Banklarfanining


Download 35.22 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi35.22 Kb.
#1183360
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу

Pul va foiz stavkalari
Boshqa omillar bilan bir qatorda, pullar ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarning doimiy diqqat e‘tiborida bo‘lgan foiz stavkalarining tebranishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. 6-rasmdagi grafikda AQShning uzoq muddatli g‘aznachilik obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi bilan pul massasidagi o‘sish tenglashtirilganligi ko‘rsatilgan. 1960 va 1970 yillarda uzoq muddatli obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi pul massasi bilan birgalikda o‘sib bordi. Lekin 1980 yildan boshlab foiz stavkasining o‘sishi bilan pul massasining o‘sishi o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik yo‘qola bordi. Biz foizlarga oid mavzularda foiz stavkalarning xarakterini tadqiq qilganimizda pul va foiz stavkalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham tahlil qilamiz.
Monetar siyosatni amalga oshirish
Pullar mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlovchi ko‘pgina iqtisodiy o‘zgarishlarga ta‘sir ko‘rsatganligi sababli, monetar siyosat ya‘ni, pullar va foiz stavkalarini boshqarish – butun dunyoda iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar va siyosatchilarning diqqat e‘tiboridagi ob‘ektlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda monetar siyosatni amalga oshirishga Markaziy bank javobgar (AQShda bu Federal Zaxira Tizimi (FZT)) hisoblanadi. Shu bois, mazkur fanda AQSh va boshqa davlatlarda amalga oshirilayotgan monetar siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari va iqtisodiyotda pullarning miqdorini boshqarishda Markaziy banklarning rolini tahlil qilishga ham ba‘zi mavzular bag‘ishlangan.
Monetar va fiskal siyosatning bog‘liqligi. Fiskal siyosat soliqqa tortish va davlat xarajatlariga doir masalalarni hal etishni o‘z ichiga oladi. Byudjet defitsiti- bir yil ichida davlat xarajatlarining uning daromadlaridan ortishini. Byudjetning ijobiy saldosi (profitsit)-byudjet daromadlarining xarajatlardan ortishini bildiradi. Byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida xukumat qarz olishiga to‘g‘ri keladi; ijobiy saldo esa davlat qarzlarini kamaytirishga imkon beradi. Televidenie yoki gazetalarda byudjetning ijobiy saldosi – yaxshi, salbiy saldosi – zaralar ekanligi to‘g‘risida eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Ushbu fikrlar qanchalik haqiqatga yaqinligini biz 2001 yilda Argentinada yuzaga kelgan byudjet taqchilligi moliyaviy inqirozning sababi sifatida to‘hrisida ham ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, biz byudjet taqchilligining pul massasi o‘sishiga, inflyatsiya sur‘atlari va foiz stavkalariga ta‘sirini ham taxliliy jihatdan o‘rganamiz.

Download 35.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling