Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Aholi bo‗sh mablag‗larini
banklarga jalb etishning ahamiyati va uning bank resurslarida tutgan o‗rni bo‗yicha
o‗zining nazariy xulosalari va qarashlari bilan muhim hissa qo‗shgan xorijlik
olimlar tomonidan juda ko‗p o‗rganilgan hamda ushbu bitiruv malakaviy ishini
yortitishda ularning tadqiqot ishlaridan va nazariyalaridan keng foydalanildi.
Ushbu mavzu bo‗yicha O‗zbekistonda aholi bo‗sh mablag‗larini banklarga jalb
qilish, ularning qaytarilishini kafolatlanganligi hamda ushbu manbaalarning bank
resurslarini oshirishdagi o‗rni to‗g‗risida Respublikaning bir qator iqtisodchi
olimlarining tadqiqot ishlari ham o‗rganildi. Yuqoridagi barcha iqtisodchi olimlar
tomonidan olib borilgan tadqiqot - izlanishlarning mazmuni shuni ko‗rsatmoqdaki,
barcha aholi bo‗sh mablag‗larini banklarga jalb qilish amaliyoti bo‗yicha yagona
universal metod mavjud emas. Chunki, ushbu sohada samarali natijalarga
erishilishi mamlakatdagi mavjud makroiqtisodiy omillarning aholi moliyaviy va
iqtisodiy holatiga ta‘siri, aholining moliyaviy savodxonlik darajasi, mamlakatdagi
banklarning rivojlanganlik darajasi va xalqning ularga bo‗lgan ishonchining har bir
mamlakatda farqlanishi kabi va boshqa omillarning bir - biriga o‗xshamasligi
ushbu sohada jiddiy, ilmiy izlanishlar olib borilishi kerakligini taqozo etadi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Ushbu bitiruv
malakaviy shi tarkibiy jihatdan kirish, uchta bob va ular bo‗yicha qisqacha
xulosalar, umumiy xulosalar hamda ular bo‗yicha takliflar, foydalanilgan
adabiyotlar ro‗yxati va ilovalardan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 10 ta rasm va 1
ta jadvaldan foydalanilgan bo‗lib, ularning barchasi II bob, ya‘ni ―Banklar
tomonidan aholi bo‗sh pul mablag‗larini jalb etishning amaldagi holati tahlili‖ni
yoritish maqsadida foydalanilgan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |