Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Topografik xaritalaming shartli belgilari va ularning turlari


Download 488.85 Kb.
bet23/37
Sana21.11.2023
Hajmi488.85 Kb.
#1792882
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
51. Topografik xaritalaming shartli belgilari va ularning turlari
Topografik kartalarning shartli belgilari. Topografik kartalarda masofalar hamma joyda bir xilda kichraytirilib tushiriladi va har bir ob‘yekt maxsus shartli belgi bilan tasvirlanadi. Topografiknkartalar xalq xo‗jaligining turli tarmoqlarida qo‗llaniladi hamda mayda masshtabli geografik kartalarni tuzish uchun asos bo‗ladi. Topografik kartalar tuzishda ishlatiladigan shartli belgilar joydagi
ob‘yektga ma‘lum darajada o‗xshagan bo‗lishi, ob‘yektning shakliga hamda uni o‗z o‗rnida ko‗rsatilishi lozim. Shartli belgilar ishlatilganda ular karta masshtabiga mos qilib ko‗rsatiladi, agar56
karta masshtabiga mos kelmaydigan ob‘yektlar bo‗lsa, ular masshtabsiz shartli belgilar bilan ko‗rsatiladi. Topografik kartalarning shartli belgilari masshtabli, masshtabsiz va tushintiruvchi belgilarga
bo‗linadi. Kartadagi tafsilotlarning shakli va kattaligini tasvirlashda masshtabli shartli belgilardan foydalaniladi. Masshtabli shartli belgilar maydonli va chiziqli bo‗ladi. Maydonli shartli belgilar bilan o‗rmonlar, shudgorlar, ekin dalalari, ko‗llar, botqoqliklar, aholi punktlari, bog‗lar tasvirlanadi va kartalardan ularning maydonini aniq hisoblash imkoni bo‗ladi. Topografik kartalardan foydalanishni
osonlashtirish uchun matematik, geografik va yordamchi elementlarga bo‗lib o‗rganiladi. Matematik elementlarga nomenklatura, masshtab, daraja to‗ri va kartaning ramkasi, geografik elementlarga
kartaning mazmuni, yordamchi elementlarga esa ramkadan tashqari turli chizmalar va tushintirish xatlari kiritiladi. Chiziqli shartli belgilar bilan dengiz va ko‗llarning qirg‗oqlari, daryolar, aloqa
vositalari va boshqa ob‘yektlar tasvirlanadi. Bunda ob‘yektlarning uzunligi va shakli masshtab asosida beriladi (masalan, temir, avtomobil yo‗llari). Ayrim tafsilotlar masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlaganda masshtab hisobga olinmaydi (masalan, yo‗l
belgilari, kilometr ko‗rsatkichlari, alohida turgan daraxt va h.k.).

Download 488.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling