Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Auditorlik tashkilotining javobgarligi


Download 266.19 Kb.
bet58/67
Sana26.02.2023
Hajmi266.19 Kb.
#1231996
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320

Auditorlik tashkilotining javobgarligi


Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat. Biz «A» tijorat bankining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat. Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillari moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarli asos bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, maxsus qismda qayd etilgan izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarlicha auditorlik dalillari mavjud.

Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos


20XX yil 31-dekabr holati bo‘yicha buxgalteriya balansining
«Asosiy vositalar» moddasida miqdori XXX ming so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish uskunasining qiymati aks ettirilmagan. Shu sababli buxgalteriya balansining “tegishliˮ moddasida 20XX yil 31-dekabr holatiga ko‘ra yetkazib beruvchi oldidagi XXX ming so‘mlik kreditorlik qarzi aks ettirilmagan.

Izohlar bilan fikr bildirish


Bizning fikrimizcha, izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan bayon etilgan vaziyatlarning moliyaviy hisobotga ta’siridan tashqari, «A» tijorat bankining 20XX yil 31-dekabr holatidagi moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
natijalarini va moliyaviy holatini haqqoniy aks ettiradi.

Download 266.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling