Hisobvaraq
raqami
|
Hisobvaraq nomi
| | |
Hisobvaraq
turkumi
| | | |
1.
|
16601
|
Nomoddiy aktivlar
|
A
|
2.
|
16605
|
Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi
|
KA
|
3.
|
16609
|
O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
|
A
|
4.
|
16617
|
Gudvill
|
A
|
5.
|
16699
|
O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash
zaxirasi
|
KA
|
Nomoddiy aktivlardan keladigan kelajakdagi iqtisodiy samara, bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida vujudga keladigan, xizmatlarni sotishdan kelib tushgan tushum, xarajatlarni tejash hamda boshqa foydalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Agar nomoddiy aktiv, ularni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning ta’rifiga ham mezonlariga ham javob bermasa, ushbu modda bo‘yicha xarajatlar ular qaysi davrga tegishli bo‘lsa, shu davr xarajatlari sifatida hisobga olinadi.
Aktivlarni nomoddiy aktiv sifatida ta’riflash imkoni bo‘lmagan holda (ba’zi nomoddiy aktivlar biror predmet bilan yoki uning tarkibida bo‘lishi mumkin), shu elementning muhimligidan kelib chiqib, aniqlash kerak bo‘ladi (masalan, kompakt-disk-dasturiy ta’minot holatida, huquqiy hujjatlar-litsenziya yoki patent olish holatlarida).
Sotib olingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatining o‘zgarishiga ularning faqat qayta baholanishi natijasida ruxsat etilishi mumkin.
Xorijiy valyutaga sotib olingan nomoddiy aktivlar, balansda milliy valyutada Markaziy bankning xorijiy valyutaga nisbatan davlat bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundagi kursi bo‘yicha aks ettiriladi va xorijiy valyuta kursining o‘zgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |