Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Geografik kenglik va uzoqlik tushunchalarini izohlang
Download 488.85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Nivelirlashning mohiyati va metodlarini tushuntiring
7. Geografik kenglik va uzoqlik tushunchalarini izohlang
Geografik kenglik ekvatordan shimol yoki janubdagi Yer yuzasidagi nuqtaning burchak masofasini bildiradi. U darajalarda o‘lchanadi, ekvator 0° kenglikda, Shimoliy va Janubiy qutblar esa mos ravishda 90° shimoliy va janubiy kenglikda. Masofa, aksincha, ikki nuqta bir-biridan qanchalik uzoqligini o'lchashni bildiradi. U turli birliklarda, masalan, kilometr, mil yoki dengiz millarida o'lchanishi mumkin. Masofa odatda Yer yuzasidagi ikkita nuqtaning koordinatalari (kenglik va uzunlik) yordamida hisoblanadi Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, geografik kenglik nuqtaning ekvatorga nisbatan o'rnini belgilaydi, masofa esa Yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi masofani o'lchaydi. 8. Nivelirlashning mohiyati va metodlarini tushuntiring Nivelirlash mohiyati va usullari. Nivelirlash geodezik ishlarning bir turi bo‗lib, uning natijasida yerning tabiiy (fizik) yuzasida joylashgan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi (nisbiy balandligi) o‗lchanadi hamda bu nuqtalarning boshlang‗ich deb qabul qilingan sathiy yuzadan balandligi aniqlanadi. Nivelirlash joy relyefining shakllarini o‗rganish va ularni plan hamda kartalarda tasvirlash, har xil bino va inshootlarni loyihalash,41 ularni qurishda zarur bo‗lgan nuqtalar balandligini va farqini aniqlashda bajariladi. Geometrik nivelirlash geodezik asbob — nivelir yordamida hosil qilinadigan gorizontal vizirlash nuri asosida bajariladi. Shuningdek, bunday gorizontal vizirlash nurini trubasida silindrik adilak mavjud bo‗lgan geodezik asboblar — teodolit hamda kiprigel yordamida ham hosil qilish mumkin. Trigonometrik nivelirlash geodezik asbob — teodolittaxeometr yordamida hosil qilinadigan qiya nur asosida bajariladi. Bu nivelirlash ikki nuqta orasidagi chiziqning og‗ish burchagi va masofasini o‗lchash bilan amalga oshiriladi. Fizik nivelirlash gidrostatik, barometrik va aeroradio nivelirlashga bo‗linadi. Gidrostatik nivelirlash o‗zaro ulangan shisha naychalardagi suyuqlik erkin sathining har doim bir xil balandlikni egallash xususiyatidan foydalanib, nuqtalarga o‗rnatilgan shisha naychalar bo‗- yicha o‗lchanadi. Barometrik nivelirlashda nuqtalarga o‗rnatilgan barometrlar ko‗rsatkichi bo‗yicha ulardagi atmosfera bosimining qiymatlari o‗lchanib, bosim farqi orqali nisbiy balandlik hisoblanadi. Aeronivelirlash radiobalandlikni o‗lchash va statoskop bilan uchib ketayotgan samolyotning yer sirtidan balandligini aniqlash orqali bajariladi. Stereofotogrammetrik nivelirlash joyning ikkita bir xil aerosuratini stereometr, stereokomparator va shunga o‗xshash maxsus asboblarda relyef modelini hosil qilib, unda o‗lchashni bajarish bilan amalga oshiriladi. Avtomatik nivelirlash joyning biror-bir yo‗nalishi bo‗yicha profilini maxsus nivelir-avtomat asbobida chizib, profildan nuqtalar nisbiy balandligini aniqlab olishga asoslangan. Download 488.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling