Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Makro, mezzo va mikrorelef shakllari haqida ma’lumot bering?


Download 1.66 Mb.
bet41/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Makro, mezzo va mikrorelef shakllari haqida ma’lumot bering?
Relyef tarkibiy qismlarining yoki shakllarining, y a ’ni turii yoM bilan paydo bo'lgan va turii xarakterdagi botiqlar hamda balandliklarning katta-kichikligiga qarab tnegorelyef, makrorelyef, mezorelyef va mikrorelyef shakllariga bo'linadi. Yer yuzasi relyefi kelib chiqishiga ko'ra uchta yirik guruhga boMinadi: geotektura. morfostruktura va morfoskulptura. Geotektura -Y er po'stidagi yirik relyef shakllaridir. Geotektura faqat Yerning ichki kuchlari ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Geotektura relyef shakllarining vujudga kelishi qadimgi yagona Pangeya materigi va Pantalasa okeanining vaqtlar o'tishi bilan hozirgi holatga kelishi katta rol o'ynaydi. Ularga materik ko'tarilmalari va okean botiqlari kiradi. Geosinklinallar va platformalar esa ikkinchi darajali geotekturalar hisoblanadi. Relyefda geosinklinallarga burmali togMar zanjirlari to'g'ri keladi. Platformalarga katta-katta tekisliklar to'g'ri keladi. Har qaysi materikning negizida kembriydan oldingi bitta (Yevrosiyoda) yoki bir nechta platforma bor. Ularni geosinklinallar - turli yoshdagi tog' zanjiri o'rab olgan. Morfostrukturalarga yirik sayyoraviy relyef shakllari kiradi. Ularning hosil bo'lishida Yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi. Bunday relyef shakllariga yirik tog‘ tizmalari va tekisliklar kiradi. Masalan, Tyanshan, Kordilera tog'lari, Buyuk tekisliklar, Sharqiy Yevropa tekisligi, Turon tekisligi, Sharqiy Avstraliya tog'lari va h.k. Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularga daryo vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz relyef shakllari, shamol ta’sirida hosil bo'lgan relyef shakllari. suv eroziyasi natijasida hosil boMgan relyef shakllari kiradi. Masalan. jarlar, qirg'oqlar, barxanlar, daryo vodiylari va h.k.
Tog‘lar va ularning turlari (tog‘li o‘lka, yassi tog‘, tog‘liklar, tog‘ massivlari, tog‘ tuguni) haqida ma’lumot bering.
Tog’lar joylanishi, tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: togMi oMka, tog‘ massivi, tog‘ tuguni. TogMar hosil boMishiga ko'ra burmali togMar, burmali-palaxsali togMar, vulqon togMarga boMinadi. TogUi o ‘/kalar deb, Yer yuzasining 500 m dan baland juda katta qismlariga aytiladi. TogMi oMkalarning balandligi qisqa masofada keskin o‘zgaradi. TogMi oMkalar bir necha ming km ga cho‘zilib ketadi.TogMi oMkalarning relyef shakllari xilma-xil boMadi. Bular orasida eng xarakterlisi tog‘ tizmalaridir. Tog' tizmasi yoki «tizma» atamasi tor va keng m a’noda qoMlaniladi. Bir y o ‘nalishda cho‘zilgan, bir tog‘ni ham, butun bir togMi oMkani ham tog‘ tizmasi deb aytiladi. Ko‘pincha Ural togMi oMkasini Ural tizmasi, Katta Kavkazni esa Kavkaz tog‘ tizmasi deb yuritiladi. Aslida esa Ural ham, Kavkaz ham haqiqiy m a’noda juda ko‘p tog' tizmalariga boMinib ketgan.
Yassi tog‘ deb, nisbatan bir xil yuzaga ega bo'lgan oMkan hududlarga aytiladi. Yassi tog41 iklar qadimgi tog'li o'lkalarning uzoq denudatsiya jarayonida yassilanib qolgan qismlaridir. Yassi togMik relyefi Afrika, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, Markaziy Osiyoda katta-katta maydonlarni egallaydi. Tog'liklar - tog' tizmalari va yasi togMiklarni o 'z ichiga olgan juda katta togMi hududlardir. Masalan, Cherskiy, Eron, Tibet, Katta havza togMiklari. Tog‘ massivlari - togMi oMkalarning alohida ajralib qolgan (tog‘ vodiylari bilan) qismi. Deyarli bir xil uzunlikka va kenglikka ega (Monblan, Mo'g'uliston va h.k.). Tog* tugimi deb, ikki va undan ortiq tizmalarining kesishgan joyiga aytiladi. Masalan, Xontangri tog‘ tugunidan Tyanshan tog' tizimiga kiruvchi togMar ajralib chiqqan yoki Matchoh tog' tugunidan Oloy tog' tizmasiga kiruvchi Turkiston, Zarafshon. Hisor tog' tizmalari ajralib chiqadi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling