chiqaruvchilarga kreditlar berish, xilma-xil xizmatlar ko’rsatish orqali ularga yuqori darajada foyda olish imkoniyatini yaratadi. Ular bu bilan respublikaning butun iqtisodiyotini rivojlantirmoqdalar. Hozirgi sharoitida banklar iqtisodiyotda pul munosabatlarini tizimli boshqaruvchi yagona sub’ektdir. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida barcha muhim ahamiyat kasb etgan masalalar bank zimmasiga yuklatildi. Yangi tashkil etilayotgan korxonalarni moddiy jihatdan ta’minlash, ya’ni kreditlar berish, naqd pulga bo’lgan ehtiyojini qondirib berish shular jumlasidandir. Shunday ekan, banklar faoliyatini yaxshilash va kengaytirish hamda barqarorligini ta’minlashda banklar foydalar va zararlari muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda respublikamizda tijorat banklarining o’rni kuchayib bormoqda. Tijorat banklari yuqori daromad olish maqsadida o’z faoliyat doirasini kengaytirmoqdalar. Ular o’z aktivlarini to’g’ri joylashtirish va daromad olishning boshqa imkoniyatlarini qidirib topishga xarakat qilmoqdalar. SHu boisdan ham, rivojlangan xorijiy davlatlarda kredit operatsiyalari tijorat banklari aktiv operatsiyalarining asosiy turi hisoblanadi. Masalan, XX asrning 80 yillari oxiri va 90 yillari boshlarida AQSH tijorat banklarining kredit operatsiyalari ularning aktiv operatsiyalarining asosiy 60 foizini tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich Buyuk Britaniyada 63,5 foiz, Gollandiyada 47,1 foiz, Germaniyada 53 foiz, ~ 20 ~ Daniyada 56 foiz, Frantsiyada 65,6 foiz, Ispaniyada 66,4 foiz, Italiyada 47,8 foizni tashkil qilgan. 3 Foizli daromadlarning ikkinchi turi qat’iy belgilangan stavkadagi qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalardan keladigan daromadlardir. Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida mazkur investitsiyalarning asosiy qismini hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar tashkil etadi. Masalan, hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning bank aktivlari umumiy hajmidagi salmog’i Ispaniya tijorat banklarida 10,2 foizni, Frantsiya tijorat banklarida 9,4 foizni, Italiya tijorat banklarida 5,3 foizni tashkil etadi. 4 Respublikamiz bank amaliyotida tijorat banklarinnig faoliyati natijasida oladigan daromadlarini asosan 2 guruhga ajratish rasmiy qabul qilingan: 1. foiz daromadlar. 2. foizsiz daromadlar. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling