Bankrotlik, (ital singan kursi), s I n I sh fuqaro, korxona, firma yoki bankning


Download 94.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi94.19 Kb.
#1509177
Bog'liq
Bankrotlik - Vikipediya



Bankrotlik
Bankrotlik, (ital. — singan kursi), s i n i sh
— fuqaro, korxona, firma yoki bankning
mablagʻi yetishmasligidan oʻz
majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga
qurbi yetmasligi; qarzdorning
majburiyatlari mol-mulkidan oshib
ketganligi sababli tovar (ishlar,
xizmatlar)ga haq toʻlash yuzasidan
kreditorlarning talablarini qondirishga
qodir emasligi, shuningdek byudjetga va
boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni


taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi.
B., odatda, korxonaning yopilishiga olib
keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining
talabini qondirish uchun mol-mulkini
sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. B.ga
uchrashning sabablari tovar i. chda
qiymati qonunning amal qilishi, raqobat
va inflyatsiya bilan belgilanadi. Iqtisodiy
inqirozlar davrida kasodga uchragan
korxonalarning soni keskin oshib ketadi,
uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq
Ittifoq xalq xoʻjaligida B. tushunchasi
NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan
edi, 1987y.dan eʼtiboran korxonaning
toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi
amaliyotga kiritildi. B. amalda
korxonaning byudjet, bank va mol


yetkazib beruvchilar oldida oʻz
majburiyatlarini bajarishga ojizligini
bildiradi. Bankrot deb eʼlon qilingan
korxonalarga nisbatan qator sanatsiya
tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama
yordam koʻrsatiladi (soliqlardan ozod
etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida B.ga
uchragan korxonalar boshqa
korxonalarga sotiladi yoki qoʻshib
yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga
ijaraga beriladi va boshqa Korxonalar
sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot
deb eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston
Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini
qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish
subʼyektlari boʻlmish yuridik va jismoniy


shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof
etish shartlari va tartibi OʻzRning 1994-yil
5-mayda qabul qilingan "Bankrotlik
toʻgʻrisida" Qonunida belgilab berilgan (bu
qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti
mablagʻlari hisobidan amalga
oshiradigan korxona, tashkilotlarga
nisbatan tadbiq etilmaydi). Vladimir
Shevsov, Abdurahim Ortiqov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 16:57 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Bankrotlik&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Bankrotlik&oldid=2833738

dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 94.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling