Bankning jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolni tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi faoliyati” mavzusida kurs ishi
Download 300.26 Kb.
|
Bankning jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirishga4
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Sirtqi (2-oliy ta’lim) 5230700 – “Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 53-2 guruh talabasi RASULOV BOBIR XAMROKULOVICHning Bank ishi fanidan “Bankning jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolni tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi faoliyati” mavzusida KURS ISHI Reja:Kirish
Ichki nazorat tizimining mazmuni, maqsadi, vazifalari, huquqiy- meyo’riy va nazariy asoslari; Tijorat banklarida ichki nazoratni amalga oshirish amaliyoti; O’zbekistonda bank nazoratini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari va Ichki nazoratni tashkil qilishning umumiy tamoyillari va ularning O’zbekiston bank tizimiga tadbiq etilishi; Xulosa va takliflar; Foydalanilgan adabiyitlar. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bank tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, maqsadida 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026- yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni bank tizimida yangi bosqichni boshlab berdi. Yaqin besh yilga mo‘ljallangan mazkur tarixiy ahamiyatga ega hujjatning uchinchi yo‘nalishida “Bank faoliyatini tartibgasolishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, etakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini islohetish” kabi vazifalar belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar bu boradagi keng ko‘lamli islohotlar izchilligiga xizmat qiladi. Har qanday davlat iqtisodiyoti tayanadigan asosiy ustunlardan biri - barqaror bank tizimi hisoblanadi. Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. “Tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2022 yil yakunlari bo‘yicha bank tizimining umumiy kapitali oldingi yildagiga nisbatan 16.9 foizga oshib, qariyb 78.3 trln. so‘mni va kapitalning yetarlilik darajasi ko‘rsatkichi umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan deyarli 4 barobardan ziyodni tashkil qildi. Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko‘rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2022 yil yakunlari bo‘yicha 130 foizni tashkil etdi va bu talab etiladigan minimal darajadan 1.3 barobar ortiqdir.”1 Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida, ya’ni iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash davrida turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatida, shu jumladan tijorat banklarida bank nazorati mexanizmini yanada takomillashtirish masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Bank tizimining samaradorligini oshirish banklarda bank nazorati tizimini yanada takomillashtirishni taqozo qiladi. Bank nazoratining bosh vazifasi omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash maqsadida bank tizimidagi tavakkalchilik darajasini tartibga solishdan iboratdir.Har qanday mamlakatda bank tizimining mustahkamligi, barqarorligi va ishonchli faoliyat ko‘rsatishiga birinchi navbatda davlat manfaatdordir va shu munosabat bilan u tegishli nazorat idoralari orqali bank tizimi ustidan nazoratni tashkil etadi. Respublikamizda tijorat banklari ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi va shu asosda bank tizimini barqarorlashtirish, mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, to‘lov intizomini taminlash borasida doimiy ravishda nazorat faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992- sonli Qaroriga “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi farmonida ham bank nazoratini takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan edi. Jumladan, “Bank nazorati tizimiga, kapital etarliligiga bo‘lgan talablarni takomillashtirishni, kutilayotgan yo‘qotishlar modeli asosida ehtimoliy yo‘qotishlarga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tadbiq etish.”1 lozimligi belgilab berilgan edi. Bank nazorati tizimiga Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tadbiq etish vazifalari bosqichama-bosqich bajarib borilmoqda. Shu bilan birga, dasturida ichki nazorat tizimini takomillashtirishga alohida to’xtab o’tilgan. Jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha, xalqaro andozalarini joriy qilish hamda ichki nazorat va xavfsizlikni ta’minlash tizimlarini yanada takomillashtirish zarurligili qayd etib o’tilgan. Tijorat banklari ustidan olib boriladigan nazoratni kim tomonidan olib borilishiga ko‘ra ichki va tashqi nazoratga bo‘lish mumkin. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, ya’ni Markaziy bank tomonidan tijorat banklari ustidan olib boriladigan nazorat tashqi nazorat, respublika tijorat bankiichki nazorat Boshqarmasining tijorat banklari filiallari ustidan olib boradigan nazorati ichki nazorat bo‘lib hisoblanadi, shuningdek, har bir tijorat banklari filiallarida ichki nazorat xizmati ham faoliyat yuritib, bank operatsiyalarining bajarilishi ustidan ichki nazorat olib boradi. Hozirgi kunda global ahamiyatga ega bo‘lgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ham ichki nazorat olib boriladi. Bunday nazoratni olib borish uchun respublikamizda me’yoriy-huquqiy baza shakllangan. O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Har bir tijorat banki yuqoridagi yo‘nalish bo’yicha ichki nazorat qoidalari asosida ichki nazorat xizmatining vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqqan. Filiallarda faoliyat yuritayotgan ichki nazorat xizmati xodimlari filialning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yo’nalishi bo’yicha faoliyatini tashkil qiladi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yo’naltirilgan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni samarali aniqlash, oldini olish va ular haqida o’z vaqtida bosh bank ichki nazorat boshqarmasiga xabar berish tadbirlarini amalga oshiradi.Shunday qilib, banklarning barqarorligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda ichki nazoratni amalga oshirish muxim hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlar kurs ish uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 300.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling