Banklarning kassa operatsiyalarini tashkil qilish, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
Download 113 Kb.
|
bank hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi
Banklarning kassa operatsiyalarini tashkil qilish, ularni hisobga olish va rasmiylashtirishReja: 1-§. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi 2-§. Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish 3-§.Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi 1-§. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishiPul oboroti naqd pul oboroti hamda naqdsiz pul oborotini oz ichiga oladi. Naqd pulsiz pul oboroti butun pul oborotining 80-90%ini tashkil etadi. Naqd pulsiz pul oboroti asosan korxona va tashkilotlar, ular bilan soliq nazorati, sugurta, pensiya va boshqa fondlar bilan boladigan hisob kitoblarida oz aksini topadi. Aholi va turli korxona va tashkilotlar, aholi guruhlari ortasidagi hisob-kitoblar naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Masalan, aholiga ish haqi, nafaqa, mukofot, gonorar, xizmat safari xarajatlari tolashda va, aksincha, axoli tomonidan savdo tashkilotlari, maishiy xizmat, madaniy oqartuv tashkilotlari, dexqon bozori, oziq-ovqat va kiyim-kechak bozorida aholi guruhlari ortasidagi aloqalarda naqd pul ishtirok etadi. Biz «Korxona va tashkilotlar ortasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar» bobida naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazmuni, ularni tashkil etish qonun-qoidalari, bu operatsiyalarni hisobga olish va rasmiylashtirishni korib chiqqan edik. «Kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish» mavzusida kassa ishlarining tijorat banklarida tashkil etilishi, kassaning kirim va chiqim operatsiyalari, ularni hisobga olishini korib chiqamiz. Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini korsatish uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, yani bank muassasasi oz tarkibida tarkibiy bolinma-kassa operatsiyalari bolimiga ega. Kassa operatsiyalari bolimida bajariladigan kirim va chiqim kassa operatsiyalari «Ozbekiston respublikasi bank muassasalarida emissiya-kassa ishi, pul tushumini inkassatsiya qilish va boyliklarni tashishga doir» Markaziy bankning 23-sonli yoriqnomasi asosida tashkil etiladi. Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa operatsiyalari bolimi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi. Kirim kassasi, chiqim kassasi, kirim-chiqim kassasi, maydalab berish kassasi, katiy hisobda turadigan blankalarni berish kassasi, kechki kassalar tashkil etiladi. Korsatib otilgan kassalar kassa operatsiyalari hajmi va kassa xodimlarining belgilangan shtatidan kelib chiqqan holda bank muassasasi farmoyishiga binoan tashkil etiladi. Yirik bank muassasalarida kassa operatsiyalari bolimini boyliklar bilan ishlashdan ozod etilgan xodim, yani kassa operatsiyalari bolimining boshligi boshqarishi lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat ornatadi va uning ishiga rahbarlik qiladi hamda kassa ishini togri tashkil qilish, bank muassasasidagi barcha boyliklarning ishonchli va toliq saqlanish uchun rahbar bilan teng darajada javob beradi. Kassa operatsiyalari bolimlarining boshliqlari egallab turgan lavozimlariga Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bolim boshligi yoki kassa mudiri lavozimiga bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxslar tayinlanadi. Bank muassasalarining rahbarlari kassalar va pul omborlarida boyliklar bilan ishlashning belgilangan qoidalarini taminlovchi zarur shart-sharoitlarni taminlashlari lozim. Banklardagi kassa tarmoqlari «Kassa tarmoqlarini loyihalashtirish va ornatishning texnikoviy talablari»ga muvofiq holda jihozlanadi, uni boshqa xizmatlardan ajratib qoyish va qoidaga kora, binoning birinchi qavatida joylashtirilishi lozim. Begona shaxslarning pul omborlari joylashgan joyni kuzatishlari va organishlari uchun hech qanday imkoniyat bolmasligi kerak. Kassa binosining eshiklari kun boyi ichkaridan berkitilgan bolishi lozim. Eshiklarga tashqarini korish uchun kichkina maxsus oynacha ornatilgan bolish kerak. Kassa tarmogining barcha derazalari kechki payt pardalar bilan tosilgan bolish shart. Operatsiya kassasi har bir kassirning ish joyi kabina ornatish orqali ajratib qoyilishi lozim. Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan masul bolgan shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tugiladi. Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bolishi kerak, uning kod nomerini faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklarni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar, boyliklarni tashish uchun aravachalar bilan taminlanishi lozim. Mijozlarga xizmat korsatiladigan darchalarga ichkari tomonidan qulflanadigan eshikchalar ornatilishi lozim. Kassirlarning oz pullari, ustki kiyimlari hamda shaxsiy narsalari kassa tarmogida, biroq kassa xonasidan tashqarida ornatilgan shkaflarda yoki maxsus ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim. Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bolgan hisob-kassa xodimlarining imzolari namunalari bilan, kirim-chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shugullanadigan hisob-operatsiya xodimlari esa kassirlar imzosining namunalari bilan taminlanishi kerak. Imzolar namunalarini,tegishli xodimlarga oz vaqtida berish va ular bekor qilingach qaytarib olish ustidan nazoratni bank muassasasining bosh buxgalteri amalga oshiradi. Royxatlar har yili 1 yanvar holatiga kora yangilanib turiladi. Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish uchun yangi hisobvaraqlar rejasining «Aktivlar bolimida bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. Ilgari kassa operatsiyalari I tartibli 03 hisobvaraqda olib olib borilar edi. 03 hisobvaragi oz ichiga bir nechta ikkinchi tartibli hisobvaraqlarni olar edi. 030 - Markaziy bank kassasi 031 - Tijorat bank kassasi 032 Yoldagi pullar Hozirgi yangi hisobvaraqlar rejasida «naqd pullar va kassa hujjatlari» 10100 asosiy hisobvaragida kassa operatsiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisobvaraq boyicha bir nechta yordamchi hisobvaraq - subschet ochilgan: 10101 - kassadagi pullar; 10109-puldagi naqd pullar. Har ikkala hisobvaraq ham mazmun jihatidan aktivdir, ularda qoldiq va mablaglarning kopayishi debet tomonida, mablaglarning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi 2-§. Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish Naqd pulni operatsiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi. Korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushumini, turli naqd pul korinishidagi badallar, fuqarolarning naqd pul omonatlari, ish haqiga olingan pul mablaglarining tarqatilmay qolgan qismi kabi tolovlarni naqd pul korinishida bank kassa xodimi tomonidan qabul qilinishiga kassaning kirim operatsiyalari deb aytiladi. Bank tomonidan naqd pul quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi: korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001 shakldagi badalnoma (obyavlenie)lar boyicha kvitantsiyalar berish bilan, fuqarolar omonatga pul qoyganlarida omonat daftarchasiga shu togrida yozib qoyiladi, daftarcha korsatilmagan taqdirda pul qoyuvchiga 0402004 shakldagi kvitantsiya beriladi. Transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402003 shakldagi naqd pul badalnomalari boyicha 0402003 shakldagi kvitantsiya berish bilan; v) Xayriya fondlariga otkaziluvchi naqd pulli badallar 0402001 shakldagi badalnomalar (obyavlenie) boyicha 0402004 shakldagi kvitantsiyalar berish bilan 0402001 shakldagi badalnomalar masul ijrochining imzosidan tashqari nazoratchining imzosi bolishi kerak. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarga qayd etilishi lozim. g) Boshqa barcha tushumlar 0482005 shakldagi kirim kassa orderlar boyicha 0402004 shaklidagi kvitantsiyalar berish orqali qabul qilinadi. Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat bu badalnoma, yani pul topshirganlik haqidagi elondir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning ozi 3 qismdan iborat: Badalnomaning ozi. Order. Kvitantsiya. Hujjatning uchala qismida ham bir xil korsatkichlar toldirilishi shart. Yani hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob, yani talab qilib olinadigan depozitlar hisobvaragi nomeri, operatsiya mazmuni, yani nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi pul summasi toliq korsatilishi va imzo qoyish kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan masul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Bazi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat korsatuvchi masul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi, uni uchala qismining bir xil, toliq va togri toldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya otkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga oz imzosini qoyib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati bolib hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvaragi nomeri, topshirilishi lozim bolgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, yani hisobot simvoli korsatiladi. Shundan song qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalikda ichki tartibda kassa bolimiga uzatilidi. Pul qabul qilish uchun bankda kirim kassalari bolib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi. Kassirning stoli ustida pul qoyuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul bolmasligi kerak. Kassir ilgari qabul qilib olgan barcha pullar stol tortmasida metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi lozim. Kirim kassa kassirining stoli shunday jihozlangan bolishi kerakki, unga mijozga pulning qayda saqlanayotganligini kuzatib turishga imkon bolishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitantsiya va kirim kassa hujjatlarida order, badalnoma, kirim, kassa jurnali. Korsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular bir-biriga mos kelsa, kassir kvitantsiyaga badalnomaga va unga tegishli bolgan orderga imzo qoyadi, kvitantsiyaga bank muhrini bosib pul topshirgan shaxsga qaytarib beradi. Bu kvitantsiya mijozga undan pulni qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqlovchi hujjat bolib hisoblanadi. Badalnomalarni ozida olib qolib, badalnomaga tegishli bolgan orderni kassaning kirim jurnali bilan birgalikda yana bank nazoratchisiga qaytaradi. Lekin, bazan shunday hollar ham boladiki, mijoz topshirgan pul summasa kirim kassa hujjatlarida korsatilgan summa bilan togri kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim kassa hujjatida korsatilgan summa ozaro mos kelmasa, topshiruvchiga hujjatni qayta rasmiylashtirib kelish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va shu hujjat kvitantsiyasining orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib , kvitantsiyaga imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitantsiya operatsiya xodimi yoki bank nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani ochirib, badalning yangi summasini yozib qoyadi, shundan song, yangidan olingan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jonatadi. Kvitantsiyalar 23-yuriqnomaning 47-bandida korsatilgan tartibda saqlanadi. Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bolsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarni kvitantsiyalar bilan birga operatsiya xodimlariga qaytaradi. Aniqlangandan keyin kvitantsiyalarda qanday sabablarga kora pul topshirilmagani korsatilib, bank muassasasi rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa daftarlaridagi yozuvlar ochiriladi, kirim hujjatlari yoq qilinadi. Kassirlar ozlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kun oxirida kirim kassasining har bir xodimi, yani kassiri qabul qilingan hujjatlar asosida 0482109 shakldagi malumotnomani tuzadi va undagi summani ozi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Malumotnomani kassir imzolaydi va unda korsatilgan kassa oborotlarini operatsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir malumotnomasida operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi. Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi malumotnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo chekilgandan song topshiradi. Kassa mudiri esa, qabul qilingan pul summasini kassirning malumotnomasi bilan qiyoslaydi, qabul qilingan summani 0482155 - shakldagi daftarga yozib qoyadi, malumotnomaga imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Malumotnoma tekshirilgandan song bosh buxgalter yoki uning orinbosari tomonidan imzolanib, shu kunning kassa hujjatlariga tikib koyiladi. Kirim kassalariga tushgan pullar kassa mudiriga operatsiya kuni mobaynida bir necha marta berilishi mumkin. Bunday hollarda kassir pul berishidan avval amalda tushgan pul u qabul qilingan kirim hujjatlaridagi umumiy summaga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Operatsiya kuni tugashga qadar barcha naqd pul shu ish kunining ozidayoq oborot kassasiga kirim qilinishi va bank muassasining bugalteriya balansi boyicha tegishli hisobvaraqga otkazilishi kerak. Demak, kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari boyicha quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Yani bu holda bank kassasi bilan birga pul topshirgan korxona schyotida ham topshirgan summada mablag ortadi. Dt 10101-bank kassasidagi naqd pullar, Kt 20200-talab qilib olinadigan depozitlar Agar pul topshiruvchi korxona xususiy korxona bolsa, u holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi. Dt 10101-Kassa Kt 20208-talab qilib olinadigan xususiy korxona depoziti. Bu bugalteriya yozuvlaridan shuni korish mumkinki, bir tomondan bank kassasidagi naqd pullar, ikkinchi tomondan korxona depozit hisobvaragidagi pul mablaglari kopayyapti, bu hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, shuning uchun bank balansining har ikkala, yani aktiv hamda passiv tomoni bir xil summaga ortadi. Umumiy qilib, kassaning kirim opertsiyalari boyicha hujjatlar aylanishini quyidagi sxemada korish mumkin: 6-sxema Kirim kassa operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishi sxemasi Nazoratchi mijoz markazibank hisoblash masul ijrochi kassir Mijoz nazoratchiga pul topshirganlik haqida badalnomani topshiradi. Nazoratchi badalnomani tekshirgandan song uni kirim kassa jurnalida qayd qiladi va kassirga topshiradi. Mijoz kassirga naqd pul topshiradi. Kassir ham har ikki hujjatni tekshirib, ularda korsatilgan summani mijozdan olgan pul miqdori bilan solishtiradi va kvitantsiyani mijozga qaytaradi. Barcha hujjatlar bankning hisob markaziga topshiriladi, bankning kirim kassa operatsiyalari boyicha hisoblash markazida buxgalteriya yozuvlari bajariladi. Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling