Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Okean tubi va okean novi (qari) haqida ma’lumot bering?


Download 1.66 Mb.
bet48/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Okean tubi va okean novi (qari) haqida ma’lumot bering?
Okean tubi 2500-6000 rn chuqurlikdagi hududlarni okz ichiga olib, relyefi bir xil boMmasdan botiqlardan, har xil koMamdagi platolardan va suv osti tog‘ tizmalaridan iborat. Bu relyef shakllari tektonik jarayonlar, zilzila va vulqonlar otilishi bilan bog'liq. Ayniqsa, vulqonlarning otilishi tufayli bir qancha suv osti balandliklari va orolchalar vujudga kelgan. Okean tubida ulkan botiqlar balandliklardan tashqari bir necha suv osti tog" tizmalari mavjud. Ularning eng kattasi O'rta okean tizmasi boMib, okeanlarning barchasini deyarli qamrab olgan. 0 ‘rta okean super-global tizmasining uzunligi 60 ming km boMib, okean tubidan 3- 4 km ko'tarilib turadi, kengligi 1000-2000 km. Dunyo okeani maydonining 1/3 qismiga teng. Bu super tizma bo^ylama yo’nalgan katta botiqlar (kengligi 25-50 km) joylashib, yoriqlar orqali parchalangan boMib, ularni rift vodiylari deb atashadi. Bu hududlarda tektonik harakatlar, zilzilalar boMib, vulqonlar otlib turadi.

Gidrosferaning tuzilishi haqida ma’lumot bering?
Sayyoramizning Yer po'sti bilan atmosfera orasida joylashgan suv qobigM gidrosfera deb ataladi. Gidrosferaga sayyoramizdagi hamma suvlar-okean, dengiz, koM. daryo, muz, botqoq, yer osti suvlari, tuproq va atmosfera tarkibidagi suvlar kiradi (37-rasm). Gidrosfera Yer yuzasini yoppasiga to\xtovsiz qoplamasa ham, uning 70.8% ni tashkil qiladi (510,1 mln. knrdan361 mln. km"). Demak, gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat. Okean suvlariga Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeani va dengizlardagi suvlari kiradi. Quruqlik suvlari o‘z navbatida, yer usti va yer osti suvlariga boMinadi. Yer usti suvlari daryo, ko‘1, botqoq va muzliklar suvlaridan, yer osti suvlari esa suyuq va muzloq suvlardan tashkil topgan (35-rasm). Ko‘p yillik muzloq yerlar, asosan, Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning Shimoliy qismlarida tarqalgan. Muzlar esa Antarktida va Grenlandiyada hamda baland togMarda tarqalgan. Suv qanday boMishidan qat'iy nazar asosiy landshaft hosil qiluvchi omildir. Suv geografik qobiqdagi hamma jismlar tarkibida u yoki bu darajada mavjud. Gidrosferadagi suvning miqdori 1 385 984 600 km3 boMib, shundan 1 338 000 000 km3 dengiz va okeanlar zimmasiga to‘g‘ri keladi. Yoki butun gidrosfera suvini 100 % desak, uning 96,5 % okean va dengizlar. qolgan 3,5 % quruqlikdagi suvlarga to‘g‘ri keladi. Gidrosferadagi suvning 97,47 % shobr, faqat 2.53 % chuchuk suvdir.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling