Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish
Download 30.53 Kb.
|
Banklarni tugatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlarni baholash va sotish
Aktivlarni tekshirish
Likvidator aktivlarni tekshirib, zarur bo‘lgan bildirishnomalarni jo‘natgach, quyidagilar asosida tugatish hisobotini tayyorlashi lozim: yakuniy balans; vakillik hisobvaraqlari ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlarni qiyoslash; pul mablag‘lari va valyuta hisobini yuritish; bank inventarlash ro‘yxatlari bo‘yicha jihozlarni tekshirish; balans va kredit portfeli bo‘yicha kreditorlik qarzlarini tekshirish. Aktivlarni baholash va sotish Bankning moliyaviy aktivlari quyidagilardan iborat: pul mablag‘lari; ssudalar; qimmatli qog‘ozlar; valyuta boyliklari. Milliy va chet el valyutalaridagi banknotlar, tangalar va bank vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar shaklidagi moliyaviy aktivlar nominal qiymati bo‘yicha baholanadi. Qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlar bahosi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi vaziyatga bog‘liq. Bank kreditlari portfeli berilgan kreditlarni uchinchi tomonga sotish yoki bu qarzlar bo‘yicha mablag‘larni olish imkonini beradigan boshqa yo‘l bilan tugatiladi. “Standart kreditlar” sifatida tavsiflangan kreditlar bozor narxida sotilishi kerak. “Standart kreditlar” sifatida tavsiflangan kreditlar o‘z nominal qiymatidan past narxda sotilganda tugatuvchi tugatish to‘g‘risidagi hisobotda ushbu narxlarni asoslashga majbur. Bunda kreditning nominal qiymati u sotilgan sanaga qarab belgilanadi va kreditning so‘ndirilmagan qismi, shuningdek u bo‘yicha hisoblangan va olinmagan foizlar summasidan tarkib topadi. Muammoli qarzlarni sotishda tugatuvchi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi lozim: Ssuda qiymati uning nominal qiymatiga tenglashtiriladi. Bunday qarzlarni odatda banklar va boshqa moliya kompaniyalari xarid qiladi. Muammoli qarzlarni sotish uchun yakka tartibdagi xaridorlarga shartnoma bo‘yicha sotish, tanlab olingan qatnashchilar guruhi o‘rtasida xususiy raqobat savdolari, shuningdek kimoshdi savdolari kabi usullardan foydalaniladi. Qarzlarni boshqa xaridorlarga sotish imkoniyati bo‘lmagan hollarda ularni qarzdorning o‘ziga nominal qiymatidan kam bahoda sotish mumkin. Likvidator har bir shunday holni tugatish hisobotida asoslab berishi shart. Muammoli kreditlarni sotish imkoni bo‘lmasa likvidator garovga qo‘yilgan mulkni sotish chorasini ko‘radi yoki qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qiladi. Nomoliyaviy aktivlarga quyidagilar kiradi: binolar va inshootlar; transport vositalari; san’at asarlari; orgtexnika; mebel, jihozlar va bankning boshqa mulki. Nomoliyaviy aktivlar likvidator tomonidan baholovchi tashkilot ishtirokida baholanadi. Tugatuvchi nomoliyaviy aktivlar narxiga ta’sir etuvchi barcha axborot va omillarni o‘rganadi va shular asosida taxminiy sotuv narxini belgilaydi. Binolar, inshootlar va transport vositalari ko‘chmas mulkni baholashga doir belgilangan talablarga muvofiq baholanadi. Nomoliyaviy aktivlar baholanganidan keyin tugatuvchi potensial xaridorlarga aktivlar sotilishi ko‘zda tutilayotganligi haqida xabar beradi yoki qonunchilik va mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan hollarda bank mulkini sotadi. Xaridorlar bilan muzokaralar davomida sotilayotgan nomoliyaviy aktivlarning dastlabki narxi o‘zgarishi mumkin. Agarda aktiv hisob-kitob qiymatidan ancha past narxda sotilsa, likvidator ushbu hol ro‘y berishi sabablarini hujjatlashtirishi shart. Ko‘rsatilgan hujjatlar hisobotda aks ettiriladi va unga ilova qilinadi. Download 30.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling