«A» tijorat bank rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat. Biz «A» tijorat bankining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat. Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillari moliyaviy hisobot ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarlicha asoslar beradi deb hisoblaymiz.
Bizning fikrimizcha tijorat
bank ning
(tijorat bankning nomi)
20XX yil 31-dekabr holatidagi moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha uning moliyaviy holatini va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini haqqoniy aks ettiradi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq keladi.
rahbari
(familiyasi, imzo)
Auditor
(auditorlar)
(familiyasi, imzo)
Xulosa tuzilgan sana M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti (70- son AFMS) «Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi»ga
Do'stlaringiz bilan baham: |