Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Qirg‘oq relef shakllari (klif, bench, kekurlar va h.k.) haqida ma’lumot bering
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirg‘oq bo‘yi, sohil, terrasalar haqida ma’lumot bering.
Qirg‘oq relef shakllari (klif, bench, kekurlar va h.k.) haqida ma’lumot bering.
Agar baland qirg'oq abraziya ta ’sirida bo'lsa, unda qirg'oq profilining ikki asosiy elementi - klif va bench vujudga keladi (33-rasm). Klif deb, qoya jinslardan hosil bo'lgan tik qirg'oqqa (jarlikka) aytiladi. Klif vujudga kelishi quyidagicha kechadi: uni vujudga kelishida urilma to'lqin juda katta ish bajaradi. Urilma to'lqin baland qirg'oqlaming dengiz sathi baravaridagi qismini yemira boradi va o'yiq vujudga keladi. To'lqin hosil qilgan bu o'yiq kamgak deyiladi. Kamgakdan yuqoridagi tog' jinsi vaqti-vaqti bilan dengizga qulab tushadi.Natijada klif vujudga keladi. Qoyali toshlarda klif baland bo'lishi mumkin. Masalan, sharqiy Kamchatkada va Oxota dengizida klifning balandligi 700 m ga yetadi. Agar cho'kindi jinslar ancha qalin tarqalgan hududlarda klif hosil boMsa, uni ko’pincha surilma va qulamalar murakkablashtiradi. Agar dengiz sathi pasaymasa, tub qirg’oqlar qulashlar natijasida qirg‘oq toMqini chizigMdan tobora quruqlik ichkarisiga chekinadi. Q irg‘oqni tashkil etgan jinslar tarkibi har xil boMsa, u holda urilma toMqin yumshoq jinslarni yemiradi. Qirg'oqdagi qattiq jinslar esa yemirilmay qolib, dengizga qoyalar, ustunlar, arklar hamda boshqa shakllar tarzida turtib kirib turadi va ular kekurlar deyiladi (34-rasm). Yumshoqroq jinslarda botiq shakllar - qozonlar, kamgaklar, ungurlar hosil boMadi. Ungurlar karst jarayoni ta’siridagi ohaktoshli qirg‘oqlarda ayniqsa ko‘p boMadi Qirg‘oq bo‘yi, sohil, terrasalar haqida ma’lumot bering. Dengizlarning suv osti qurumi tarqalgan qismi qirg'oq bo‘y i yoki lotarial deb ataladi. Quruqlikning dengiz ta ’sir etmaydigan qirg'oq qismi yoki klifdan yuqoridagi qismi sohil deyiladi. Demak, qirg'oq chizig'i (polosasi) bir-biriga parallel uch qismdan: qirg‘oq b o ‘yi, qirg'oq va sohildan iborat. Qirg'oq profilini shakllanishi uchun ancha vaqt ketadi. Sohildagi jinslar qancha qattiq bo'lsa, qirg‘oq profilining shakllanishi shuncha uzoq vaqt davomida kechadi. Biroq bunda quruqlikning balandligi Bench ham xuddi klif kabi 177 bilan dengiz sathi ham birday turmaydi. Ularning o'zgarishiga sabab geokratik (materiklarning ko'tarilishi yoki pasayishi) va gidrokratik (okeanlardagi suv sathining tebranishlari) boMishi mumkin. Gidrokratik o'zgarishlar pleystotsen muz bosishlari vaqtida ancha kuchli boMgan. Bunda juda ko'p suv massalari avval muzliklar tarzida to'planib, so'ng muzliklararo davrlarda erib okeanga qaytib quyilgan. Ko'pincha har ikkala omil birgalikda ta ’sir etadi (L.P. Shubaev, 1975.). Agar quruqlik dengizga nisbatan ko'tarilsa qirg'oqda terrasalar hosil boMgan. K o'plab dengiz va koM qirg'oqlarida ko'hna terrasalar mavjud. Quruqlik nisbiy cho'ksa sohilni suv yuvadi. Sohil qanday jinslardan tashkil topganligidan kelib chiqib qirg'oqning shakli murakkab boMadi. Dengiz suvi vodiylar va relyefning boshqa (manfiy) shakllari orqali quruqlik ichkarisiga kirib kelib, qoMtiq va bo'g'ozlarni hosil qiladi. Relyefning musbat shakllari esa orol va yarim orollar ko'rinishida suv sathidan ko'tarilib turadi. Yuqoridagi jarayonlar chuqur va sayoz tipli qirg'oq profilini ajratishni taqazo etadi. Chuqur tipli profil chuqur dengiz qirg'oqlarida, sayoz tipli profil esa sayoz dengizlardagi qirg'oqlarda shakllanadi. Chuqur qirg'oqlar yaqinidagi suv osti yonbag'ri tik boMadi. Shuning uchun to'Iqinlar uvoq materiallarning asosiy qismini dengiz ostiga olib ketadi. Natijada ularda plyaj kichik bo'ladi, yoki boMmaydi. Klif va bench yuqori qismi abraziyasi to'xtamaydi. Sayoz qirg'oqlarda suv osti yonbag'ri qiya boMadi, uvoq jinslarning asosiy qismi dengiz chetiga yotqizi 1 ishi natijasida qirg'oq sayozligi vujudga keladi. Abraziya tugamaydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling