Bankrotlikni aniqlashda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar tizimi va ularning qiyosiy tahlili


Iqtisodiy nochorlik tahlilining axborot manbalari


Download 30.75 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi30.75 Kb.
#1488906
1   2   3
Bog'liq
yangam1

Iqtisodiy nochorlik tahlilining axborot manbalari

Bankrotlik – qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligining sud tomonidan e’tirof etilishidir.


Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, bankrotlik iqtisodiy nochorlikni begilash uchun subyektlarning pul majburiyatlarining aks ettiruvchi va ularni qoplash yuzasidan mablag‘larning mavjudligini aks ettiruvchi axborot manbalari talab etiladi.
Iqtisodiy nochorlik va bankrotlikni tahlil etishning axborotlar bazasiga juda ko‘p manbalarni kiritish mumkin. Ularning mazmun mohiyatiga ko‘ra moliyaviy hisobot ma’lumotlari, statistik hisobotlar, soliq hisoboti ma’lumotlarini kiritish mumkin. Shuningdek, ta’sis hujjatlari, auditorlik xulosalari, rejali tekshirish natijalari va h.k. hisobdan tashqari manbalardan ham foydalaniladi.
Muhim e’tibor majburiyatlarning yuzaga kelishida asos bo‘luvchi xo‘jalik shartnomalari, qarzdorlik dalolatnomalariga qaratiladi
Asosiy manba sifatida xo‘jalik subyektlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlar va ular bo‘yicha auditorlik xulosalarining mavjudligiga ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy hisobot shakllari ichida buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shakli, shuningdek moliyaviy hisobotlarning tegishli bandlari bo‘yicha tushuntirishlar, qaydlar va izohlarga alohida urg‘u beriladi. Moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to‘g‘risidagi ilova ham majburiyatlarning kreditorlari va muddatli bo‘yicha axborotlari alohida tarkiblanadi.
Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) tahlilida axborotlarning aniqligi, ishonchligi, xaqqoniyligiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Negaki, ko‘pgina hollarda soxta bankrotlik bo‘yicha arizalar ham uchraydi.
Soxta bankrotlik va uni tan olishda albatta qonunchilik normalarida og‘ir javobgarliklar belgilangan. Lekin shunga qaramay bu borada ayrim muammoli murojatlar kuzatilmoqda. Negaki, sudgacha va suddan keyingi jarayonlarda munozaraga sabab bo‘luvchi holatlar ko‘pincha axborotlarning etarli va asosli emasligi bilan izohlanadi.
Tahlil qilishda iqtisodiy nochorlikni baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi: keng ko‘lamli mezon ko‘rsatkichlar tahlili; cheklangan miqdordagi ko‘rsatkichlar tahlili; indikator ko‘rsatkichlar tahlili; skoring modeli; reyting tahlili; multiplikativ diskriminat tahlili.
Tahliliy jihatdan esa (moliyaviy hisobotlar taqdim etilgan axborotlarga tayangan holda) iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni quyidagi sabablarini ko‘rsatish mumkin.
1. Korxona moliyaviy ahvoli bilan bog‘liq omillari (to‘lovga noqobillik, mablag‘lar nolikvidligi, aylanma mablag‘larni moliyalashtirishning holati, moliyaviy nobarqarorlik)
2. Korxona moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq omillar (moliyaviy natijaviylik, rentabellikni past darajasi yoki manfiy ishorasi)
3. Korxona moliyaviy ahvoli va moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni turli jihatlarini ifoda etuvchi boshqa omillar (pul oqimini tarkibiy tuzilishi, asosiy vositalarning holati va harakati, xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari holati).
Bu jihat tarkiblanish moliyaviy hisobot shakllarining tuzilishiga va mazmuniga to‘la mos keladi va ularni o‘rganish obyektini to‘la qamrab oladi.


Download 30.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling