Bankrotlik va uni oldini olish chora tadbirlari reja: 1 bankrotlik nima ?


Download 80 Kb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi80 Kb.
#1027098
1   2   3   4
Bog'liq
BANKROTLIK VA UNI OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI

sudgacha sanatsiya qilish - qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, to’lov qobiliyatini tiklash kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to’lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlar;

sud sanatsiyasi - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o’tkazmagan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili;

tashqi boshqaruv - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to’lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o’tkazgan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili;

tugatishga doir ish yuritish - xo’jalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo’llaniladigan bankrotlik taomili;

shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona - xodimlari ularning oila a’zolarini ham qo’shib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etuvchi yoki xodimlarining soni kamida uch ming kishi bo’lgan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlovchi yoki tabiiy monopoliyalar sub’ekti bo’lgan yuridik shaxs;

qarzdor - pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir bo’lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;

qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili - bankrotlik taomili o’tkazilayotganda qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi vakolat bergan shaxs;

qarzdor xodimlarining vakili - bankrotlik taomili o’tkazilayotganda o’z manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning xodimlari vakolat bergan shaxs.
Bankrotlik so’zi italyancha “banco rotto” degan so’zdan olingan bo’lib, “kursining (o’rindiqning) sinishi” deb tarjima qilinsada, aslida qarzdorning nochor ahvolga tushib sinishi, barbod bo’lishi degan ma’noni anglatadi.
Korxonani bankrotlik holatiga tushib qolishining yana bir asosiy sabablari, rahbariyatning ishlab chiqarishdagi mas’uliyatsizligi hamda uzoq vaqt mobaynida faoliyat ko’rsatmaganligi, kreditorlik qarzlarini ya’ni byudjetdan bo’lgan qarzlarni muddatida to’lamaganligi uchun katta miqdorda jarima hisoblanishidadir.
“Bankrot” so’zi o’zbekchada “sinish” ma’nosini anglatib, salbiy xususiyatga yaqinroq bo’lsa-da, aslida iqtisodiy nochor, zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarga nisbatan o’z vaqtida qo’llanganda katta samara berayapti. Buning ma’nosini qanday tushunish kerak? Xo’jalik sudlari tomonidan bankrot, deb e’tirof etilgan xo’jalik sub’ektlari tadbirkorlarga sotilmoqda. Shu bilan birga sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qo’llanilmoqda. Ammo, beli bukchayib, kelajagidan umidini uzgan korxona bankrot, deb e’lon qilinayotgan holatlar ham bor.
Bankrotlik bu korxonaning iqtisodiy nochorligi bo’lib, ushbu holatda xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda bajarishga qodir emasligi tushuniladi. Korxonaning bankrotlik alomatlari bu- qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to’lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lishidir.
Korxonani bankrot deb topish faqat sud tomonidan amalga oshirilib, uni pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega. Bundan tashqari, korxona majburiy to’lovlarni bajarmaganligi natijasida ham bankrot deb topilishi mumkin bo’lib, ushbu holatda bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega. Agarda korxona o’zinig qarzdorlik majburiyatlarni 3 oy muddatda qoplay olmaslik hollari yuzaga kelayotganligin oldindan bilsa o’zini bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Agar yuqoridagi holat ya’ni qarzdorligini belgilangan muddatda qoplash imkoniyati yo’q bo’lgan hollarda, qarzdor korxonaning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor xo’jalik sudiga murojaat etishi shart:
  • bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo’yishga olib keladigan bo’lsa;


  • qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to’g’risida qaror qabul qilishga vakolatli bo’lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo’lsa;


  • qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etish to’g’risida qaror qabul qilingan bo’lsa;


  • undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xo’jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo’yadi deb hisoblashga asoslar bo’lsa.


Bankrotlik taomili qo’llanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini “Bankrotlik to’g’risida”gi qonunga muvofiq tashkil etiladigan kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi qimoya qiladi. Xo’jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o’z talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.


Kreditorlar yig’ilishining mutlaq vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
Kreditorlar yig’ilishini tashkil etish va o’tkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Kreditorlar yig’ilishi, agar unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqi bor kreditorlar hozir bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yig’ilishda o’z vakillari orqali ishtirok etishlari ham mumkin. Kreditorlar yig’ilishida kvorum bo’lmasa, o’n kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yig’ilishi chaqiriladi, yig’ilish, uning o’tkaziladigan sanasi, vaqti va joyi to’g’risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo’lsa, hozir bo
Ma’lumki, iqtisodiyotda umuman xo’jalik sub’ektlari faoliyatlarining tugatilishi odatda salbiy holat sifatida qabul qilinadi. Chunki, har qanday korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishi ma’lum darajada quyidagi holatlarning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’ladi:

Biroq, korxona faoliyatining tugatilishi doimo ham falokat, fojea sifatida qabul qilinavermaydi. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning ko’plab xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar. Biroq, aksariyat holatlarda, mulk egasining o’zgarishiga qaramasdan, ko’plab firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmayaptilar. Shunga ko’ra, agar boshqaruv, ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni takomillashtirish sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan bo’lsa, u holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari (qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining tugatilishining kelib chiqishi sabablari, bu jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari, ularni maqsadga muvofiq yo’naltirish imkoniyatlari, salbiy oqibatlarini oldini olish muammolarini ilmiy jihatdan o’rganish korxonalarning tugatilishini keltirib chiqaruvchi turli omillar iqtisodiy tabiatining tadqiq etilishini taqozo etadi.
Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi.
Ob’ektiv omillar sirasiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi. Odatda ob’ektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy tabiatini belgilab beruvchi o’ziga xos xususiyatlarning aksariyati ushbu soha sub’ektlari faoliyatining tugatilishida ob’ektiv omillar sifatida maydonga tushadi.
Xo’jalik faoliyatining tugatilishini tadqiq etish uchun bu holatni keltirib chiqaruvchi sub’ektiv omillarga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Sub’ektiv omillar, ob’ektiv omillardan farqli o’laroq, turli alohida holat, shart-sharoit va hatti-harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum chora-tadbirlarni qo’llash orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo’ladi.
O’z navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi sub’ektiv omillarni yanada chuqurroq o’rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko’ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko’ra, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko’plab sub’ektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo’ladi:
1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar;
2-guruh - tashkiliy omillar;
3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar;
4-guruh - iqtisodiy omillar.
Shaxsiy – ruhiy omillar guruhi o’z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari borasida yuzaga keluvchi faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Tashkiliy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasida o’z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to’siqlarni bartaraf etish, uni o’zgartirish yoki yanada takomillashtirish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o’z ichiga korxona faoliyatini davom ettirishda ro’y beruvchi amaldagi qonunchilik, me’yoriy qoidalarning buzilishining oldini olish va mavjud tartibbuzarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Iqtisodiy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy manfaatlariga zid keluvchi holatlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektiv omillarni 10 – chizma orqali ko’rish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bo’yicha etarli bilim va malakaga ega bo’lmaslik sub’ektiv omillardan biri hisoblanadi. S.G’ulomovning ta’kidlashicha, «kichik shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan bir qator kamchiliklarga bog’liq.
Umumiy xatolar va kamchiliklar ichidan ish boshlovchi tadbirkorlarning, kichik firma rahbarlarining, etuk yoshdagi korxona menejerlarining o’ziga xos xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Ish boshlovchi tadbirkorlarni va etuk firmalarning menejmentlarini xato va kamchiliklarini turkumlash shuni ko’rsatadiki, biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy tsiklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish kerak bo’ladi». Savdo-sanoat palatasi vakillari o’z ish faoliyatlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun korxonani ro’yxatdan o’tkazishning o’zi kifoya, deb hisoblovchilar anchagina ekanligini ta’kidlaydilar. Aslida bunday bo’lmay, «agar etarli darajadagi tayyorgarliklarsiz boshlansa, eng ajoyib biznes – g’oya ham amalga oshmay qolishi mumkin. Ishning muvaffaqiyatli borishi uchun iqtisodiyotning barcha nozik tomonlarini o’rganish lozim. Tadbirkorning etarli bilimga ega bo’lmasligi xususiy korxona faoliyatini hali boshlamay turib to’xtatilishining asosiy sabablaridan biridir».
Shuni tan olish kerakki, tadbirkorlik sub’ekti rahbarlari orasida iqtisodiy islohotlarning jadal sur’atiga ulgurmayotgan, bozorga oid ishbilarmonlik namoyish eta olmayotgan, marketing va menejment bo’yicha eng oddiy tushunchalarni bilmaydigan, eskicha iqtisodiy tafakkurlovchi kishilar oz emas. Shunga ko’ra, eng yuzaki holda tahlil qilib ko’rilgan chog’da ham, iqtisodiy nochorlik belgisiga ega bo’lgan ko’plab korxonalar – bu ishlab chiqarayotgan mahsuloti sifati va narxi bo’yicha raqobatga layoqatsiz bo’lganligi bois sotilmayotgan va oqibatda aylanma mablag’siz qolayotgan korxonalar hisoblanadi.
Muassislarning korxonadagi ishning borishidan qoniqmasligi. Korxonasini tashkil etishning keng tarqalgan shakllaridan biri sherikchilik hisoblanadi. O’z navbatida, tadbirkorlikning mazkur tashkiliy shakli korxonalarning muddatidan ilgari tugatilishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, kichik biznes korxonasi tugatilishining yana bir sababi – bu bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan korxonaning ta’sischilari o’rtasida daromadning taqsimlanishidir.




Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling