Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Tinch okeani va uning qismlari haqida ma’lumot bering?
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atlantika okeani va uning qismlari haqida ma’lumot bering
- Hind okeani va uning qismlari haqida ma’lumot bering
Tinch okeani va uning qismlari haqida ma’lumot bering?
Tinch okeani - Amerika, Osiyo, Avstraliya hamda Antarktida orasida joylashgan. Maydoni - 178,7 mln. km2. U Dunyo okeani maydoningyarmini, Yeryuzining 1/3 qismini egallagan. Shu sababdan ba’zan uni Ulug' okean deb ham yuritiladi. O'rtacha chuqurligi 3960 m, ba'zi yerlarda okean chuqurligi 7-11 km ga yetadi, masalan, Aleut botigM 7822 m, Kuril-Kamchatka botigM 9717 m, Filippin botigM 10497 m, Karmadek botigM -10047m. Eng chuqur joyi 11022 m, suv hajmi -710 400 000 km ’, dengizlari soni 26 ta, eng yuqori suv qalqishi Penjin labida - 13,2 m, eng yirik qoMtigM - Alyaska (384 000km'). Okean shimoldan janubga 12 000 km va g‘arbdan sharqqa qarab 17,2 ming km masofaga cho'zilgan. Eng ko'p biomassaga ega, baliq ovlashda, dengiz, orollar soni, kuchli shamol, baland toMqin 34 m, suv tubi vulqonlari bo'yicha l-o'rinda turadi. Atlantika okeani va uning qismlari haqida ma’lumot bering? Atlantika okeani - kattaligi va chuqurligi jihatidan ikkinchi o'rinda turadi. U Amerika qit’asi bilan Yevropa va Afrika materigi orasida «S» harfi shaklida joylashgan. Janubida Antarktida qit’asi joylashgan. Maydoni 91,7 mln.km2 0 ‘rtacha chuqurligi 3926 m, eng chuqur joyi Puerto-Riko cho‘kmasi -8742 m, suv hajmi 330 000 000 km3, dengizlari soni 20 ta, eng yuqori suv qalqishi Fandi qoMtigMda 18 m, eng yirik qoMtigM Meksika (1 555 000 ktrf). Okean Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho‘zilgan. Okeanning eng keng joyi mo‘tadil kengliklarga (9450 km) va eng tor joyi (2620 km) Shimoliy qismiga to‘g‘ri keladi. Okean nomi Yunon afsonasiga ko'ra «yelkasida osmon gumbazini koMarib turuvchi pahlavon» atamasi bilan bogMiq. Barcha yarim sharda joylashgan, buyuk geografik kashfiyotlar shu okeandan boshlangan, yirik port shaharlari bor, ichki dengizlari eng ko‘p« eng sersuv va eng uzun daryolar shu okeanga quyiladi, dengiz transportida dunyo bo‘yicha 1-o‘rinda turadi, materiklar dreyfi gipotezasiga asos bo’lgan. Hind okeani va uning qismlari haqida ma’lumot bering? Hind okeani - Osiyo, Afrika Avstraliya va Antarktida materiklari orasida joylashgan. Maydoni 76,1 mln.km2. 0 ‘rtacha chuqurligi 3711 m, eng chuqur joyi Zond cho‘kmasi - 7729 m, suv hajmi 282 700 000 kmJ, dengizlar soni 11 ta, eng yuqori suv koMarilishi Kambey qoMtigMda 11,9 m, eng yirik qoMtigM Bengaliya (2 191 000 km2) . Sanskrit yozuvida hind so‘zi «sug‘oriladigan» yoki «daryo», pushtu tilida esa «Abba Sind», ya’ni «Daryolar otasi» degan ma’noni anglatadi. Forslar «sind» atamasini hind deb atashgan. Demak, «hind» so‘zi daryo nomidan kelib chiqqan. Eng sho'r, eng issiq ko'rfazi bor, cho‘kindi 195 jislari eng qalin (5,5 km), neft va gaz zahirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo’yicha 1-o‘rinda turadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling