Barcha insonlarda orzu-istaklar bor, ammo odamlar o`z orzularini amalga oshirish o`rniga, ijtimoiy tarmoqlarga, kompyuter o`yinlariga, foydasiz uchrashuv va boshqa narsalarga mukkasidan ketishadi. Asosiy ish esa doimgidek dangasalik tufayli qolib ketaveradi.
Psixologiyada “dangasalik” o`rniga “prokrastinatsiya” iborasi ishlatiladi. Prokrastinatsiya- bu topshiriqlarni berilgan muddatdan o`tkazib yuborish, asosiy ishlarni keyinga surish harakati. Bu odat, ayniqsa, talabalar orasida juda keng tarqalgan. 2007-yilda Kalgari universiteti psixologi Pirs Stil ( Piers Steel) tomonidan o`tkazilgan meta-tahlil shuni ko`rsatadiki, oliy ta`lim muassasasi o`quvchilarining 80 fozidan 95 foizgacha qismi topshiriq va kurs ishlarini bajarishni muntazam ravishda kechiktiradi. Shu sababli biz siz bilan prokrastinatsiyani yengishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |