Bankni mustaqil tanlash hamda bir yoki bir nechta banklarda
Download 27.18 Kb.
|
1 2
Bog'liq16v
16 variant Banklarda so’nggi nazoratni tashkil qilish Bankning operatsion harajatlarini hisobga olish Ssuda hisob varaqlarini ochish tartibi Jismoiniy shaxslar hisob-kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankni mustaqil tanlash hamda bir yoki bir nechta banklarda milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Milliy yoki chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi. Bankda hisobvaraq ochish uchun shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi. Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin bank 1 ish kuni ichida hisobvaraq ochib berishi lozim. Hisobvaraq ochganlik uchun to‘lov undirilmaydi. Fuqarolar banklarda quyidagi turdagi hisobvaraqlar ochishlari mumkin: Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Jamg‘arma depozit hisobvaraqda saqlanadigan mablag‘lar uchun bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanadi. Muddatli depozit hisobvarag‘i - Shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Bankda foiz evaziga pullar muddatli omonatga qo‘yilganda, mazkur hisobvaraq ochiladi. Ssuda hisobvarag‘i - Belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Download 27.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling