Bankni rivojlantirish strategiyasi


Download 13.03 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi13.03 Kb.
#138934
Bog'liq
bbbb bank

Bankni rivojlantirish strategiyasi
   2018-2020 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta'minlash chora-tadbirlarini belgilab beradi, ular aktivlar va passivlar tuzilmasini diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, shuningdek Bankni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgandir.
     Bank o'zining tijorat faoliyatida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmoniga amal qiladi hamda mijozlar va kontragentlar uchun ham, aktsiyadorlar, potentsial investorlar va regulyator uchun eng yuksak darajada ochiq bo'lib qolgan holda, ishonchlilik, likvidlilik va mustaqillik printsiplariga qat'iy rioya etadi.
     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-son va 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son Qarorlarining bank tizimini institutsional rivojlantirishni yanada isloh qilish, tijorat banklarining kapitallashuv, barqarorligi va likvidliligi darajasini xalqaro standartlarga muvofiq oshirish, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari spektrini kengaytirish bo'yicha ijrosini ta'minlash, shuningdek milliy va xalqaro reyting agentliklaridan yuqori reyting ko'rsatkichlarini qo'lga kiritish maqsadida Bankning asosiy strategik ustuvorligi quyidagi strategik vazifalarni bajarishni ta'minlash hisobiga investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat:
Raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish.
Chakana biznesni rivojlantirish.
Tavakkalchiliklarni va kapitalni boshqarish tizimlari samaradorligini oshirish.
Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda biznes-jarayonlarni takomillashtirish.
Banke foydaliligi va rentabelligini oshirish asosida barqaror rivojlanishni ta'minlash.
     Asosiy faoliyat turlari bo'yicha strategik maqsadlarga erishish bank bozoridagi pozitsiyalarning yanada kuchayishiga olib kelishi lozim, bu Bankka kelgusida ham barqaror va ishonchli Bankning iqtisodiy o'rnini saqlab qolish, shuningdek bo'lajak investorlar uchun jozibador bo'lish imkonini beradi.

Download 13.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling