Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi. Bajardi: Usmonov Shavkatbek Mavzu doirasida o‘rganiladigan savollar


Download 121.58 Kb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi121.58 Kb.
#1207011
1   2   3   4
Bog'liq
Shavkatbek

Jamg‘arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‘lib, ushbu banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida shakllantirilgan mablag‘larni yirik tijorat banklariga, savdo va qurilish tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi.
Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan
universal
ixtisoslashgan
Xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari bo‘yicha
hududiy,
hududlararo
xalqaro
Kapitalining hajmi bo‘yicha
kichik,
o‘rta
Yirik
Banklarning turlari
Banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
• jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;
• qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;
• milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul-kredit siyosatini amalga oshiradi;
• pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
• iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi subyektlar o‘rtasida hisob-kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik qiladi;
• bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
• aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Kredit tizimi o‘zining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Markaziy bank;
– tijorat banklar;
– maxsus-kredit institutlar.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
A. Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi.
Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
– banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa;
– aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa;
– mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa;
– mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa;
– bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar.
  • Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim.

  • Tijorat banklarining xo‘jalik subyektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.

Kredit tizimi - kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yig‘indisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari yig‘iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi.
Kredit tizimi bir necha bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin. Mablag‘larni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo‘g‘inlari o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi.

Download 121.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling