Bankning Bosh litsenziyasini chaqirib olish uchun qaysi sabablar asos bo’ladi?
Download 19.81 Kb.
|
18-19-20 savollar Bankning Bosh litsenziyasini chaqirib olish uchun qaysi sabablar asos bo’ladi? Qaysi holatlar tijorat banki faoliyatida vasiylikni joriy etish uchun sabab bo’ladi? Tijorat banklarini tugatish tartibi qanday? Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi (ishtirokchilari) tomonidan qaror qabul qilingan holda amalga oshirilishi mumkin. Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. Iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi: aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘- risidagi tugatish sabablari ko‘rsatilib, qabul qilingan qaror; bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilingan vaqtdagi balans hisoboti; tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati; aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish qarori. Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini qaytarib olish to‘g‘- risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: moddiy nazorat va inventarlash; aktivlarni tekshirish; aktivlarni baholash va sotish; sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; tugatish jarayonini yakunlash. Likvidator (tugatuvchi) yoki tugatish komissiyasi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tugatish komissiyasining hisoboti; bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bankni tugatish (ixtiyoriy ravishda tugatilganda) to‘g‘risidagi bayonnoma; Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori; bankni tugatish to‘g‘risida gazetalarda e’lon qilingan axborot nusxasi; tugatish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror; bankning oxirgi ish kunidagi balansi; tugatish balansi; balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha tugatish balansi; soliq inspeksiyasining tugatish dalolatnomasi; yo‘q qilish uchun bank hujjatlari va yig‘ma jildlari ajratilganligi to‘g‘risida dalolatnoma; hujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi; muhrlarni yo‘q qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, bankni, banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. 2. Bankning trast operatsiyalari ham vositachilik operatsiyalarining turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning keng tarqalgan shakli - bu aksiya, obligatsiya va pul mablag‘larini bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikka (shaxs nomiga) o‘tkazishni ham banklar orqali amalga oshirilishidir. Moliyaviy vositalar va moliyaviy aktivlar summasining ko‘payishi natijasida tijorat banklari trast (ishonchli) operatsiyalarning ko‘lami ham kengayib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda banklarning eng rivojlangan bo‘linmalaridan biridir. Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari mijoz topshirig‘iga binoan ishonch bildirgan shaxs huquqlari bo‘yicha ish ko‘radilar. Shuningdek, mijozlarning pul mablag‘larini boshqaradilar va boshqa moliyaviy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar trast operatsiyalarini nafaqat jismoniy shaxslar bo‘yicha, balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar. Jismoniy shaxslar uchun quyidagi trast xizmatlari turlari mavjud: merosni boshqarish; ishonch va vasiylik bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish va boshqalar. O‘zbekiston Fuqarolar kodeksining 744-moddasida kredit shartnomasining mohiyati quyidagicha bayon etilgan: «Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kredit beruvchi, kreditor) ikkinchi tarafga (kredit oluvchi) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi». Yuridik hujjat sifatida kredit shartnomasi har ikkala tomon o‘rtasidagi munosabatni muvofiqlashtiradi. Unda quyidagilar o‘z aksini 388 topadi: tomonlar nomi; shartnomaning amal qilish muddati; kredit kelishuvining predmeti va shartlari; tomonlarning huquqlari va majburiyatlari; majburiyatlarni bajarishning huquqiy kafolatlari. Bunday huquqiy kafolatlarga quyidagilarni qayd qilish mumkin: qarz oluvchining yuridik maqomi (shakli); kreditni qaytarishni ta’minlovchi usullar (garov, kafolat, homiylik, vasiylik va hokazo); u yoki bu tomonning o‘z majburiyatlarini bajarishdagi buzg‘unchiligi uchun belgilanadigan sanksiya; kredit shartnomasini buzilish hollari. bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish yoki Markaziy bank ko‘rsatmalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan davrda mansabdor shaxslar aksiyadorlar ega bo‘lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish; bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi raisi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda tasdiqlangan 240-sonli «Banklarni tugatish to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: - bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani Markaziy bank tomonidan qaytarib olinishi; - bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi aksionerlar yoki ta’sischilar umumiy yig‘ilishining qarori; - yagona ta’sischisi davlat bo‘lgan banklar uchun hukumat qarori; sud qarori bo‘yicha bank bankrot deb e’lon qilinganida. Download 19.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling